26.05.2000 yildagi 204-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.05.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA GOLFNI RIVOJLANTIRISH VA OMMALASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda aholi dam olishini uyushtirish va salomatligini mustahkamlashning yangi shakli sifatida golfni rivojlantirish va ommalashtirish, respublika milliy jamoasini tayyorlash hamda xalqaro maydonda sport aloqalarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Dam olish va sportni rivojlantirish xalqaro korporatsiyasi” Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1996-yil 19-sentabrdagi 324-son qarori asosida Toshkent shahridagi Rohat koʻli hududida, xalqaro darajada musobaqalar oʻtkazish imkonini beradigan, xalqaro andozadagi Toshkent golf klubi qurilishi tugallanganligi va foydalanishga topshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” jamgʻarmasi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka” banki, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” hamda “Dam olish va sportni rivojlantirish xalqaro korporatsiyasi” Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma korxonasining Oʻzbekiston golf uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, golf uyushmasi oʻzini oʻzi boshqaradigan, oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlanadigan, yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan, oʻz faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshiradigan, barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun ochiq boʻlgan, Hukumatiga qarashli boʻlmagan jamoat tashkiloti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston golf uyushmasini tashkil etish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qoʻmita belgilangan tartibda bir oy muddatda Oʻzbekiston golf uyushmasi taʼsis konferensiyasi oʻtkazilishini uning rahbar organlari shakllantirilishini va ustavi tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar Oʻzbekiston golf uyushmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi keng qatlamlarini sportning ushbu turi bilan shugʻullanishga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etiladigan golf klublarida golf bilan shugʻullanish uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlashga keng doirada koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda golfni rivojlantirishni muvofiqlashtirib borish va xalqaro maydonda Oʻzbekiston nomidan vakillik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston golf uyushmasining Osiyo va Jahon golf uyushmalari tomonidan tan olinishini taʼminlash uchun tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
golfni rivojlantirish uchun mablagʻlarni jalb etish va taqsimlash, golf klublariga ularni asbob-anjomlar, jihozlar bilan taʼminlashda koʻmaklashish hamda ulardan samarali foydalanilishini nazorat qilib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, Uyushma va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash aʼzolik va homiylik badallari, oʻtkaziladigan tadbirlardan tushgan daromadlar, shuningdek, amaldagi qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa daromadlar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston golf uyushmasi va uning tarkibiga qiruvchi golf klublari Mahalliy soliqlarning barcha turlarini toʻlashdan besh yil muddatga ozod qilinsin, ushbu mablagʻlar golfni rivojlantirishga yoʻnaltirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Dam olish va sportni rivojlantirish xalqaro korporatsiyasi” Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma korxonasi oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan asbob-uskunalar va materiallar boʻyicha qoʻshilgan qiymati soligʻi toʻlashdan (2000-yil 1-yanvardan boshlab) 3 yil muddatga istisno tariqasida ozod qilinsin,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki, Golf uyushmasining muassislari, shuningdek homiylari hisoblanadigan tashkilotlar va korxonalar jami daromadidan soliq solinadigan daromadlar (foyda)ni aniqlashda ularning Golf uyushmasini rivojlantirishga va golf boʻyicha musobaqalar oʻtkazishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlari chegirib tashlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston golf uyushmasi buyurtmanomalariga binoan, grinlarga karayu boʻyicha xorijiy mutaxassislarga, golf instruktorlariga va maydonlarga qarash uchun ixtisoslashtirilgan texnikani ishlatish va taʼminlash boʻyicha mexaniklarga, ularni davlat boji toʻlashdan ozod qilgan holda, vizalar berishni va ularning muddatini uzaytirishni, ularni yashash joylari boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishni va roʻyxatdan oʻtganlik muddatini uzaytirishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston golf uyushmasi masalalari boʻyicha ishlash uchun keluvchi grinlarga qarash boʻyicha xorijiy mutaxassislarga golf instruktorlariga va maydonlarga qarash uchun ixtisoslashtirilgan texnikani ishlatish va taʼmirlash boʻyicha mexaniklarga respublika hududida yashash va transportning barcha turlarida yurish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga nazarda tutilgan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 26-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204-son