Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 19-may,
193-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 193-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 5-iyuldagi 334-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi Nizomning 9-bandi oltinchi xatboshi “organlariga” soʻzidan soʻng “(kichik va oʻrta korxonalar, mikrofirmalar bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-dekabrdagi 459-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 12-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomning 7-bandi uchinchi xatboshi “shaxslardan” soʻzidan soʻng “(kichik va oʻrta korxonalar, mikrofirmalar bundan mustasno), shuningdek, tegishli organlardan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-iyuldagi 286-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“sugʻurtalovchilardan sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida belgilangan hisobot va ularning moliyaviy ahvoli haqidagi axborotni, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, banklardan (kichik va oʻrta korxonalar, mikrofirmalar bundan mustasno), fuqarolardan oʻziga yuklangan funksiyalarini bajarish uchun zarur boʻlgan axborotni olish”.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomning 9-bandi oʻn birinchi xatboshi “xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari” soʻzlaridan soʻng “(kichik va oʻrta korxonalar, mikrofirmalar bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.