Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Xalqaro mehnat tashkilotining birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish toʻgʻrisidagi 87-sonli Konvensiyasini (San-Fransisko, 1948-yil 9-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 6-oktabrda qabul qilingan “Xalqaro mehnat tashkilotining birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish toʻgʻrisidagi 87-sonli Konvensiyasini (San-Fransisko, 1948-yil 9-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Xalqaro mehnat tashkilotining birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish toʻgʻrisidagi 87-sonli Konvensiyasini (San-Fransisko, 1948-yil 9-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
2016-yil 12-oktabr,
SQ-114-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 10-son, 330-modda)