Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MOLIYA-XOʻJALIK FAOLIYATINI AMALGA OShIRMAYOTGAN VA QONUNChILIKDA BELGILANGAN MUDDATLARDA OʻZLARINING USTAV JAMGʻARMALARINI ShAKLLANTIRMAGAN KORXONALARNI TUGATISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi hamda Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 28-iyundagi PF-2331-son Farmonini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan tugatilayotgan korxonalarning mablagʻlari va mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda, ularning budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlanmagan qarzlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi taqdimnomasiga koʻra Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi qarori bilan hisobdan chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va budjetdan tashqari jamgʻarmalar ular tomonidan hisobdan chiqarilgan qarzdorlik summalari alohida hisobga olinishini taʼminlasinlar.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlanmagan qarzlarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻygan tugatilayotgan korxonalar mansabdor shaxslariga nisbatan materiallar davlat soliq xizmati organlari va budjetdan tashqari jamgʻarmalar tomonidan aybdor shaxslarni qonun bilan belgilangan javobgarlikka tortish va davlatga yetkazilgan moddiy zararni qoplash uchun huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda beriladi.
3. Qonunchilikda belgilangan muddatda taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda oʻz ustav jamgʻarmasini shakllantirmagan korxonalar uni amalda shakllangan, lekin qonunchilikda belgilangan eng kam miqdordan kam boʻlmagan, miqdorgacha kamaytirishlari yoki belgilangan tartibda boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga qayta tashkil etilishlari mumkinligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Korxonalar tomonidan mazkur talablar bajarilmaganda ularning tugatilishi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi 1999-yilning ikkinchi yarim yilligidan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarning maxsus hisobini joriy etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 10-iyundagi 298-son qarori bilan tasdiqlangan Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizomning 7-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xat boshi bilan toʻldirilsin:
“Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan tugatilayotgan korxonalarning budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi qarzlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi taqdimnomasiga koʻra hisobdan chiqarish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish”.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 3-iyul,
327-son
Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Mazkur Nizom moliya-xoʻjalik faoliyatini olti oy mobaynida amalga oshirmayotgan korxonalarni (bank hisobvaraqlari boʻyicha uch oy mobaynida operatsiyalarni oʻtkazmagan savdo, savdo-vositachi korxonalarni), shuningdek qonunchilikda belgilangan muddatda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini belgilab beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1.2. Mazkur Nizomda “moliya-xoʻjalik faoliyati” atamasi ostida korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish hamda buxgalteriya-moliya, hisob-kitob va tovarga ilova hujjatlarini yuritish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish faoliyati tushuniladi.
(1.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
1.3. Korxonalarni tugatish uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
korxona muassislari (qatnashchilari)ning qarori (ixtiyoriy tugatish);
(1.3-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
xoʻjalik sudi qarori asos boʻlib hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Korxonani ixtiyoriy tugatish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(1.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori asosida toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1.4. Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalar faoliyatini bundan buyon davom ettirishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani hal etish, shuningdek korxonalarni tugatish jarayonini xoʻjalik sudlari qarorlari boʻyicha amalga oshirish (ularning muassislari, qatnashchilari ularni tugatishga rozi boʻlmagan, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan shaxslar turar joyini aniqlash va ularni tugatish jarayoniga jalb etishni taʼminlash mumkin boʻlmagan hollarda):
adliya organlari tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan korxonalar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalar tomonidan;
shaharlar, tumanlar hokimliklari tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan korxonalar boʻyicha — ushbu hokimliklar huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish inspeksiyalari komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
(1.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
1.5. Mazkur Nizom III boʻlimining amal qilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarga hamda muassislari (qatnashchilari)ning yoki ular tomonidan vakil qilingan organlarning turar joyini aniqlash mumkin boʻlmagan korxonalarga, IV va V boʻlimlarda nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda, joriy etiladi.
II. TUGATILADIGAN KORXONALARNI ANIQLASh VA HISOBGA OLISh TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
2.1. Savdo va savdo-vositachi korxonalar tomonidan uch oy mobaynida, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar tomonidan esa — olti oy mobaynida bank hisob raqamlari boʻyicha pul operatsiyalarini oʻtkazgan holda moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmagan hollarda tijorat banklari uch kun muddatda u hisobga qoʻyilgan joydagi soliq xizmati organiga axborot taqdim etadi, axborotda quyidagilar koʻrsatiladi:
bankda hisob raqami ochilgan va oxirgi operatsiya oʻtkazilgan sana;
bank hisob raqamlarida pul mablagʻlarining mavjudligi;
mavjud debitorlik va kreditorlik qarzlarning, kreditorlar roʻyxati koʻrsatilgan holdagi 2-kartotekaning mavjudligi;
korxonaning mansabdor shaxslari.
Bank hisob raqamlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida sudning tegishli qarori taqdim etilgan taqdirda banklar keyingi ish kunidan kechikmay xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisob raqamlarini yopadilar.
Bunda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yopilayotgan hisob raqamlaridagi mablagʻlar qoldiqlari foydalanish huquqisiz tijorat banklari tomonidan maxsus hisob raqamlariga oʻtkaziladi, xoʻjalik yurituvchi subyektning toʻlov uchun bankka taqdim etilgan kreditorlik qarzi esa koʻzda tutilmagan holatlar alohida hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar nomiga tushgan mablagʻlar ularning bankdagi hisob raqamlari yopilgandan keyin foydalanish huquqisiz maxsus hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Foydalanish huquqisiz maxsus hisob raqamlarida jamlangan mablagʻlar tijorat banklari tomonidan birinchi navbatda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning budjetdan va budjetdan tashqari fondlardan qarzini toʻlashga, qolgan summa esa — toʻlovlarning kalendar navbati boʻyicha ularning kreditorlik qarzini toʻlashga yoʻnaltiriladi.
(2.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
2.2. Soliq organi bank muassasasidan mazkur Nizomning 2.1-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar olingan kundan boshlab ikki hafta muddatda moliya-xoʻjalik faoliyatini soʻnggi olti oy mobaynida amalga oshirmagan korxonalarni (bank operatsiyalarini uch oy mobaynida amalga oshirmagan savdo, savdo-vositachi korxonalarni), shu jumladan:
Keyingi tahrirga qarang.
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyatini boshlamagan;
mol-mulkka ega boʻlmagan va (yoki) mol-mulkini aniqlash mumkin boʻlmagan (bundan keyin mol-mulki boʻlmagan korxonalar deb ataladi);
muassislari (qatnashchilari)ning turar joyini aniqlash, tugatish jarayoniga mazkur shaxslarni jalb qilishni taʼminlash imkoni boʻlmagan (bundan keyin muassislari bedarak boʻlgan korxonalar deb ataladi) korxonalarni aniqlaydi.
2.3. Qonunchilikda belgilangan muddatda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni aniqlash roʻyxatdan oʻtkazgan organ tomonidan amalga oshiriladi.
2.4. Soliq organlari, qonunchilikda belgilangan muddatlarda moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarning aniqlanishiga koʻra, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga mol-mulki boʻlmagan va (yoki) muassislari bedarak boʻlgan korxonalarni tugatish toʻgʻrisida taqdimnoma yuboradi.
Qolgan korxonalar boʻyicha korxonalarni tugatish boʻyicha tegishli hududiy maxsus komissiyaga korxonalar faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida soʻrovnomalar yuboriladi.
2.5. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ maxsus komissiyaga qonunchilikda belgilangan muddatda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalar faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboradi.
2.6. Maxsus komissiya korxona faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiq ekanligi yoxud maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida:
soliq organiga — qonunchilikda belgilangan muddatda moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan korxonalar boʻyicha;
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga – qonunchilikda belgilangan muddatda oʻz ustav jamgʻarmasini shakllantirmagan korxonalar boʻyicha bir hafta muddatda xulosa (qaror) yuborishga majburdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlariga muvofiq tashkil etilgan korxonalar boʻyicha xulosa maxsus komissiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
2.7. Maxsus komissiya tomonidan korxona faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda:
Oldingi tahrirga qarang.
moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar boʻyicha — protokol bilan moliya-xoʻjalik faoliyatini tiklash uchun muddat belgilanadi va nazorat qilib boriladi;
(2.7-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalar boʻyicha — ustav jamgʻarmasini shakllantirish uchun muddat belgilanadi va nazorat qilib boriladi.
2.8. Soliq organi, korxona faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida maxsus komissiya xulosasini olgan taqdirda uch kun muddatda uni korxonani tugatish toʻgʻrisidagi taqdimnoma bilan birga roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
2.9. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan (faoliyat koʻrsatmayotgan korxonalar) va qonunchilikda belgilangan muddatda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan sifatida tugatiladigan korxonalar reyestrini yuritadi.
2.10. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar faoliyat koʻrsatmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddat mobaynida ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalar reyestriga kiritilgan korxonalar toʻgʻrisida ular boʻyicha alohida hisob olib boruvchi tegishli statistika organlariga har oyda maʼlumotlar taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻrsatib oʻtilgan reyestrga ustav jamgʻarmasini qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida shakllantirmagan aksiyadorlik jamiyati shaklidagi korxona toʻgʻrisida yozuvlar kiritishda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bunday yozuvlar kiritilgan kundan boshlab bir hafta muddatda bu toʻgʻrida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi davlat vakolatli organini xabardor qiladi.
(2.10 - bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-dekabrdagi 284-sonli Qarori bilan xatboshi qoʻshilgan;— OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 523-modda)
III. KORXONALARNI TUGATISh TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
3.1. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatda oʻz ustav jamgʻarmasini shakllantirmagan korxonalar faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida soliq organining taqdimnomasini yoki maxsus komissiyaning xulosasini olgan kundan boshlab bir hafta muddatda muassislarga (qatnashchilarga) asoslarini koʻrsatgan holda yozma ravishda, korxonani ixtiyoriy tugatishni taklif etadi.
Agar korxona ikki hafta muddatda (aksiyadorlik jamiyati — bir oy muddatda) ixtiyoriy tugatishga kirishmagan yoxud korxona muassislari (qatnashchilar) ixtiyoriy tugatishni amalga oshirishni rad etgan, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan shaxslarni aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda, roʻyxatga oluvchi organ bir hafta muddatda xoʻjalik sudiga korxonani tugatish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasini belgilangan tartibda yuboradi.
Xoʻjalik sudi tomonidan korxonani tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda tugatish jarayoni uning topshirigʻiga koʻra maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
(3.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3.2. Korxonani tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan xoʻjalik sudi bu haqda korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organga, maxsus komissiyaga, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi davlat vakolatli organiga (agar korxona aksiyadorlik jamiyati boʻlsa) yozma ravishda xabar berishi shart. Buning asosida:
Keyingi tahrirga qarang.
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ yuridik shaxslarning davlat reyestriga korxona tugatish jarayonida ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi;
maxsus komissiya korxonani tugatishni amalga oshirishga kirishadi;
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi davlat vakolatli organi Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish Yagona davlat reyestriga tegishli yozuvlarni kiritadi.
(3.2 - band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-dekabrdagi 284-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 523-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3.5. Xoʻjalik sudining qarori kuchga kirgan vaqtdan boshlab korxona ishlarini boshqarish boʻyicha barcha vakolatlar maxsus komissiyaga oʻtadi.
(3.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3.6. Tugatish komissiyasi korxonaning pul mablagʻlarini bitta bankda soʻmlardagi yagona va valyutadagi yagona hisobvaraqlarida (maxsus hisobvaragʻi) jamlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Maxsus komissiyasi uch kun muddatda bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi toʻgʻrisida eʼlon berilishini tashkil etadi. Tugatish toʻgʻrisidagi eʼlonda yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi, kreditorlarning talablari koʻrsatilgan arizalarni qabul qilish muddati koʻrsatiladi, bu muddat mazkur eʼlon chiqarilgan vaqtdan boshlab ikki oydan kam boʻlmasligi kerak.
Maxsus komissiyasi:
kreditorlarni aniqlash chora-tadbirlarini koʻrishga va ularni yuridik shaxsning tugatilishi toʻgʻrisida xabardor qilishga;
debitorlik qarzlarni undirib olishga;
korxonaning mavjud mol-mulkini xatlovdan oʻtkazishga majbur.
Kreditorlar tomonidan talablar taqdim etish muddati tugagandan soʻng maxsus komissiyasi tugatilayotgan korxona mol-mulki tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, kreditorlar tomonidan qoʻyilgan talablar roʻyxati, shuningdek ularni koʻrib chiqish natijalari koʻrsatilgan oraliq tugatish balansi loyihasini tuzadi va kelishish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuboradi, unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
korxonani tugatish jarayoni boshlanganligi toʻgʻrisida matbuot organlarida berilgan eʼlonning nusxasi;
xizmat koʻrsatuvchi bankning tugatish hisobvaragʻida mablagʻlarning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi va mavjud kreditorlik qarzlari boʻyicha maʼlumotlar;
kreditorlar yozma ravishda xabardor qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar olingan vaqtdan boshlab uch kun mobaynida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ oraliq tugatish balansi loyihasiga rozilik berganligi yoki rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda rozilik berishni rad etganligi toʻgʻrisida yozma xabar berishi shart.
Oraliq tugatish balansi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgandan keyin maxsus komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
(3.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3.7. Tugatilayotgan korxona kreditorlariga pul mablagʻlari oraliq tugatish balansiga muvofiq, u tasdiqlangan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 56-moddasida belgilangan navbatga koʻra maxsus komissiyasi tomonidan toʻlanadi.
Agar tugatilayotgan korxonaning mavjud pul mablagʻlari kreditorlar talablarini qondirish uchun yetarli boʻlmasa maxsus komissiyasi korxonaning mol-mulkini qonunchilikda belgilangan tartibda sotadi.
(3.7-bandning birinchi va ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Moliya xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan tugatilayotgan korxonalarning mablagʻlari va mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda, ularning budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlanmagan qarzlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi taqdimnomasiga koʻra Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi qarori bilan hisobdan chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va budjetdan tashqari jamgʻarmalar ular tomonidan hisobdan chiqarilgan qarzdorlik summalarining alohida hisobini yuritadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlanmagan qarzlarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻygan tugatilayotgan korxonalar mansabdor shaxslariga nisbatan materiallar davlat soliq xizmati organlari va budjetdan tashqari jamgʻarmalar tomonidan aybdor shaxslarni qonun bilan belgilangan javobgarlikka tortish va davlatga yetkazilgan moddiy zararni qoplash uchun huquqni muhofaza qilish organlariga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3.8. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallangandan keyin maxsus komissiya kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tasdiqlovchi bank toʻlov hujjatlari nusxalarini ilova qilgan holda tugatish balansi loyihasini tuzadi va kelishish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuboradi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ hujjatlar olingan vaqtdan boshlab uch kun mobaynida tugatish balansi loyihasi kelishilganligi yoxud, rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda, kelishish rad etilganligi toʻgʻrisida yozma bildirishnoma berishi shart.
Tugatish balansi hududiy maxsus komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
(3.8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
3.9. Yuridik shaxsning kreditorlar talablari qondirilgandan va tugatish balansi tasdiqlangandan soʻng qolgan mol-mulki, qonunchilikda boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, uning ushbu mol-mulkka mulkiy huquqlarga yoki shu yuridik shaxsga nisbatan majburiy huquqqa ega boʻlgan muassislari (qatnashchilari)ga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3.10. Maxsus komissiyasi bankdagi tugatish hisobvaragʻini yopadi, ichki ishlar organlariga yoʻq qilish uchun muhr, burchakli va boshqa shtamplarni topshiradi, tegishli maʼlumotnomalar oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Korxonaning tovar belgisi mavjud boʻlsa maxsus komissiyasi tegishli organlarga korxonaning tugatilishi munosabati bilan tovar belgisining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani bekor qilish haqida xat joʻnatadi.
Maxsus komissiya tugatish ishlari tugallanganligini (qolgan mol-mulk taqsimotini hisobga olgan holda) protokol bilan rasmiylashtiradi.
(3.10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3.11. Korxonaning tugatish hujjatlari toʻliq paketi toʻplangandan soʻng maxsus komissiya tugatilayotgan korxonani yuridik shaxslarning Davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga murojaat qiladi.
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
bank muassasasining tugatish hisobvaragʻi yopilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomasi;
ichki ishlar organining korxonaning muhrlari va shtamplari yoʻq qilish uchun topshirilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
maxsus komissiyaning tugatish balansini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori, soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan tugatish balansini ilova qilgan holda;
soliq organining budjetdan va budjetdan tashqari jamgʻarmalardan qarzlarning mavjud emasligi yoki ularning hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
korxonaning hujjatlari Davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma.
(3.11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3.12. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar asosida uch kun muddatda korxonani uning tugatilishi munosabati bilan yuridik shaxslar davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va yuridik shaxslar davlat reyestriga bu haqda yozib qoʻyadi hamda Pensiya jamgʻarmasi, Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi, statistika organlari, soliq organiga xabar yuboradi, ular uch kun muddatda korxonani hisobdan chiqarishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar davlat reyestriga tugatish haqida yozib qoʻyilgandan soʻng korxonani tugatish yakunlangan, korxona esa mavjud emas deb hisoblanadi.
IV. DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZILGAN VAQTDAN BOShLAB MOLIYA-XOʻJALIK FAOLIYATINI AMALGA OShIRMAYOTGAN KORXONALARNI TUGATISh XUSUSIYATLARI
Oldingi tahrirga qarang.
4.1. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda korxonaning muassislari (qatnashchilari) yoki taʼsis hujjatlari bilan vakil qilingan organi yoxud hududiy maxsus komissiya quyidagi harakatlarni amalga oshiradilar:
(4.1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
korxonaning tugatilishi toʻgʻrisida matbuotda eʼlon beradilar;
bank muassasalaridagi foydalanish huquqini bermaydigan maxsus hisobvaragʻi hamda kutilmagan holatlar hisobvaragʻini yopadilar;
muhrlar va shtamplarni yoʻqotish uchun ichki ishlar organlariga topshiradilar;
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga korxonani davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4.2. Matbuotda korxonaning tugatilishi toʻgʻrisida eʼlon chiqqandan soʻng kamida bir oydan keyin quyidagi hujjatlar taqdim etilganda korxona roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan davlat reyestridan chiqarilishi mumkin:
korxonani uning tugatilishi munosabati bilan yuridik shaxslar davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisidagi ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
xoʻjalik sudining korxonani tugatish toʻgʻrisidagi qarori;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning;
(4.2-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4.2-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
bank muassasasining foydalanish huquqini bermaydigan maxsus hisobvaragʻi hamda kutilmagan holatlar hisobvaragʻi yopilganligini tasdiqlovchi hujjati;
tegishli ichki ishlar organining korxona muhrlari va shtamplari yoʻq qilish uchun topshirilganligini tasdiqlovchi hujjati;
Keyingi tahrirga qarang.
soliq organining korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
ommaviy axborot vositalarida korxonaning tugatilishi toʻgʻrisida eʼlon chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjat;
soliq organi tomonidan tasdiqlangan tugatish balansi;
hujjatlar Davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma.
Shundan keyin tugatish jarayoni mazkur Nizomning 3.12-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
V. MUASSISLARI BEDARAK BOʻLGAN KORXONALARNI TUGATISh XUSUSIYATLARI
5.1. Muassislari bedarak boʻlgan korxonalar boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar matbuotda ular tomonidan korxonalarni tugatish jarayonining boshlanishi toʻgʻrisida eʼlon beradilar hamda ayni paytda:
ichki ishlar organlariga — muassislar va mansabdor shaxslarni qidirish chora-tadbirlarini koʻrish;
mazkur korxonalarga xizmat koʻrsatuvchi bank muassasalariga — ularning bank hisobvaraqlarini belgilangan tartibda yopish uchun tegishli axborot yuboradilar.
5.2. Agar uch oydan soʻng muassislar (qatnashchilar) kelmasa yoki topilmasa, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bir hafta muddatda korxonani tugatish toʻgʻrisida xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5.3. Xoʻjalik sudi tomonidan korxonani tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda tugatish jarayoni uning topshirigʻiga koʻra hududiy maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Korxonani tugatish mazkur Nizomning 3.5 — 3.12 yoki 4.1 - 4.2-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5.4. Korxonani tugatish jarayoni tugallangandan soʻng qolgan mol-mulk tegishli organ tomonidan egasiz mol-mulk sifatida hisobga olinadi. Tugatish jarayoni tugallangandan soʻng qolgan pul mablagʻlari mavjud boʻlgan taqdirda maxsus komissiya ular hisobiga mol-mulk saqlanishini tashkil qiladi. Saqlash muddati tugatish jarayoni tugallangandan keyin uch yildan oshmasligi kerak. Pul mablagʻlari mavjud boʻlmaganda yoki uch yillik muddat mobaynida saqlash uchun sarflanib boʻlgan taqdirda, mol-mulk saqlanmaydi va sotib yuboriladi. Tushgan mablagʻlar, operatsiya xarajatlaridan tashqari, bankda ushbu maqsad uchun maxsus ochiladigan hisobvaraqqa oʻtkaziladi. Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar bedarak boʻlgan muassislar (qatnashchilar) mulki hisoblanadi va korxona tugatilgan vaqtdan kamida uch yildan soʻng mahalliy budjetga oʻtkazilishi kerak.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 46-47-son, 458-modda; 2007-y., 23-son, 237-modda; 2008-y., 52-son, 523-modda; 2012-y., 29-son, 339-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 2-son, 25-modda; 2015-y., 9-son, 100-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda, 20-son, 372-modda, 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)