Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 6-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda maʼqullangan
1-modda. 8-yanvar Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni etib belgilansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 19-dekabr,
OʻRQ-414-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 51-son, 578-modda)