Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari B.I. Zokirovga “Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil yoʻllarining – shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalarining holati hamda ularni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash istiqbollari toʻrisida”gi masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zokirovga “Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil yoʻllarining – shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalarining holati hamda ularni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash istiqbollari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovi yuborilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi joriy yil noyabr oyining ikkinchi oʻn kunligida Qonunchilik palatasi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari B.I. Zokirovning parlament soʻroviga javobini muhokama qilishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun masʼul etib tayinlansin.
3. Ushbu Qaror va mazkur parlament soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari B.I. Zokirovga yuborilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 12-oktabr,
605-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 10-son, 322-modda)