Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining 2015-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
2. Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2015-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
3. Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2015-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
4. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2015-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 15-mart,
413-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 3-son, 74-modda)