Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
“Islom hamkorlik tashkiloti Ustavini (Dakar, 2008-yil 14-mart) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 18-martda qabul qilingan “Islom hamkorlik tashkiloti Ustavini (Dakar, 2008-yil 14-mart) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Islom hamkorlik tashkiloti Ustavini (Dakar, 2008-yil 14-mart) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
2016-yil 31-mart,
SQ-80-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 3-son, 98-modda)