Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 12-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1551-4]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 24-oktabrdagi PQ-2640-sonli “Oʻsimliklarni himoya qilish va qishloq xoʻjaligiga agrokimyoviy xizmatlarni koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2006-yil 21-fevraldagi 39-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551, 2006-yil 13-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 88-modda) bilan tasdiqlangan Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Z. MIRZAYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 30-dekabr,
30-son
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 30-dekabrdagi 30-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “oʻsimliklarni himoya qilish tuman otryadi” degan soʻzlar “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining tuman (shahar) filiali” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 15-bandning “g” kichik bandidagi “tuman oʻsimliklarni himoya qilish otryadi maʼlumotnomasiga asosan 0 balldan” degan soʻzlar “Oʻzagrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatining tuman (shahar) filiali maʼlumotnomasiga asosan 1 balldan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 2-ilovada:
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
4. |
Soʻnggi 3 yil ichida gʻoʻza maydonlari kasalliklarga chalinmaganligi va zararkunandalar bilan zararlanmaganligi, shuningdek ularda begona oʻtlar tarqalmaganligi |
soʻnggi 3 yilda kuzatilmagan |
10 ball |
“Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining tuman (shahar) filiali maʼlumotnomasi |
|
soʻnggi 2 yilda kuzatilmagan |
5 ball | |||
|
soʻnggi 1 yil davomida kuzatilmagan |
1 ball |
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
9. |
Daʼvogarning texnika vositalari bilan taʼminlanganligi |
haydov traktori |
2 ball |
Texnika vositalari texnik pasporti, “Davtexnazorat” inspeksiyasi maʼlumotnomasi |
|
chopiq traktori (kulʼtivator bilan) |
2 ball | |||
|
chopiq traktori (OVX-600) (2 ta tirkama bilan) |
2 ball | |||
|
er tekislagich — greyder, chizel(mola, borona komplektda), pushta olgich |
2 ball | |||
|
chigit ekish seyalkasi |
2 ball |
4. Mazkur oʻzgartirishlar “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati hamda Oʻzbekiston Fermerlari kengashi bilan kelishilgan.
“Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Y. XIDIROV
2016-yil 26-dekabr
“Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari X. BEKBERGENOV
2016-yil 27-dekabr
Oʻzbekiston Fermerlari kengashi raisi S. TURDIYEV
2016-yil 27-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 2-son, 38-modda)