Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy hojatmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida”gi QL-158-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 20-sentabrda kiritilgan “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy hojatmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida”gi QL–158-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 6-oktabr,
592-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 10-son, 310-modda)