Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻtgan davr mobaynida mamlakatimizda davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va tashkilotlari deb ataladi) faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Qonunchilikka rioya etishda davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi, shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini amalga oshiradigan yuridik xizmatlari koʻmaklashadi.
Shu bilan birga, yuridik xizmatlarning xodimlari qonun buzilishini oldini olish hamda ular boʻyicha oʻz vaqtida choralar koʻrish uchun yetarli va taʼsirchan vakolatlarga ega emasliklari sababli ularning faoliyati kutilgan samarani bermayapti.
Yuridik xizmatlarni tashkil etishning tartibi, ularning shtat birliklarini belgilash meʼyor va mezonlarining mavjud emasligi turli davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmatlarning tashkiliy shtat tuzilmasini oqilona belgilashni taʼminlashga imkon bermayapti.
Yuridik xizmatlar tomonidan huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va umumlashtirish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish ishlari samarali tashkil etilmagan. Mazkur sohadagi ishlar huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan aniqlangan kamchilik va qonun buzilishlarini bartaraf etishga qaratilgan choralarni koʻrish bilan cheklanmoqda.
Yuridik xizmat xodimlarining moddiy taʼminot darajasi mazkur sohaga oliy yuridik maʼlumot va amaliy tajribaga ega yuqori malakali kadrlarni jalb qilishga toʻsqinlik qilmoqda, bu esa yuridik xizmatlar ishining sifatiga oʻz taʼsirini oʻtkazmoqda.
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonuniylikni yanada mustahkamlash, demokratik va huquqiy islohotlarni amalga oshirishda yuridik xizmatlarning roli va javobgarligini izchillik bilan kuchaytirish maqsadida:
1. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
davlat organlari va tashkilotlarining huquqni qoʻllash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlashni tashkil etish;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tarkibiy tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;
davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;
shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, davlat organlari va tashkilotlarining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan ularning hududiy tuzilmalarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan eng kam meʼyor va mezonlarga asosan, majburiy tartibda yuridik xizmatlar tashkil etiladi. Bunda yuridik xizmatning mavjud shtat birliklarini qisqartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlariga adliya organlari xodimlariga belgilangan martaba darajalarini berish, koʻp yillik xizmat uchun ustamalarni toʻlash tartibi tatbiq etiladi. Bunda xarajatlar davlat organlari va tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik xizmat xodimi sifatidagi mehnat staji xodim boshqa davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga ishga oʻtganda martaba darajalari va koʻp yillik xizmat ustamalarini toʻlash uchun moʻljallangan mehnat staji hisobiga olinadi;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yuridik xizmat xodimlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiyalar yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining mazkur mutaxassislik boʻyicha uch yillik stajiga ega boʻlgan xodimlari, litsenziya olish uchun advokat maqomiga ega boʻlishga talabgor shaxs sifatida malaka imtihonida tegishli stajirovka oʻtmasdan ishtirok etish huquqiga ega;
davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarining malakasini oshirish har uch yilda kamida bir marta amalga oshiriladi;
davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlari tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va uning hududiy organlarida har uch yilda bir marta attestatsiyadan oʻtadilar;
davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari tizimli ravishda tegishli soha faoliyatidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasining amalga oshirilishini tashkil etadi;
davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat faoliyatiga shartnomaviy-huquqiy asosda advokatlarni jalb etish huquqiga ega.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari mazkur organlar va tashkilotlar ishtirokida vujudga keladigan nizolarni sudgacha hal etish yuzasidan majburiy tartibda choralarni koʻradilar;
buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik xususiyatga ega boʻlgan boshqa hujjatlarning loyihalari huquqiy ekspertizani amalga oshirish uchun majburiy tartibda yuridik xizmatga taqdim etiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga taʼsir etadigan davlat organlari va tashkilotlarining qarorlari yuzasidan majburiy tartibda yuridik xizmatning xulosasi olinishi lozim;
davlat organlari va tashkilotlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakati yoki harakatsizligi yuzasidan berilgan shikoyatlar majburiy tartibda davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari tomonidan ham koʻrib chiqiladi;
davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalari majburiy tartibda adliya organlari bilan kelishiladi;
adliya organlari yuridik xizmat faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik talablarini buzgan davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari hamda yuridik xizmatlari xodimlariga nisbatan intizomiy ish yuritishni qoʻzgʻatish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega;
davlat organlari va tashkilotlarida har yili yuridik xizmatlarning mazkur davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylik taʼminlanishi ahvoli toʻgʻrisidagi hisoboti eshitiladi;
yuridik xizmat xodimlari har chorakda sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan summaning 5 foizi, biroq eng kam oylik ish haqining 50 barobaridan koʻp boʻlmagan miqdorda mukofotlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Quyidagilar:
Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik taʼminlash, ularning xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va malakasini oshirish boʻyicha maxsus vakolatli organ etib belgilansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida qoʻshimcha 5 ta boshqaruv xodimi shtat birliklarini ajratish yoʻli bilan Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik taʼminlash boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Boshqarma deb ataladi), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida esa, qoʻshimcha 14 ta boshqaruv xodimi shtat birliklarini ajratish yoʻli bilan tegishli shuʼbalar tashkil etilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki oylik muddatda:
Boshqarmani davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari bilan ishlash tajribasiga ega hamda oʻzlariga yuklatilgan vazifalar ijrosini yuqori kasbiy darajada taʼminlay oladigan malakali kadrlar bilan toʻldirsin, shuningdek uni zarur moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishini tashkillashtirsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda Yuridik xizmat xodimining ish joyini moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablarni tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Adliya vazirligining rasmiy saytida joylashtiriladigan, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlaridagi boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi yagona, hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar bazasini yaratsin hamda uning muntazam ravishda yangilanib turilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan davlat organlari va tashkilotlarining xarajatlari smetalarida martaba darajalari hamda koʻp yillik xizmat uchun ustamalarni toʻlash, shuningdek mazkur qaror bilan belgilangan davriylikka rioya etgan holda yuridik xizmatlar xodimlarining malaka oshirishlari uchun sarflanadigan xarajatlarni nazarda tutsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oylik muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari shtat birliklari yetarliligini, ularning amalga oshirilayotgan ishlar hajmiga muvofiqligini tanqidiy tahlil qilsin, natijasi boʻyicha yuridik xizmatlar xodimlarining shtat birliklarini qayta koʻrib chiqish, shuningdek yuridik xizmat xodimlarining mehnatiga haq toʻlash razryadlarini davlat organlari va tashkilotlari tegishli tuzilmalarining rahbarlariniki darajasiga qadar oshirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin.
10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.A. Axmedbayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 19-yanvar,
PQ-2733-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatiga (keyingi oʻrinlarda — yuridik xizmat deb ataladi) qoʻyiladigan talablarni, ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun davlat organlari va tashkilotlari deganda, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tushuniladi.
3. Boshqa tashkilotlar uchun ushbu Nizom talablari tavsiyaviy xususiyatga ega.
4. Yuridik xizmat — davlat organi va tashkiloti faoliyatini huquqiy taʼminlash maqsadida qonunchilikda belgilangan meʼyor va mezonlarga muvofiq majburiy tartibda tashkil etiladigan yoki joriy qilinadigan mustaqil tarkibiy tuzilma yoxud lavozim.
Yuridik xizmat bevosita davlat organi va tashkilotining rahbariga boʻysunadi.
5. Yuridik xizmat yuridik departament, yuridik boshqarma, yuridik boʻlim, yuridik byuro shaklida tashkil qilinishi yoxud bitta shtatdan iborat bosh yuriskonsult, yetakchi yuriskonsult, katta yuriskonsult yoki yuriskonsultdan iborat boʻlishi mumkin.
Yuridik xizmatning mavjud shtat birliklarini qisqartirishga va ularni davlat organi va tashkilotining boshqa tarkibiy tuzilmalariga qayta taqsimlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
6. Yuridik xizmat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Yuridik xizmat xodimi yoxud yuriskonsult lavozimida oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan shaxs ishlashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik xizmat boshligʻi lavozimiga oliy yuridik maʼlumotga va yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan shaxs tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik xizmat xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslar belgilangan tartibda adliya organlarida stajirovkadan oʻtadilar.
Adliya organlarida stajirovkadan oʻtish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
8. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlari lavozimga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda tayinlanadilar va ozod qilinadilar.
Tumanlar va shaharlar hokimliklari, shuningdek hududiy darajadagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlari lavozimga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari bilan kelishilgan holda tayinlanadilar va ozod qilinadilar.
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
9. Davlat organi va tashkilotida yuriskonsult yordamchisi lavozimi joriy etilishi mumkin.
Yuriskonsult yordamchisi lavozimida oliy yoki oʻrta maxsus yuridik maʼlumotga ega boʻlgan shaxs, shuningdek oliy taʼlim muassasasining “Yurisprudensiya” mutaxassisligi boʻyicha tahsil olayotgan bakalavriat bosqichining bitiruvchi kursi talabasi yoki magistranti ishlashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar yuridik xizmat xodimi va yuriskonsult yordamchisi lavozimida ishlashi mumkin emas.
11. Davlat organi va tashkilotining yuridik xizmati xodimlariga martaba darajalari beriladi hamda koʻp yillik xizmat uchun qoʻshimcha toʻlov va ustamalar qonunchilikda belgilangan tartibda toʻlanadi.
12. Davlat organi va tashkiloti yuridik xizmatining xodimi sifatidagi mehnat staji boshqa davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlariga oʻtganda martaba darajalari va koʻp yillik xizmat uchun qoʻshimcha toʻlov va ustamalarni toʻlash uchun moʻljallangan mehnat staji hisobiga olinadi.
13. Davlat organi va tashkiloti yuridik xizmatlari xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda har uch yilda kamida bir marta malakasini oshiradi hamda har uch yilda bir marta attestatsiyadan oʻtadilar.
14. Davlat organlari va tashkilotlarida har yili mazkur davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikka rioya etilishi ahvoli toʻgʻrisidagi yuridik xizmatning hisoboti eshitiladi.
2-bob. Yuridik xizmat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va funksiyalari
15. Quyidagilar yuridik xizmat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
davlat organi va tashkilotining huquqni qoʻllash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlashni tashkil etish;
davlat organi va tashkiloti tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
davlat organi va tashkilotining qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;
davlat organlari va tashkiloti xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;
shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash.
16. Yuridik xizmat faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) davlat organlari va tashkilotlarining huquqni qoʻllash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlashni tashkil etish sohasida:
a) davlat organi va tashkilotida, shuningdek tegishli tuzilmalarda qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
b) davlat organi va tashkiloti rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazadi hamda ular boʻyicha eʼtiroz va takliflar boʻlmasa, viza qoʻyadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organi va tashkilotining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qoʻyiladi;
v) jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga taʼsir etadigan davlat organlari va tashkilotlarining qarorlari yuzasidan xulosalar beradi;
g) mustaqil ravishda yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi va tashkilotining buyruqlari, farmoyishlari, shartnomalari va yuridik tusdagi boshqa hujjatlarini ishlab chiqish, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida takliflar tayyorlaydi;
d) davlat organi va tashkilotida, shuningdek tegishli tuzilmalarda huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi va rahbariyatga kiritadi;
e) davlat organi va tashkilotining boshqa tuzilmalari bilan birgalikda davlat organi, tegishli tuzilmalar va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikning buzilishi koʻrsatilgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni koʻrib chiqishda ishtirok etadi;
j) davlat organi va tashkilotida boshqaruv tizimini takomillashtirish, davlat organi tizimiga kiradigan tuzilmalar va ularning mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlarini belgilash boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
z) davlat organi va tashkilotida mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlashda, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoa shartnomasi, jamoa bitimi va boshqalarni) ishlab chiqishda ishtirok etadi, ushbu hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va huquqiy xulosa beradi;
i) davlat organi va tashkiloti rahbariyatiga davlat organi va tashkiloti faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlash ahvoli yuzasidan hisobot taqdim etadi;
k) davlat organi va tashkiloti xodimlarining kasaba uyushmalari va boshqa vakillik organlariga vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam koʻrsatadi;
2) davlat organi va tashkiloti tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish, shuningdek davlat organi va tashkilotining qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida uning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish sohasida:
a) davlat organi va tashkilotining norma ijodkorligi faoliyatining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi yoki ularning ishlab chiqilishida, amalga oshirilishi va bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etadi;
b) davlat organi va tashkiloti vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda ishtirok etadi;
v) davlat organi va tashkilotining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqadi yoxud ularni ishlab chiqishda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va davlat roʻyxatiga olish uchun yuborishda ishtirok etadi;
g) ekspertizadan oʻtkazish yoki kelishish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini mustaqil yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi, ularning qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga, havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi, shuningdek ularda korrupsiyaga sabab boʻladigan omillarning mavjud emasligi yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlaydi;
d) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari boʻyicha eʼtiroz va takliflar boʻlmasa, ularga viza qoʻyadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organi va tashkilotining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qoʻyiladi;
e) tizimli ravishda davlat organi va tashkilotining tegishli soha faoliyatidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning ularda korrupsiyaga sabab boʻladigan omillarni aniqlashga qaratilgan tahlilni oʻtkazadi;
j) davlat organi va tashkiloti faoliyati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
z) davlat organi va tashkilotiga kelib tushgan va oʻzi tomonidan chiqarilgan hujjatlar, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritadi, ularning saqlanishini va nazorat holatida boʻlishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
i) davlat organi va tashkilotining normativ-huquqiy hujjatlar fondini toʻldirish, shu jumladan fondni kodekslar, qonunlar, sharhlar, axborotnomalar va boshqa huquqiy nashrlar bilan butlash choralarini koʻradi, davlat organi va tashkiloti rahbariyatiga huquqiy nashrlarga obuna boʻlish haqida takliflar kiritadi;
k) davlat organi va tashkiloti vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun hujjatlari toʻplamlarini nashr etishga tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
l) davlat organi va tashkiloti tizimiga kiradigan tuzilmalarning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, kelishilgan hamkorlikni taʼminlaydi;
m) davlat organi va tashkiloti tizimiga kiradigan tuzilmalarning huquqiy ishlariga metodik yordam koʻrsatadi, yuridik xizmat faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha tavsiyanomalar va koʻrsatmalarni ishlab chiqadi;
3) davlat organi va tashkiloti xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazish sohasida:
a) davlat organi va tashkiloti rahbariyati uchun qonunchilik masalalari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
b) davlat organi va tashkiloti, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalar xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish toʻgʻrisida takliflar kiritadi, ushbu tadbirlarni oʻtkazishda ishtirok etadi;
v) davlat organi va tashkiloti faoliyatiga tegishli qonunchilikni targʻib qilish ishlarini amalga oshiradi;
g) zudlik bilan davlat organi va tashkiloti axborot xizmatiga davlat organi va tashkiloti veb-saytiga joylashtirish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun va ahamiyati toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritadi;
d) davlat organi va tashkiloti xodimlarining murojaatlari boʻyicha ularga davlat organi va tashkiloti faoliyatiga tegishli huquqiy hujjatlarni topishga koʻmaklashadi, zarur hollarda ularning qoidalari boʻyicha tushuntirishlar beradi;
e) qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishlar haqidagi maʼlumotlarni, sud amaliyotini, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ishlarga taalluqli koʻrsatmalarini davlat organi va tashkiloti tizimiga kiradigan tuzilmalarga yetkazadi;
4) shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash sohasida:
a) davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda, mustaqil yoki boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradi;
b) boshqa tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi va tashkiloti tomonidan shartnomalarni tayyorlash va tuzish ishlarida ishtirok etadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi hamda shartnomalar loyihalariga, agar eʼtiroz va takliflar boʻlmasa, viza qoʻyadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qoʻyiladi;
v) shartnomalarni tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
g) davlat organi va tashkiloti tomonidan tuzilgan shartnomalarni zarur darajada bajarish boʻyicha takliflar kiritadi, shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
d) davlat organi va tashkilotining manfaatlarini himoya qilish boʻyicha talabnomalar tayyorlashda va davlat organi va tashkilotiga nisbatan bildirilgan talabnomalarni koʻrib chiqishda ishtirok etadi, davlat organi va tashkilotida talabnomalar bildirish va ularni koʻrib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
e) tegishli tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi va tashkilotining debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini oʻrganadi, ularning miqdorini kamaytirish choralarini koʻradi;
j) shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan daʼvo ishlarini olib boradi;
z) davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida ishtirok etadi;
i) mulkni saqlash masalalari boʻyicha huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarining qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
k) boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi va tashkilotida mulkning talon-toroj qilinishi, kamomad va noishlab chiqarish xarajatlarining kelib chiqishi sabablari va sharoitlarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻradi, mulkning talon-toroj qilinishi va kamomad holatlari boʻyicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun rasmiylashtiradi;
l) moddiy boyliklar va pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi hujjatlar loyihalari, shuningdek qonun buzilishlari va suiisteʼmollar aniqlangan auditorlik tekshiruvlari va xatlovdan oʻtkazish dalolatnomalari boʻyicha huquqiy xulosalar beradi.
Davlat organi va tashkilotining yuridik xizmati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Yuridik xizmat va uning xodimlariga ushbu Nizomda yoki boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiyalar yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Yuridik xizmatning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
18. Yuridik xizmat quyidagi huquqlarga ega:
davlat organi va tashkilotiga kelib tushayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni tanishish, xizmatda foydalanish va ularning tizimlashtirilgan hisobini yuritish uchun birinchi navbatda olish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat organi va tashkiloti, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalarning mansabdor shaxslaridan yuridik xizmatga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni olish;
rahbariyat tomonidan chaqiriladigan huquqiy masalalarga tegishli yigʻilishlar, kengashlar va majlislarda ishtirok etish;
rahbariyat topshirigʻiga koʻra yoki tegishli tuzilma rahbarining roziligi bilan ularning xodimlarini normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun, huquqiy ishlarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarga jalb qilish;
qonunchilikka zid boʻlgan, qonunchilik texnikasi talablariga javob bermaydigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ijrochilariga puxta ishlash uchun qaytarish, oʻz eʼtirozlarini asoslagan holda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida huquqiy xulosalar berish, rahbariyat topshirigʻiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan boshqa tuzilmalar bilan birgalikda ushbu loyihalarni puxta ishlanishida ishtirok etish;
davlat organi va tashkiloti tizimiga kiradigan tuzilmalarda davlat organi va tashkiloti vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun hujjatlariga rioya qilinishi masalalarini oʻrganish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat organi va tashkiloti, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalarning qonun hujjatlari bajarilishini taʼminlamayotgan yoxud ularni buzayotgan rahbarlari va xodimlarini javobgarlikka tortish haqida rahbariyatga takliflar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat organi va tashkilotida, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalarda yoki davlat organi va tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlar, taftishlar va xatlovlarda, shuningdek ularning yakunlari boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqishda ishtirok etish hamda aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan huquqiy xulosalar berish;
talabnoma-davo tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan summaning 5 foizi, biroq eng kam oylik ish haqining 50 barobardan koʻp boʻlmagan miqdorda mukofot olish.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik xizmat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Yuridik xizmat:
unga ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklangan funksiyalarni zarur darajada va samarali bajarishi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat organi va tashkilotida, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalarda qonun buzilishi holatlari aniqlanganligi toʻgʻrisida zudlik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri yuqori turuvchi organga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi;
belgilangan tartibda va muddatlarda malaka oshirishi va attestatsiyadan oʻtishi shart.
Yuridik xizmat xodimi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Yuridik xizmat oʻzi viza qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan xulosalarning qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi.
Yuridik xizmat xodimi oʻz majburiyatlari va funksiyalari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Ushbu Nizomning bajarilishini nazorat qilish
21. Ushbu Nizomga rioya etilishini nazorat qilish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Adliya organlari oʻz vakolatlari doirasida ushbu Nizom va yuridik xizmatlar faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari talablarining yuridik xizmat xodimlari va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan buzilishining aniqlangan holatlarini bartaraf etishga, shuningdek aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortishga yoʻnaltirilgan choralarni koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Adliya organlari yuridik xizmat faoliyatiga tegishli hujjatlarni va boshqa maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan soʻrab olish huquqiga ega.
22. Adliya organlari davlat organlari va tashkilotlarida huquqiy ishlarni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, ularni yaxshilashga doir tavsiyalar ishlab chiqadi, yuridik xizmatlarga koʻrsatmalar beradi, shuningdek yoʻl qoʻyilgan aniqlangan tizimli kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan metodik yordam koʻrsatadi.
23. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi
NIZOM
1. Ushbu Nizom davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va tashkilotlari deb ataladi) yuridik xizmat xodimlariga maxsus unvonlar — martaba darajalarini berish tartibini belgilaydi.
2. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining maxsus unvonlari quyidagi martaba darajalaridan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
2-darajali Davlat adliya maslahatchisi;
3-darajali Davlat adliya maslahatchisi;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi PF-5086-sonli Farmoniga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 521-modda)
1-darajali adliya maslahatchisi;
2-darajali adliya maslahatchisi;
3-darajali adliya maslahatchisi;
1-darajali yurist;
2-darajali yurist;
3-darajali yurist.
3. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari ijobiy attestatsiya, malakasi va ish stajiga muvofiq, egallab turgan lavozimini, oldingi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlarni, shuningdek qonunchilikni mustahkamlash, aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish sohasidagi xizmatlarini hisobga olgan holda izchil tartibda beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur band birinchi xatboshisining attestatsiya qismi boʻyicha amal qilishi:
Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni boshqaruv xodimlariga;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuridik xizmatlari xodimlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosariga hamda uning apparati yetakchi mutaxassisiga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalarini berish tartibi ularning egallab turgan lavozimini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi PF-5086-sonli Farmoniga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 521-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Davlat adliya maslahatchisining:
a) 2-darajali martaba darajasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli tarkibiy tuzilmasi rahbarining tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Yuridik xizmati rahbariga;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan kelishilgan Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining tavsiyanomasiga koʻra Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosariga beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
b) 3-darajali martaba darajasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri va Senati Raisi bilan kelishilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati devoni rahbari tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati yuridik xizmatlari rahbarlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan kelishilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻiga beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi PF-5086-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 521-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
41. 3, 2 va 1-darajali adliya maslahatchisi, shuningdek, 3, 2 va 1-darajali yurist martaba darajalari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli tarkibiy tuzilmasi rahbarining tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining boshqaruv xodimlariga;
Keyingi tahrirga qarang.
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli tarkibiy tuzilmasi rahbarining tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining;
Keyingi tahrirga qarang.
b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati devoni rahbarining tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;
Keyingi tahrirga qarang.
respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining tavsiyanomalariga koʻra, shuningdek oʻz tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati rahbarlari va xodimlariga;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosariga va uning apparati yetakchi mutaxassisiga beriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi PF-5086-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 521-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Har bir martaba darajasida boʻlish muddati:
3, 2, 1-darajali yuristlar uchun — 2,5 yilni;
3, 2, 1-darajali adliya maslahatchilari uchun — 4 yilni tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
2 va 3-darajali davlat adliya maslahatchisi martabalarida boʻlish muddati belgilanmaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi PF-5086-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 521-modda)
6. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri:
a) ishda alohida oʻrnak koʻrsatganligi yoki xizmat burchini namunali ijro etganligi uchun oldingi martaba darajasida xizmat qilishning belgilangan muddati tamom boʻlgunga qadar martaba darajasi berishga;
b) izchillikka rioya qilmagan holda, lekin xodim yuqori lavozimga koʻtarilayotganda ega boʻlgan martabadan ikki daraja yuqori boʻlmagan martaba darajasi berishga;
v) birinchi marta attestatsiyadan oʻtayotgan xodimlarga ular egallab turgan lavozim boʻyicha nazarda tutilganidan bir daraja past martaba darajalari berishga haqlidir.
7. Tegishli malaka boʻyicha ish tajribasiga ega boʻlmagan shaxslarga martaba darajasi lavozimga tayinlangandan keyin kamida 1 yil oʻtgach beriladi.
8. Davlat organlari va tashkilotlarining bir martaba darajasida belgilangan muddatda xizmat qilgan, lekin xizmat faoliyatida yoki xulq-atvorida jiddiy kamchiliklarga ega boʻlgan yuridik xizmat xodimlariga navbatdagi martaba darajasi berilmaydi.
9. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga berilgan martaba darajalari ularda umrlarining oxirigacha boʻladi hamda faqat ish faoliyatiga muvofiq kelmaydigan xatti-harakatlari uchun ishdan boʻshatilgan taqdirda ulardan mahrum qilinishi mumkin.
10. Xizmat burchini qoʻpol ravishda buzganligi, badnom qiluvchi nojoʻya xatti-harakat qilganligi yoki xizmat vazifalarini muntazam ravishda yetarlicha bajarmaganligi uchun davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari pasaytirilishi mumkin, lekin ular ega boʻlgan martaba darajasidan ikki daraja past boʻlishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Martaba darajasidan mahrum qilish yoki uni pasaytirish martaba darajasi berish huquqiga ega boʻlgan tegishli mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi PF-5086-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 521-modda)
12. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati tomonidan belgilanadi.
13. Davlat organlari va tashkilotlarining martaba darajalariga ega boʻlgan yuridik xizmat xodimlarining lavozim maoshlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda qoʻshimcha haq toʻlanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 4-son, 50-modda, 25-son, 521-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 0618/5306/0593-son, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son, 08.08.2018-y., 06/18/5504/1629-son, 20.09.2019-y., 07/19/4461/3772-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son; 23.06.2025-y., 06/25/95/0531-son; 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)