Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.10.2024 03.02.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2856
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.10.2024
Hujjat 07.05.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 3-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2856]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 22-maydagi 125-sonli “Bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3525, 04.07.2024-y.) asosan 2024-yil 6-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais M. TOXIRIY
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 16-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/8-1-son

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 16-yanvardagi 01-02/8-1-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish qoidalarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona kirim orderi avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda — dastur deb yuritiladi) — bojxona kirim orderini elektron tarzda shakllantirish va ushbu hujjat asosida undirilgan bojxona toʻlovlarini hisobga olish uchun moʻljallangan axborot tizimi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona kirim orderi (bundan buyon matnda BKO deb yuritiladi) — bojxona toʻlovlarini toʻlovchi shaxs tomonidan taqdim qilingan hujjatlar asosida bojxona xodimi tomonidan dasturda rasmiylashtiriladigan elektron hamda dastur orqali chop etiladigan qogʻoz shakldagi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. BKO quyidagi hollarda toʻldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar tomonidan qoʻl yukida yoki kuzatib borilayotgan bagajida notijorat maqsadlarda olib oʻtilayotgan tovarlarning, shuningdek xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilayotgan shunday tovarlarning qiymati va (yoki) miqdori qonun hujjatlarida belgilangan bojsiz olib kirish normasi va aksiz soligʻi solinmaydigan olib kirish normasidan oshganda, ortiqcha qismiga bojxona toʻlovlarini undirilishida;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar jismoniy shaxsning manziliga kelib tushganda (xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari bundan mustasno) bojxona toʻlovlari olib kirilayotgan tovarlarning butun summasidan bojsiz olib kirish normasi va aksiz soligʻi solinmaydigan olib kirish normasi qoʻllanilmagan holda undirilishida;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning manziliga xalqaro pochta va xalqaro kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan, qiymati eng kam oylik ish haqining oʻn baravarigacha boʻlgan miqdordagi tovarlar uchun bojxona toʻlovlari undirilishida;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksinig 260-moddasi “g” kichik bandida nazarda tutilgan hollarda bojxona toʻlovlari undirilishida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari bilan belgilangan bojxona yigʻimlari va boshqa yigʻimlarning undirilishida.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. BKOni rasmiylashtirishning umumiy shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bir turdagi tovarni deklaratsiyalashda mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi BKOning asosiy varagʻidan, ikki yoki undan ortiq turdagi tovarlarni deklaratsiyalashda BKOning asosiy varagʻidan hamda mazkur Qoidalarning 2-ilovaga muvofiq shakldagi BKOning qoʻshimcha varagʻidan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dastur texnik sabablarga koʻra vaqtincha ishlamagan hollarda bojxona xodimi tomonidan BKO qogʻoz shaklida rasmiylashtiriladi va keyinchalik dasturga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. BKOning asosiy varagʻida bitta tovar toʻgʻrisida, qoʻshimcha varagʻida esa koʻpi bilan uchta tovar toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin (bir vaqtning oʻzida asosiy varaqqa koʻpi bilan 33 ta qoʻshimcha varaq ilova qilinishi mumkin).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. BKOning qoʻshimcha varagʻida uchtadan kam tovar deklaratsiyalanayotgan boʻlsa, toʻldirilmagan qismidagi “tovarning nomi” grafasida diagonal chiziq tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. BKO bojxona toʻlovlarini toʻlovchi shaxs taqdim qilgan hujjatlardagi maʼlumotlar asosida bojxona xodimi tomonidan elektron tarzida rasmiylashtirilib, roʻyxatga olinadi va ikki nusxada chop etiladi hamda bojxona xodimining shaxsiy muhri va imzosi bilan tasdiqlanadi. BKOning birinchi nusxasi unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga bojxona kompleksi yoki postida saqlanadi, ikkinchi nusxasi bojxona toʻlovlarini toʻlagan shaxsga topshiriladi (yuboriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. BKO asosida tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organlarining axborot tizimidagi toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻi boʻyicha bojxona toʻlovlari toʻlanganligi toʻgʻrisidagi xizmat koʻrsatuvchi banklar (gʻaznachiliklar) tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi. Bojxona toʻlovlari bojxona kompleksi yoki postidagi bank kassasiga toʻlangan taqdirda bojxona toʻlovlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat bojxona xodimiga taqdim qilingandan soʻng BKOni rasmiylashtirish amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. BKO rasmiylashtirilgan paytdan boshlab yuridik ahamiyatga molik faktlardan dalolat beruvchi hujjatga aylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. BKOni toʻldirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. BKOning asosiy varagʻini toʻldirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bojxona xodimi tomonidan grafalarning toʻldirilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 1-grafa. “BKO turi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafaning birinchi boʻlmasida agar bojxona toʻlovlarini toʻlovchi shaxs:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar) boʻlsa — “J”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs, shu jumladan doimiy muassasa boʻlsa — “Yu” koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafaning ikkinchi boʻlmasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan — “IM”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hududidan olib chiqilayotgan tovarlarga nisbatan — “EK”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hududi orqali tranzit olib oʻtilayotgan tovarlarga nisbatan — “TR”;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa hollarda — “TL” koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafaning uchinchi boʻlmasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻl yukida yoki kuzatib borilayotgan bagajlarda olib oʻtilayotgan tovarlarga nisbatan — “KB”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilayotgan tovarlarga nisbatan — “XP”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning manziliga kelib tushgan notijorat maqsadlardagi tovarlarga nisbatan — “MT” koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi bilan bogʻliq boʻlmagan hollarda, uchinchi boʻlma toʻldirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 2-grafa. “Qoʻshimcha varaqlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafaning birinchi boʻlmasida varaqning tartib raqami, ikkinchi boʻlmasida taqdim etilayotgan BKO varaqlarining umumiy soni (asosiy va qoʻshimcha varaqlari yigʻindisi) koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, agar BKO ikkita qoʻshimcha varaqlarga ega boʻlsa BKOning asosiy varagʻida “1/3”; birinchi qoʻshimcha varagʻida “2/3”; ikkinchi qoʻshimcha varagʻida esa “3/3” koʻrsatiladi. Agar BKO qoʻshimcha varaqlarga ega boʻlmasa “1/1” koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 3-grafa. “BKO roʻyxat raqami”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BKO roʻyxat raqami quyidagi boʻlmalarda koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi boʻlmada Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning (bundan buyon matnda Yoʻriqnoma deb yuritiladi) (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) 4-ilovasiga muvofiq BKOni rasmiylashtirishni amalga oshiradigan bojxona kompleksi yoki postining beshta raqamli kodi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi boʻlmada BKO rasmiylashtirilgan kun, oy, yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi boʻlmada dastur tomonidan avtomatik tarzda beriladigan tartib raqam koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan: 27001/01.01.2016/0000001.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 4-grafa. “Toʻlovchi/moliya va bank maʼlumotlari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafaning birinchi qismida bojxona toʻlovlarini toʻlovchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumot koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda toʻlovchi jismoniy shaxs boʻlsa, u holda grafada uning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy roʻyxatdan oʻtgan manzili, shaxsni tasdiqlovchi hujjat haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda toʻlovchi yuridik shaxs boʻlsa, uning nomi va joylashgan joyi (yuridik manzili) koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafaning ikkinchi qismida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) toʻlovchining STIRi koʻrsatiladi. Agar toʻlovchining STIRi boʻlmasa 999999991 raqami koʻrsatiladi, bundan yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) toʻlovni qabul qilib olgan bankning MFOsi/bankning toʻliq nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaragʻi raqami koʻrsatiladi. Bunda bojxona toʻlovlari toʻlovchi jismoniy shaxs boʻlsa, ushbu ustun toʻldirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 5-grafa. “Tovarning umumiy bojxona qiymati (AQSh doll.)”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklaratsiyalanayotgan tovarlarning AQSh dollaridagi umumiy bojxona qiymati koʻrsatiladi. Bunda tovarlarning umumiy bojxona qiymati bir nechta tovarlarning bojxona qiymatlari yigʻindisidan tashkil topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 6-grafa. “AQSh dollari kursi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BKO rasmiylashtirilgan kundagi AQSh dollarining Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasiga nisbatan kursi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 7-grafa. “Tovar kodi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasiga (bundan buyon matnda TIF TN deb yuritiladi) muvofiq toʻliq kodi koʻrsatiladi. Ushbu kod boʻsh joysiz (probelsiz) va boshqa ajratuvchi belgilarsiz yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 8-grafa. “Brutto ogʻirlik (kg)”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning kilogrammdagi brutto ogʻirligi koʻrsatiladi. Bunda tovarning brutto ogʻirligiga uning barcha turdagi oʻramlari bilan birgalikdagi ogʻirligi kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tovarning umumiy ogʻirligi bir kilogrammdan kam boʻlsa, brutto ogʻirligi verguldan keyingi uch belgigacha aniqlikda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) 9-grafa. “Miqdori”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning TIF TNda keltirilgan Oʻlchov birliklari jadvaliga muvofiq tovarning miqdori koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) 10-grafa. “Netto ogʻirlik (kg)”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning kilogrammdagi netto ogʻirligi koʻrsatiladi. Bunda tovarning netto ogʻirligiga uning faqat birlamchi qadogʻini hisobga olgan holdagi ogʻirligi, yaʼni tovarning isteʼmol xususiyatlaridan kelib chiqqan holda shunday qadoqda chakana savdoga chiqarilgan va (yoki) tovarni sotishda uning saqlanishini taʼminlaydigan birlamchi qadoqni tovarning isteʼmol xususiyatlarini buzmagan holda, tovarni isteʼmol qilgunga qadar undan ajratib boʻlmaydigan qismi bilan birgalikdagi ogʻirligi kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tovarning umumiy ogʻirligi bir kilogrammdan kam boʻlsa, netto ogʻirligi verguldan keyingi uch belgigacha aniqlikda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) 11-grafa. “Tovar nomi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafada deklaratsiyalanayotgan tovar haqida maʼlumotlar, yaʼni tovarning nomi (savdo, tijorat yoki boshqa anʼanaviy nomi), tovar belgilari, markalari, modellari, boshqa texnik va tijorat tavsiflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda BKO tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi bilan bogʻliq boʻlmagan hollarda qoʻllanilsa, ushbu grafada holat aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, avtotransport vositasini bojxona kuzatuviga olganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish maqsadida BKO toʻldirilsa, unda avtotransport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumot va uning soni koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) 12-grafa. “Tovar №”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning tartib raqami koʻrsatiladi. Bitta turdagi tovar deklaratsiyalanayotgan boʻlsa, grafada “1” raqami koʻrsatiladi. Bittadan ortiq turdagi tovarlar deklaratsiyalangan boʻlsa raqamlar ketma-ketlikda koʻrsatiladi, yaʼni 1,2,3...100.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) 13-grafa. “Bojxona qiymati (AQSh doll.)”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning AQSh dollaridagi bojxona qiymati koʻrsatiladi. Bunda tovarning bojxona qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 164-moddasi va 169-moddasining beshinchi qismi talablariga muvofiq bojxona xodimi tomonidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) 14-grafa. “Joʻnatuvchi mamlakat nomi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafada Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq tovarlar joʻnatilgan mamlakatning qisqa nomi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) 15-grafa. “Joʻnatuvchi mamlakat kodi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafada Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq tovarlar joʻnatilgan mamlakatning raqamli kodi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) 16-grafa. “Kelib chiqish mamlakati nomi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafada Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq tovar kelib chiqish mamlakatining qisqa nomi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda BKOni toʻldirishda tovarning kelib chiqish mamlakati nomaʼlum boʻlsa, grafada “nomaʼlum” deb koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) 17-grafa “Kelib chiqish mamlakati kodi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafada Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq kelib chiqish mamlakatining raqamli kodi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda BKOni toʻldirishda tovarning kelib chiqish mamlakati nomaʼlum boʻlsa, “000” kodi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tovarni kelib chiqish sertifikatida Yevropa ittifoqining aniq mamlakati koʻrsatilmagan boʻlib, tovarning kelib chiqish mamlakati sifatida Yevropa ittifoqi koʻrsatilgan boʻlsa, lotin harflari bilan ikki harfdan iborat “EU” kodi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) 18-grafa. “Taqdim etiladigan hujjatlar/qoʻshimcha maʼlumotlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafada BKO toʻldirishga asos boʻladigan hujjatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) cheklar, kvitansiyalar, hisobvaraq-faktura (invoys) Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar va boshqa tijorat hujjatlari (masalan, INV № 005 05.01.2016-y.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tovarlarni bojxona hududiga olib kiriladigan joygacha yetkazib berish xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) boshqa hujjatlar (tovarning kelib chiqish sertifikati raqami va sanasi, shaxs tomonidan maʼlum qilingan tovarlarning qiymati boʻyicha maʼlumoti);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) deklaratsiyalanayotgan tovarga normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan holatlarda, boshqa vakolatli organlar tomonidan taqdim etiladigan ruxsatnomalar, xulosalar va boshqa hujjatlarning roʻyxat raqami va berilgan sanasi (masalan, SST № UZ.SMT.01.065.1783700, 15.10.2015-y., FTSS № 431771, 04.11.2015-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) 19-grafa. “Bojxona toʻlovlarining hisobi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafada bojxona toʻlovlari summasini hisoblash BKO asosiy varagʻi va qoʻshimcha varaqlarining 11-grafalarida koʻrsatilgan har bir tovar boʻyicha alohida amalga oshiriladi, bundan BKOning asosiy varagʻida koʻrsatiladigan bojxona rasmiylashtiruvi uchun undiriladigan yigʻimlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafaning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻlov turi” ustunida Yoʻriqnomaning 13-ilovasiga muvofiq bojxona toʻlov turining kodi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hisoblash asosi” ustunida bojxona toʻlovini hisoblashning asosi koʻrsatiladi. Bunda hisoblash asosi Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Stavka” ustunida bojxona toʻlovi summasini hisoblashda qoʻllaniladigan bojxona toʻlovlari stavkasining belgilangan miqdori koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Summa” ustunida bojxona toʻlovining Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi soʻmda hisoblangan summasi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻlov usuli” ustunida toʻlangan bojxona toʻlovlari qay tarzda toʻlanganligi koʻrsatilgan holda ikki belgili harfli kod bilan koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“BN” — bank orqali naqd pulsiz hisob-kitob;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“KT” — bojxona toʻlovlari summasini naqd pul bilan toʻlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hisob-kitob tafsiloti” ustunida BKOning asosiy va qoʻshimcha varaqlari boʻyicha toʻlov kodi va undiriladigan umumiy bojxona toʻlovlari summasi turi boʻyicha hamda ularning yigʻindisi, yaʼni toʻlanadigan bojxona toʻlovlari umumiy summasi “Jami” degan yozuvdan keyin koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) 20-grafa. “Bojxona organi belgisi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qogʻoz shakldagi BKO bojxona xodimi tomonidan uning imzosi, shaxsiy raqamli muhri, elektron shakldagi BKO esa, bojxona xodimining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Toʻlov qabul qiluvchi va toʻlovchi tomonidan grafalarning tasdiqlanishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 21-grafa. “Toʻlov qabul qiluvchi imzosi va muhri”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlari bojxona kompleksi yoki postidagi bank kassasiga toʻlangan taqdirda grafada bank kassasi masʼul xodimining familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi va uning imzosi hamda bank kassasi muhri bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlari bojxona kompleksi yoki postidagi bank kassasiga toʻlanmagan taqdirda grafa toʻldirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 22-grafa. “Toʻlovchining imzosi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafa bojxona toʻlovlarini toʻlovchi jismoniy shaxsning hamda yuridik shaxs vakilining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi bilan bogʻliq boʻlmagan hollarda BKOning 5, 7–10, 12–17-grafalari toʻldirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. BKOning qoʻshimcha varagʻini toʻldirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bojxona xodimi tomonidan grafalarning toʻldirilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 2-grafa. “Qoʻshimcha varaqlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafada BKOning qoʻshimcha varagʻi tartib raqami koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, BKOga ikkita qoʻshimcha varaq toʻldirilsa, birinchi qoʻshimcha varaqda “2/3”; ikkinchi qoʻshimcha varaqda esa “3/3” koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 3-grafa. “BKO roʻyxat raqami”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BKO asosiy varagʻining 3-grafasida koʻrsatilgan roʻyxat raqami koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bojxona xodimi tomonidan BKO qoʻshimcha varagʻi 7 — 13, 17 hamda 19-grafasining “Toʻlov turi”, “Hisoblash asosi”, “Stavka”, “Summa”, “Toʻlov usuli” ustunlari BKO asosiy varagʻi 7 — 13, 17 hamda 19-grafasining “Toʻlov turi”, “Hisoblash asosi”, “Stavka”, “Summa”, “Toʻlov usuli” ustunlarini toʻldirish tartibiga muvofiq toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Rasmiylashtirilgan BKOning bir nusxasi va unga ilova qilingan hujjatlar, shu jumladan uning dasturdagi elektron shakli tovarlar bojxona nazorati ostida turgan tovar maqomini yoʻqotgan yildan keyingi yildan eʼtiboran bojxona kompleksi yoki bojxona postida uch yil davomida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Qoidalar talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish qoidalariga
1-ILOVA

2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 5-son, 65-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/2856-1/0873-son; 15.07.2019-y., 10/19/2856-2/3427-son; 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 11.10.2022-y., 10/22/2856-3/0911-son; 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)