Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni)
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga 2017-yilning 25-sentabridan boshlab oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-fevral,
79-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi 79-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2017-yilning 25-sentabridan boshlab kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 33-modda) 1-bandining yettinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da” soʻzlaridan keyin “va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 19-maydagi 197-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 26-modda) 1-bandining uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da” soʻzlaridan keyin “va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida” soʻzlari qoʻshilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 8-modda) 75-bandidagi “va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari toʻplamida” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamida va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 7-son, 97-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son)