14.02.2017 yildagi PQ-2773-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.02.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini sotish, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada keyingi yillarda aholini arzon sifatli dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashga, ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini belgilangan narxlarda sotishga, ularga cheklangan savdo ustamalarini belgilashga, mahalliy farmatsevtika sohasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar koʻrildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, oʻtkazilgan oʻrganish yakunlari dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini oshirilgan narxlarda chakana sotish faktlarini profilaktika qilish hamda oldini olish samaradorligi pastligi, ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari narxining davlat tomonidan belgilangan tartibiga rioya etishni taʼminlash boʻyicha mavjud imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanilmasdan kelinayotganligidan dalolat bermoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlar dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotishni litsenziyalashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etishni, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmini, litsenziya talablari va shartlariga rioya etish ustidan nazoratni kuchaytirishni talab etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining arzon sifatli dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlanganlik darajasini yanada oshirish, ularning narxini belgilash boʻyicha oʻrnatilgan tartibni buzish faktlarini profilaktika qilish va oldini olish, farmatsevtika faoliyatining alohida turlarini litsenziyalash tartibini takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2017-yil 1-apreldan farmatsevtika faoliyatining turi — dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotishni litsenziyalash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshirilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish uchun litsenziya berish boʻyicha hududiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahri Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi hududiy komissiyalarning ishchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududiy komissiyalarning ishchi organlari ishini tashkil etish va faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar narxning davlat tomonidan belgilangan tartibiga rioya etishini tizimli asosda nazorat qilishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2017-yil 1-aprelga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish uchun litsenziya berish boʻyicha hududiy komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish uchun litsenziya berish boʻyicha hududiy komissiyalarning Namunaviy tarkibini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 14-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2773-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PQ-2773-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2016-yil 31-oktabrdagi PQ-2647-son qarorining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlimlari zimmasiga dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar ular narxining davlat tomonidan belgilangan tartibga rioya etishini tizimli asosda nazorat qilish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatining oʻziga xos xususiyatini hisobga olgan holda dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar ular narxining davlat tomonidan belgilangan tartibiga rioya etishi ustidan nazoratni tashkil etsin hamda uning buzilishi aniqlanganda qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻrish uchun tegishli materiallarni, shu jumladan tekshirish uchun xarid qilish va nazorat ostida olish boʻyicha materiallarni litsenziyalovchi organga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini muomalaga chiqarishga qarshi kurashish boʻyicha ishlarni kuchaytirsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-avgustdagi 404-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika dorixona muassasalarida dori-darmonlar va tibbiy buyumlar sotish qoidalari quyidagi mazmundagi 81 va 82-bandlari bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“81. Dorixona muassasalari idoraviy mansubligidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar belgilangan narxlari bilan Ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining tasdiqlangan roʻyxatini davlat va rus tillarida 12-shrift oʻlchamidan kam boʻlmagan oʻlchamda koʻrinadigan joyga osib qoʻyishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Dori-darmon vositalari yoki tibbiyot buyumlari bilan birga sotib oluvchiga identifikatsion maʼlumotlar (nomi, dozasi, qadoqlash, miqdori) bilan birga dori-darmon vositalari yoki tibbiyot buyumlarining nomi, ularni beruvchi shaxsga oid maʼlumotlar, berish sanasi va narxi koʻrsatilgan tovar cheki beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tekshirish uchun xarid qilish yoki nazorat ostida olish natijalari boʻyicha olingan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini belgilash boʻyicha tartibni buzish faktini tasdiqlovchi tovar va kassa cheklari dorixona muassasasining litsenziyasini toʻxtatib turish yoki tugatish uchun asoslardan biri boʻlib xizmat qiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 91-son qarori bilan tasdiqlangan Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 5-son, 21-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi mazmundagi 71-bandi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“71. Litsenziyalovchi organ qonun hujjatlarini buzishi, shu jumladan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini belgilash tartibi qoʻpol buzilganligi oqibatida litsenziyasi tugatilgan dorixona muassasalarining manzillar reyestri va xodimlar reyestrini (keyingi oʻrinlarda manzillar reyestri va xodimlar reyestri deb yuritiladi) shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manzillar reyestri va xodimlar reyestriga kiritilgan maʼlumotlar ular kiritilgan vaqtdan eʼtiboran uch yil oʻtganidan soʻng chiqarib tashlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 8-band quyidagi mazmunda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirishda litsenziat quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shu jumladan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari narxining davlat tomonidan belgilangan tartibiga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar reyestriga kiritilmagan shaxslardan xodimlar tarkibini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatni litsenziyada koʻrsatilgan doirada, shuningdek litsenziya bitimiga muvofiq manzil (manzillar) boʻyicha amalga oshirish, manzillar reyestriga kiritilgan manzillar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalanayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun moʻljallangan, oʻziga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli boʻlgan hamda sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq xonalarga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalanadigan aniq faoliyat turini amalga oshirish uchun shart- sharoitlar yaratish, shu jumladan tegishli moddiy-texnik bazadan, asbob-uskunalardan, boshqa texnik vositalardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish, tayyorlash va sotish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlar talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya hamda sanitariya-gigiyena normalari va qoidalariga rioya etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori-darmon vositalarini tayyorlashda litsenziat, shuningdek dori-darmon vositalarini analiz qilish uchun vakolatli nazorat-tahlil laboratoriyasi bilan shartnoma tuzishi shart”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 7-son, 87-modda, 27-son, 608-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)