Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yettinchi yalpi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yettinchi yalpi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma toʻrt yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida.
|
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi |
2. “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma toʻrt yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qarorining qoʻllanish tartibi haqida.
|
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi |
3. “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni haqida.
|
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi |
4. “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni toʻgʻrisida.
|
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi |
5. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni haqida.
|
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi |
6. “Xalqaro mehnat tashkilotining birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish toʻgʻrisidagi 87-sonli Konvensiyasini (San-Fransisko, 1948-yil 9-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni toʻgʻrisida.
|
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi |
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida.
|
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi |
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida.
|
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi |
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmita raisini saylash toʻgʻrisida.
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi |
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi raisini saylash toʻgʻrisida.
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
2016-yil 12-oktabr,
SQ-108-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 10-son, 329-modda)