28.12.2016 yildagi PF-4906-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.12.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek keksa yoshdagi fuqarolarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimi samaradorligini yanada oshirish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida toʻla huquqli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, katta avlodning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, shuningdek yosh avlodni xalqimizning koʻp asrlik anʼanalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi taʼsis majlisining Jamgʻarma nomini Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamoat birlashmasi shaklidagi “Nuroniy” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda “Nuroniy” jamgʻarmasi” deb ataladi) etib oʻzgartirish va unga quyidagi asosiy vazifalarni hal etishni yuklash haqidagi tashabbusi maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faxriylarning Oʻzbekistonni yangilash va rivojlantirishning maʼnaviy-axloqiy negizlarini mustahkamlashda, mamlakatning ijtimoiy- siyosiy hayotida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, oqsoqollar, keksa yoshdagilar va nogironlarni yoshlarni Vatanga muhabbat, keksa avlod kishilarini hurmat qilish, ezgulik va rahmdillik singari xalqimizning koʻp asrlik anʼanalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yoʻnaltirilgan ijtimoiy faoliyatga jalb etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keksalarning hayoti darajasini oshirish sohasida davlat siyosatining gʻoyat muhim ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishda davlatga koʻmaklashish, pensiyaga chiqqandan keyin ularning yuqori ijtimoiy faolligini, shu jumladan ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtirokini va davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi ishtirokini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keksalar uchun nazarda tutilgan pensiyalar va imtiyozlar boʻyicha qonun hujjatlari qoidalari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini taʼminlash, ushbu masalada davlat boshqaruvi organlariga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻmaklashish, ehtiyojmand keksalarni va aholining boshqa qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va tibbiy yordam bilan taʼminlash, ushbu maqsadlarda ishlab chiqarish, tijorat, noshirlik, xayriya tadbirlarini va boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda oilalarda tinchlik va xotirjamlikni taʼminlash, yolgʻiz kishilar va ehtiyojmand keksalarni ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek ularning birinchi navbatdagi ehtiyojlari qondirilishida har tomonlama yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keksalar uchun ularning yoshini hisobga olgan holda har xil ijtimoiy-madaniy tadbirlar, telemarafonlar, maxsus sport musobaqalari, keksa yozuvchilar, artistlar, xonandalar, rassomlarni va ijodiy ziyolilarning boshqa vakillarini taklif etgan holda ijodiy kechalar tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining markaziy apparati tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlimlari tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining tumanlar (shaharlar)dagi boʻlimlari tuzilmasi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi zamonaviy talablarni va Jamgʻarmaga yuklangan yangi vazifalarni hisobga olgan holda “Nuroniy” jamgʻarmasining yangi tahrirdagi ustavini tayyorlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazishda Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab- quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasiga koʻmaklashsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2017-yil 1-yanvardan boshlab “Nuroniy” jamgʻarmasi markaziy apparati va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) boʻlimlarining shtatdagi xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan taʼminlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi joriy qilinsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 2017-yil 1-sentabrgacha har bir tuman va shaharda, qoidaga koʻra madaniyat va dam olish istirohat bogʻlari hududida “Nuroniylar maskani” majmualari faoliyat koʻrsatishini, ularda “Nuroniy” jamgʻarmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, tumanlardagi (shaharlardagi) boʻlimlarini joylashtirish uchun binolar ajratilishi yoki qurilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majmualarni qurishda boy kitob fondiga ega boʻlgan kitobxonlar zallari, shaxmat, shashka oʻynash uchun dam olish xonalari, keksalar uchun maxsus trenajyorlar bilan jihozlangan davolash jismoniy tarbiya zallari, shuningdek oshxona va tibbiy xona tashkil etilishi, ularni zarur mebel, kompyuter texnikasi va aloqa vositalari bilan jihozlash nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlariga muvofiq “Nuroniy” jamgʻarmasi va uning boʻlimlari soliqlar va davlatning maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlovchilar hisoblanmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashining mehnatkashlarni sogʻlomlashtirishga yoʻnaltiradigan mablagʻlarining 30 foizgachasini pensionerlarni, birinchi navbatda 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini oʻz tizimidagi sanatoriylarda sogʻlomlashtirishga (shu jumladan dori vositalari olish uchun) har yili yoʻnaltirish, shuningdek mehnatkashlarga ularga ajratilgan yoʻllanmalarini oʻzlarining ota-onalarini sogʻlomlashtirishga yuborish huquqini berish toʻgʻrisidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Iqtisodiyot va ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalardagi uzoq yillik halol mehnatlari uchun mehnatkashlarga, shuningdek ishlamaydigan, jamiyatda mustahkam oilani saqlab qolgan, farzandlarini kattalarga va kichik avlodga hurmat, jamiyat oldidagi masʼuliyat, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab hurmat qozongan onalarga taqdim etiladigan “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni (I, II, III darajali) taʼsis etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash va uni topshirish davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, taklifi bilan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nuroniy” jamgʻarmasi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda har bir tumanda “Mehnat faxriysi” nishoni bilan taqdirlangan shaxslar toʻgʻrisidagi qisqacha biografik maʼlumotnomalar aks ettiriladigan “Bizning faxriylarimiz” kitob-fotoalbomini yuritish va uning har yil yangilab borilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar va shaharlar hokimliklari “Mehnat faxriysi” nishoni bilan taqdirlangan shaxslar yashaydigan xonadonlar va uy-joylar eshiklarida “Bu erda I, II, III darajali “Mehnat faxriysi” nishoni bilan taqdirlangan fuqaro (F.I.O.) istiqomat qiladi” yozuvi boʻlgan belgisi oʻrnatilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bir oy muddatda “Mahalla” telekanalida yoshi kattalarga bagʻishlangan va har kuni namoyish qilinadigan “Keksalar davrasida” doimiy rubrikasini tashkil etsin, shuningdek “Mahalla” telekanalida har oyda “Otalar soʻzi — aqlning koʻzi” telekoʻrsatuvining bittadan yangi seriyasini tayyorlasin va namoyish etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nuroniy” jamgʻarmasining nashriyot boʻlimi faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashsin hamda har haftalik “Nuroniy” gazetasi va har oyda bir chiqadigan “Keksalik gashti” jurnalining imtiyozli asosda nashr etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nuroniy” jamgʻarmasining buyurtmanomasiga binoan “Nuroniy” jamgʻarmasining har bir boʻlimini respublikada nashr etiladigan kamida 10 nomdagi gazeta va jurnallar bilan, shuningdek “Nuroniylar maskani” komplekslari oʻquv zallarining kitoblar bilan muntazam ravishda toʻldirib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamgʻarmani qoʻllab-quvvatlash va uning faoliyatini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish davlat organlari rahbarlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning keksa avlod oldidagi fuqarolik burchi hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasi Komplekslari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar va boshqa xoʻjalik birlashmalari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar korxona va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga, pensiyaga chiqadigan xodimlarga doimiy gʻamxoʻrlik va eʼtibor koʻrsatishni, ularga zarur moddiy va ijtimoiy koʻmak berish, mehnat jamoasining jamiyat hayotida faol qatnashishini, shuningdek har yili pensionerlardan, ayniqsa yakka-yolgʻizlardan xabar olish, tugʻilgan kunlarida va bayramlarda ularga esdalik sovgʻalari berishni, ularning uy- joy, maishiy muammolarini hal etishda koʻmaklashishni, sanatoriya-kurortda sogʻlomlashtirish va davolashni tashkil etishni, shuningdek muqaddas joylarga va ziyoratgohlarga ekskursiyalar tashkillashtirishni va boshqa ijtimoiy ahamiyatli tadbirlarni amalga oshirishni taʼminlash yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensionerlar bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, ularning hayotiy muhim muammolarini muhokama qilish va hal etishga yordam berish maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga pensiyaga chiqqan xodimlarini rahbariyat tomonidan qabul qilish jadvallarini har oyda tasdiqlash majburiyati yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan har yil ikki marta “Mahalla” fondi, boshqa davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini jalb etgan holda “Nuroniy” jamgʻarmasi boʻlimlari rahbarlari, ularning faollari ishtirokida keksalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, yoshlarni tarbiyalash, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, shuningdek “Nuroniy” jamgʻarmasi boʻlimlari faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish boʻyicha kelgusidagi qoʻshma chora-tadbirlarni muhokama qilishni oʻtkazish amaliyotga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Respublika “Mahalla” xayriya fondi rahbariyatining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik asosida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida (ovullar, qishloqlar, mahallalar) fuqarolar yigʻini raisining oʻrinbosari — keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchi lavozimini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalla” fondiga “Navroʻz” va “Mustaqillik” umumxalq bayramlariga bagʻishlab oʻtkaziladigan hasharlardan tushadigan mablagʻlarning 10 foizini har yili “Nuroniy” jamgʻarmasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi tashabbusi qoʻllab- quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan “Nuroniy” jamgʻarmasi markaziy apparati, uning boʻlinmalari va nashriyot boʻlimi moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga 1,5 mlrd soʻm ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ushbu Farmonda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish va “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash boʻyicha bir oy muddatda chora- tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi toʻgʻrisida” 1996-yil 4-dekabrdagi PF-1655-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 28-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-4906-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 1-son, 6-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)