21.12.2016 yildagi PQ-2687-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.06.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2019-yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusida iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlarni davom ettirish, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash va jadal rivojlantirishni taʼminlash, paxta tolasi va ipak xom ashyosini chuqur qayta ishlash, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish yoʻli bilan raqobatbardoshli, tashqi bozorlarda talab qilinadigan tayyor, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlari va turlarini kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2017 — 2019-yillarda paxta tolasi va ipak xom ashyosini chuqur qayta ishlash negizida yuqori qoʻshilgan qiymatli, tashqi bozorlarda talab qilinadigan tayyor toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish topshirigʻi 1-ilovaga* muvofiq belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasi va ipak xom ashyosini chuqur qayta ishlash orqali yuqori qoʻshilgan qiymatli, tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan tayyor toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha 1-ilovada nazarda tutilgan topshiriqlarning belgilangan muddatlarda sifatli va toʻliq hajmda bajarilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy masʼuliyat “Oʻzbekyengilsanoat” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, boshqa aksiyadorlik jamiyatlari hamda korxonalar rahbarlari — masʼul ijrochilar zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2016 — 2019-yillarda paxta tolasi va ipak xom ashyosini chuqur qayta ishlash negizida yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor, eksportga yoʻnaltirilgan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu roʻyxatga kiritilgan barcha investitsiya loyihalari “Oʻzbekyengilsanoat” AJ tomonidan, salohiyatli investorlar, ishlab chiqarish maydonchalari va loyihalarni moliyalashtirish manbalari aniq belgilanganligini hisobga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda tayyorlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekyengilsanoat” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda ushbu qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallarini bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsinlar, ularda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish, zamonaviy texnologik talablarga javob beradigan loyiha yechimlarini tanlashning aniq muddatlarini nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, ochilgan kredit liniyalari doirasida tijorat banklari bilan birgalikda moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari ustav kapitaliga, shu jumladan shuʼba investitsiya kompaniyalari orqali yoki modernizatsiya qilinayotgan yoxud yangidan tashkil etilayotgan korxonalarga qayta moliyalashtirilayotgan kreditlar berish orqali loyihalarni moliyalashtiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta moliyalashtirish shartlarida loyihani amalga oshirishda tijorat bankining ishtiroki loyiha qiymatining koʻpi bilan 75 foizini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit liniyalari xorijiy valyutada beriladi, ularga xizmat koʻrsatish va ularni toʻlash ham qayta moliyalashtiruvchi tijorat banklari va qarz olgan tashkilotlar tomonidan ana shu valyutada amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalari tarmoqning ilmiy-texnika kengashida, ularni amalga oshirish doirasida tuziladigan import shartnomalari esa — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasida majburiy ekspertizadan oʻtkaziladi;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-2998-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 22-son, 419-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-2998-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 22-son, 419-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Oʻzbekyengilsanoat” AJ loyihalash tashkilotlari bilan birgalikda toʻqimachilik ishlab chiqarishlarini loyihalash va qurishning tarmoq normalarini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va kiritsinlar, bunda quyidagilarni nazarda tutsinlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularni qurilishning xalqaro amaliyotiga va zamonaviy texnologiyalariga muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arzon, birinchi navbatda, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan materiallardan (temir-beton va metall konstruksiyalar, sendvich-panellar va boshqalardan) foydalanish, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xonalarining ortiqchasini chiqarib tashlagan holda optimallashtirish yoʻli bilan qurilish-montaj ishlariga xarajatlarni kamaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzbekyengilsanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda toʻqimachilik mahsulotlariga standartlarni xalqaro normalar va asosiy bozorlardagi talablarga muvofiqlashtirishga doir kompleks chora-tadbirlarni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar hamda 2017-2018-yillarda bosqichma-bosqich amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 2017 — 2019-yillarda respublikaning toʻqimachilik va tikuv- trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish boʻyicha Ishchi guruh 5-ilovaga* muvofiq tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh (Z. Mirzayev) vazirliklar, idoralar, aksiyadorlik jamiyatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda boshqa masʼul bajaruvchilarning Dasturda nazarda tutilgan investitsiya loyihalari va topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha faoliyati puxta muvofiqlashtirilishini va monitoringi olib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 5-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kredit beruvchi tijorat banklariga — ushbu Dastur doirasida amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan kreditlar boʻyicha investitsiya davrida hisoblangan foizlarni kapitallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir tarmoq korxonalariga beriladigan kreditlarning maksimal ulushi boʻyicha oʻrnatilgan cheklovlarni va boshqa korxonalarning ustav kapitalida tijorat banklarining ishtiroki boʻyicha cheklovlarni qoʻllamaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat bankining ulushlari toʻliq 100 foizgacha miqdorda boʻlgan, shu jumladan investitsiya kompaniyalarining mablagʻlari hisobiga shoʻba korxonalarini, shuningdek loyihalarni amalga oshirish uchun boshqa investorlar ishtirokidagi korxonalarni bunyod etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarning xorijiy valyutada shakllantirilgan ustav kapitalidagi ulushlarini bozor qiymatida (barcha xarajatlar va investitsiyalar summasidan kam boʻlmagan miqdorda) xorijiy valyutaga sotish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj tarmogʻining 6-ilovaga* muvofiq nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari eksportidan olingan xorijiy valyutadagi tushumning bir qismini vakolatli banklarga majburiy sotish 2017-yil 1-yanvardan boshlab bekor qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilar bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno) 2020-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga ozod qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ishlab chiqarilmaydigan, ushbu qarorning 2-ilovasiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha chetdan keltiriladigan texnologik asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha respublika hududiga chetdan keltiriladigan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj tarmogʻining oʻrnatilgan texnologik uskunalariga ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. 7-ilovaga* muvofiq, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj tarmogʻining nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalariga 2020-yilning 1-yanvariga qadar quyidagilardan iborat soliq hamda bojxona imtiyozlari va preferensiyalari berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun foyda soligʻi va mulk soligʻi toʻlashdan, yagona soliq toʻlovidan, Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo va materiallar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlarga muvofiq, komissiya shartnomalari asosida import qilinadigan uskunalar, butlovchi buyumlar uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilish (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini oʻzida ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan yuqoridagi roʻyxatga kiritilmagan xom ashyo, materiallar va furniturani import qilishda bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab bojxona toʻlovlarini 60 kungacha muddatga kechiktirish (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-ilovaga muvofiq nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan korxonalar jumlasiga hisobot davri yakunlari boʻyicha umumiy sotish hajmida shunday tovarlarni ishlab chiqarishdan tushgan tushumlar ulushi kamida 60 foizni tashkil etadigan korxonalar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda “Oʻzbekyengilsanoat” AJning “Oʻzbekyengilsanoat” AJ tarkibida “Oʻztoʻqimachilikeksport” MCHJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo tashkilotini (keyingi oʻrinlarda “Oʻztoʻqimachilikeksport” MCHJ ITST deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yengil sanoat korxonalariga, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga marketing, axborot va konsalting xizmatlari koʻrsatish, koʻrgazmalarda va matbuot nashrlarida reklama tadbirlarini amalga oshirish, eksport salohiyatini keng yoritish hisobiga yengil sanoat mahsulotlarini eksportga yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan-toʻgʻri kontraktlar boʻyicha, shuningdek xorijda tashkil etilayotgan savdo uylari orqali mahsulotlarni eksportga sotishda yengil sanoat korxonalariga tizimli asosda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ishlab chiqarilmayotgan texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallar, aksessuarlar va furnituralarni yetkazib berishda (import qilishda), shuningdek tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish uchun zarur boʻlgan toʻqimachilik yarim tayyor mahsulotlari bilan taʼminlash hisobiga tarmoq ichidagi kooperatsiyani rivojlantirishda koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda ushbu qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan investitsiya loyihalari, ularning parametrlari, moliyalashtirish hajmlari va manbalari aniqlashtirilgan holda belgilangan tartibda unga kiritilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha Idoralararo kengash eksportga yoʻnaltirilgan tayyor toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha 2-ilovaga kiritilgan investitsiya loyihalariga tayyorlangan va kelishilgan loyiha hujjatlarining mavjudligini hisobga olgan holda, zarurat boʻlganda, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 8-ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 6 — 8-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 21-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2687-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-son qaroriga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarishda soliq hamda bojxona imtiyozlari taqdim etiladigan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj tarmogʻining nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari guruhlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tayyor paxta ip-gazlamalari (chit va satindan tashqari)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tayyor aralash gazlamalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tayyor ipak gazlamalar (atlasdan tashqari)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tayyor tikuv buyumlari, tayyor kiyim-kechak (tikuv, trikotaj va charm buyumlari)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bosh kiyimlar (milliy bosh kiyimlardan tashqari)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Chulki-paypoq mahsulotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toʻqimachilik attorlik mollari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tikuv-toʻqimachilik sanoati uchun furnitura va aksessuarlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-son qaroriga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 13-noyabrdagi “2006 — 2008-yillarda toʻqimachilik sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-510-son qarorining 3-bandi va 3-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 21-noyabrdagi “Paxta tolasini respublikaning ichki isteʼmolchilariga sotishni takomillashtirish va toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-733-son qarorining 3-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “2016-yilning 1-yanvarigacha” soʻzlari “2020-yilning 1-yanvarigacha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “60 foiz va undan ortiq foiz” soʻzlari “40 foiz va undan ortiq foiz” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-yanvardagi “Mahalliy nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1050-son qarorining 3-bandi uchinchi xatboshisidan keyin “import qilinadigan,” soʻzlaridan keyin “shu jumladan vositachilik shartnomalari asosida olib kelinadigan,” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 28-martdagi “Toʻqimachilik sanoati korxonalarini jadal rivojlantirishni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1512-son qarorining rus tilidagi matni 1-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshisidagi “do 1-yanvarya 2018 goda” soʻzlari “do 1-yanvarya 2020 goda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “otxodi xlopkopryadeniya” soʻzlaridan keyin “, aksessuari i furnitura” soʻzlari bilan toʻldirilsin, keyingi oʻrinlar matn boʻyicha davom etib ketsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 245-son qarorining 1-ilovasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bandning v) kichik bandidagi “eksport qilinadigan mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-band quyidagi mazmundagi yangi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj tarmogʻining nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini eksport qilishdan olingan xorijiy valyutadagi tushum tijorat banklariga majburiy sotilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-son qarorining 5-bandi “chiqindilarini,” soʻzidan keyin “aksessuarlar va furniturani” soʻzlari bilan toʻldirilsin, keyingi oʻrinlar matn boʻyicha davom etib ketsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 51-son, 584-modda; 2017-y., 22-son, 419-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2018-y., 06/20/5383/0980-son, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son; 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)