Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining
buyrugʻi
Avtomobilda tashuvchi tomonidan haydovchilarga yoʻl harakati xavfsizligi masalalari boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 16-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2582-1]
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2014-yil 22-apreldagi 22-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2582, 2014-yil 13-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 20-son, 234-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobilda tashuvchi tomonidan haydovchilarga yoʻl harakati xavfsizligi masalalari boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “2000-yil 11-dekabrdagi 472-sonli” degan soʻzlar “2015-yil 24-dekabrdagi 370-sonli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mehnat vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq V. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 13-dekabr,
49-son
Kelishilgan:
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
2016-yil 9-dekabr
Mehnat vaziri A. ABDUXAKIMOV
2016-yil 9-dekabr
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2016-yil 9-dekabr
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2016-yil 9-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 50-son, 577-modda)