12.01.2017 yildagi PF-4931-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.01.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Urgut”, “Gʻijduvon”, “Qoʻqon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi bozorlarda talab katta boʻlgan, yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlaydigan mineral-xomashyo va qishloq xoʻjaligi resurslarini chuqur qayta ishlash boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlarni yaratish, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Fargʻona va Xorazm viloyatlarining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish oʻrinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligining, Samarqand, Buxoro, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hokimliklarining Samarqand viloyati Urgut tumanida — “Urgut”, Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida — “Gʻijduvon”, Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida — “Qoʻqon”, Xorazm viloyati Hazorasp tumanida — “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini (keyingi oʻrinlarda “Urgut” EIZ, “Gʻijduvon” EIZ, “Qoʻqon” EIZ va “Hazorasp” EIZ deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Samarqand, Buxoro, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Urgut” EIZ, “Gʻijduvon” EIZ, “Qoʻqon” EIZ va “Hazorasp” EIZ tarkibiga kiritish uchun yer uchastkalari chegaralarini oʻrnatsinlar va ularning belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar “Urgut” EIZ, “Gʻijduvon” EIZ, “Qoʻqon” EIZ va “Hazorasp” EIZning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi bozorlarda talab katta boʻlgan va importning oʻrnini bosuvchi, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand, Buxoro, Fargʻona va Xorazm viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavot va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, toʻqimachilik, gilam toʻqish, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yoʻnalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy xomashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish hamda erkin iqtisodiy zonalar korxonalari oʻrtasida va umuman respublikada sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va markirovka qilish boʻyicha xalqaro standartlarga muvofiq ilmiy-ishlab chiqarish markazlari tashkil etish va ularning qarorlari xalqaro darajada eʼtirof etilishini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Urgut” EIZ, “Gʻijduvon” EIZ, “Qoʻqon” EIZ va “Hazorasp” EIZning faoliyat koʻrsatish muddati, keyinchalik uni uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat koʻrsatish muddati mobaynida “Urgut” EIZ, “Gʻijduvon” EIZ, “Qoʻqon” EIZ va “Hazorasp” EIZ hududlarida alohida soliq, bojxona va valyuta rejimi amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashining yangilangan tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonalarning yangilangan Maʼmuriy kengashi zimmasiga “Urgut” EIZ, “Gʻijduvon” EIZ, “Qoʻqon” EIZ va “Hazorasp” EIZga nisbatan maʼmuriyatchilik qilish funksiyalari yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Urgut” EIZ, “Gʻijduvon” EIZ, “Qoʻqon” EIZ va “Hazorasp” EIZ qatnashchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-sonli Farmonining 3-, 4- va 5-bandlari qoidalari tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-sonli Farmonining 3-, 4- va 5-bandlarida nazarda tutilgan bojxona toʻlovlari, soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlarni qoʻllashning soddalashtirilgan tartibini tasdiqlash uchun kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda “Urgut” EIZ, “Gʻijduvon” EIZ, “Qoʻqon” EIZ va “Hazorasp” EIZ direksiyalarini tashkil qilsin hamda “Urgut” EIZ, “Gʻijduvon” EIZ, “Qoʻqon” EIZ va “Hazorasp” EIZ direksiyalarining ustavlarini va Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi yagona Nizomni tasdiqlagan holda, ular faoliyatini tashkil etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari erkin iqtisodiy zonalarning Maʼmuriy kengashi qarorlari va erkin iqtisodiy zonalarning ishlab chiqilgan bosh rejalari boʻyicha maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtiradilar va erkin iqtisodiy zonalar direksiyalarida “yagona darcha” tamoyili boʻyicha muhandislik-telekommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanishga barcha zarur ruxsatnomalar berilishini tashkil qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Urgut” EIZ, “Gʻijduvon” EIZ, “Qoʻqon” EIZ va “Hazorasp” EIZ direksiyalari erkin iqtisodiy zonalarning butun faoliyat koʻrsatish davrida soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK, “Oʻzavtoyoʻl” DAK hamda respublika va hududiy darajadagi muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari koʻrsatuvchilar erkin iqtisodiy zonalarning qatnashchilari — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kommunikatsiyalarga, ularni ishlab chiqarish maydonchalariga oʻz vaqtida tutashtirgan holda, kafolatli ulanishini taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK, “Oʻzavtoyoʻl” DAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Samarqand, Buxoro, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda “Urgut” EIZ, “Gʻijduvon” EIZ, “Qoʻqon” EIZ va “Hazorasp” EIZ hududlarida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturini tasdiqlash uchun uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlarini shakllantirishda ularning parametrlarida erkin iqtisodiy zonalarning transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun, ularning ishlab chiqilgan bosh rejalari asosida kapital qoʻyilmalar limitlarini hamda zarur markazlashtirilgan investitsiyalar ajratilishini nazarda tutsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasini “Urgut” EIZ, “Gʻijduvon” EIZ, “Qoʻqon” EIZ va “Hazorasp” EIZning bosh rejalarini ishlab chiqish boʻyicha bosh loyihalash tashkiloti etib belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi uch oy muddatda “Urgut” EIZ, “Gʻijduvon” EIZ, “Qoʻqon” EIZ va “Hazorasp” EIZning bosh rejalarini ishlab chiqsin hamda erkin iqtisodiy zonalarning Maʼmuriy kengashi bilan kelishgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Davlat bojxona qoʻmitasi “Urgut” EIZ, “Gʻijduvon” EIZ, “Qoʻqon” EIZ “Hazorasp” EIZ va “Jizzax” EIZ hududlarida logistika markazlari hamda bojxona postlari tashkil etish yuzasidan bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga va boshqa tijorat banklariga tashkil etilayotgan erkin iqtisodiy zonalar hududlarida amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun oʻz mablagʻlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati berilmagan holda jalb etilgan xorijiy kredit liniyalari hisobiga kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-sonli Farmoni 6-bandining birinchi xatboshi va Farmon ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-sonli Farmoniga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiquvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 12-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-4931-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi PF-4931-sonli Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonalarning Maʼmuriy kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Aripov A.N.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Maʼmuriy kengash raisi

Rozukulov U.U.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Maʼmuriy kengash raisining oʻrinbosari

Azimov R.S.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Maʼmuriy kengash raisining oʻrinbosari

Ibragimov Gʻ.I.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Maʼmuriy kengash raisining oʻrinbosari

Kengash aʼzolari:

Gʻaniyev E.M.

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri

Saidova G.K.

Iqtisodiyot vaziri

Ikramov M.M.

Adliya vaziri

Xoʻjayev B.A.

Moliya vaziri

Xidoyatov D.A.

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

Parpiyev B.R.

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

Toxiriy M.V.

Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

Arabov S.A.

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi

Abdusamatov B.X.

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi

Xodjayev S.S.

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

Toxtayev A.R.

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

Gʻulomov R. A.

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijrochi direktori

lavozimiga koʻra

tegishli viloyat hokimi

lavozimiga koʻra

tegishli erkin iqtisodiy zona direksiyasining direktori

Toʻlaganov Sh.A.

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari, Maʼmuriy kengash kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Maʼmuriy kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Kengash tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi PF-4931-sonli Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-sonli Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi ikki xatboshi sifatida quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan va loyihalarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha chetdan keltiriladigan qurilish materiallarini bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan keltiriladigan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlarni bojxona toʻlovlaridan ozod etish (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno) toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “yoʻnaltirilgan” soʻzi “yoʻnaltiriladigan” soʻzi bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 3-son, 40-modda, 19-son, 331-modda, 28-son, 636-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)