16.03.2016 yildagi 90-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyat hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat aholisini ichimlik suvi meʼyorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-iyuldagi “Uy-joy-kommunal xizmatlarning oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashiga bosqichma-bosqich oʻtish munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 271-sonli hamda 2014-yil 15-iyuldagi “Isteʼmolchilarga suv taʼminoti va oqova suvini chiqarish xizmatlari koʻrsatish qoidalari toʻgʻrisida”gi 194-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 30-son, 368-modda) qarorlariga asosan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2011-yil 19-yanvardagi 1, 2 va 01-88-con qarori bilan tasdiqlangan Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizom (roʻyxat raqami 2198, 2011-yil 19-fevral), (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 76-modda) ijrosini taʼminlash hamda viloyatdagi suv hisoblagichlari bilan taʼminlanmagan aholi isteʼmolchilarini ichimlik suvi isteʼmol meʼyorlarini belgilash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-yanvardagi 05/5-19-son topshirigʻi rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyatdagi suv hisoblagichlari bilan taʼminlanmagan aholi isteʼmolchilarini KMK 2.04.02-97 qoidalari asosida xoʻjalik-maishiy ichimlik suvi isteʼmol meʼyorlariga asoslanib, bir kishi uchun sarflanayotgan ichimlik suvi meʼyorlarini aniqlash boʻyicha viloyat “Suvoqova” unitar korxonasi tomonidan tuzilgan dalolatnomalar asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar hududidagi hovli uy-joylardagi bir kishi uchun oylik ichimlik suvini umumiy sarflash meʼyori 25 m3;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hududidagi hovli uy-joylardagi bir kishi uchun oylik ichimlik suvini umumiy sarflash meʼyori 15 m3;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp qavatli uy-joylardagi bir kishi uchun oylik ichimlik suvining umumiy sarflash meʼyori 10,6 m3;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hxududlardagi mavjud koʻcha joʻmraklaridan foydalanish uchun oylik ichimlik suvining umumiy sarflash meʼyori 4,2 m3 etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyat “Suvoqova” davlat unitar korxonasi (Yuldashev) shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda viloyat aholisi uchun xoʻjalik-maishiy ichimlik suvi isteʼmol meʼyorlari oʻzgaruvchan miqdor boʻlib, ijtimoiy iqtisodiy vaziyatga, demografik tusdagi oʻzgarishlarga bogʻliq boʻlganligi uchun yilda bir marotaba oʻrganib, viloyat hokimligiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyat Moliya boshqarmasi (Ortiqov), viloyat “Suvoqova” davlat unitar korxonasi (Yuldashev), shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda viloyatdagi ichimlik suvi taʼminoti mavjud hamda suv hisoblagichlari bilan taʼminlanmagan sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi, akademik litseylar va oliygohlar boʻyicha amaldagi KMK 2.04.02-97 qoidalari asosida ichimlik suvi isteʼmol meʼyorlarini oʻrganib, asosiy xarajatlarda moliyalashtirish choralarini koʻrib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Viloyat Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (Yakubov) viloyatdagi ichimlik suvi manbalaridan laboratoriya tahlillarini doimiy olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur isteʼmol meʼyorlari 2016-yilning 1-aprel kunidan boshlab, shahar va tumanlarda suv hisoblagichi mavjud boʻlmagan aholi isteʼmolchilar uchun qoʻllanilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror bilan viloyat hokimining 2006-yil 16-fevraldagi “Ichimlik suvi meʼyorlarini tasdiqlash haqida”gi 24-f-sonli farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Fargʻona haqiqati” va “Ferganskaya pravda” gazetalari tahririyati (Sobirov) va viloyat kompyuterlashtirish markazi davlat unitar korxonasi (Maxmudov) mazkur qarorni rasmiy eʼlon qilsinlar hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari S. Zokirov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim Sh. GʻANIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 16-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90-son