Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2015-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2015-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016-yil 24-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2015-yilgi hisoboti toʻgʻrisida”gi 386-III-sonli Qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2015-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilsin.
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2016-yil 31-mart,
SQ-83-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 3-son, 101-modda)