Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
qarori
Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 21-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2155-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 15-fevraldagi 3/9-sonli “Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2155-5, 09.03.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 2155, 2010-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 47-son, 438-modda) bilan tasdiqlangan Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2016-yil 26-noyabr,
38/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-noyabrdagi 38/1-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibini belgilaydi.”.
2. 2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tashqi savdo kontraktlari boʻyicha maʼlumotlarni kiritish, kiritilgan maʼlumotlarni koʻrish va chop etish.”.
3. 3-banddan “(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 6-7-son, 33-modda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. 8-band “soliq organlari” degan soʻzlardan keyin “, sud ijrochilari va undiruvchilar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Tizimda mijoz tomonidan milliy valyutadagi pul-hisob-kitob hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi.”.
6. Quyidagi mazmundagi 141-band bilan toʻldirilsin:
“141. Xalqaro toʻlovlarni amalga oshirishda chet el valyutasidagi pul-hisob-kitob hujjatlari quyidagi rekvizitlardan iborat boʻladi:
toʻlovning turi;
hujjatning sanasi;
mablagʻlarni toʻlovchining toʻliq nomi va pochta manzili;
mablagʻlarni toʻlovchining hisobvaragʻi;
toʻlov summasi;
toʻlov maqsadi;
toʻlovni amalga oshirish bilan bogʻliq bank komission xarajatlari;
mablagʻlarni toʻlovchi bankining nomi;
mablagʻlarni toʻlovchi bankining pochta manzili (mamlakat, shahar);
mablagʻlarni toʻlovchi bankining maxsus kodi;
mablagʻlarni oluvchi bankining nomi;
mablagʻlarni oluvchi bankining pochta manzili (mamlakat, shahar);
mablagʻlarni oluvchi bankining maxsus kodi;
mablagʻlarni oluvchi bankining mablagʻlarni toʻlovchi bankidagi hisobvaragʻi;
mablagʻlarni oluvchining toʻliq nomi va pochta manzili;
mablagʻlarni oluvchining hisobvaragʻi;
mablagʻlarni toʻlovchining mablagʻlarni oluvchiga xabari.”.
7. 22-banddan “(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 47-son, 623-modda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 51-son, 588-modda)