Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DON VA DONNI QAYTA IShLASh MAHSULOTLARI BILAN OPERATSIYALAR HISOBINI YuRITISh VA RASMIYLAShTIRISh BOʻYIChA YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh TOʻFRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-maydagi 95-sonli “Don va donni qayta ishlash mahsulotlari hisobini yuritish tizimini takomillashtirishga, ularning saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Don mahsulotlari tarmogʻi korxonalarida don va donni qayta ishlash mahsulotlari nobudgarchiligini kamaytirish, ular bilan oʻtkaziladigan operatsiyalar hisobini yuritish, hisobot berish va operatsiyalar oʻtkazishda zarur tartib oʻrnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Don va donni qayta ishlash mahsulotlari bilan operatsiyalar hisobini yuritish va rasmiylashtirish boʻyicha yoʻriqnoma ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilida berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Davlat statistika qoʻmitasi, “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi:
(2-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
mazkur Yoʻriqnomaga qatʼiy rioya qilinishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasinlar;
har oyda Vazirlar Mahkamasiga ozuqabop bugʻdoydan foydalanish balanslari bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlar bilan birgalikda don chiqindilarni va qoʻshimcha mahsulotlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etsinlar.
3. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 4-noyabrdagi 377-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizomning 6-bandiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifati masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi”;
b) beshinchi xatboshi quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“don va donni qayta ishlash mahsulotlarini qabul qilish, joylashtirish, ishlov berish, saqlash, qayta ishlashda ularning saqlanishini taʼminlash va ulardan oqilona foydalanish, don va donni qayta ishlash mahsulotlari hisobini yuritish; don va donni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish bilan bogʻliq texnologiya jarayonlarini yuritish; transportda tashish va saqlash chogʻida don va donni qayta ishlash mahsulotlarining tabiiy kamayishi normalarini belgilash masalalari boʻyicha normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
bosh davlat don inspektorlari ishini tartibga soluvchi yoʻriqnoma beruvchi qoidalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 20-mart,
137-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 6-son, 32-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda; 2004-y., 22-23-son, 266-modda)