Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2020 03.07.1999 yildagi 327-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2020
Hujjat 23.01.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MOLIYA-XOʻJALIK FAOLIYATINI AMALGA OShIRMAYOTGAN VA QONUNChILIKDA BELGILANGAN MUDDATLARDA OʻZLARINING USTAV JAMGʻARMALARINI ShAKLLANTIRMAGAN KORXONALARNI TUGATISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi hamda Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 28-iyundagi PF-2331-son Farmonini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan tugatilayotgan korxonalarning mablagʻlari va mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda, ularning budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlanmagan qarzlari davlat soliq xizmati organlari tomonidan umidsiz soliq qarzlarini hisobdan chiqarish uchun belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 9-son, 100-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va budjetdan tashqari jamgʻarmalar ular tomonidan hisobdan chiqarilgan qarzdorlik summalari alohida hisobga olinishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlanmagan qarzlarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻygan tugatilayotgan korxonalar mansabdor shaxslariga nisbatan materiallar davlat soliq xizmati organlari va budjetdan tashqari jamgʻarmalar tomonidan aybdor shaxslarni qonun bilan belgilangan javobgarlikka tortish va davlatga yetkazilgan moddiy zararni qoplash uchun huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonunchilikda belgilangan muddatda taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda oʻz ustav jamgʻarmasini shakllantirmagan korxonalar uni amalda shakllangan, lekin qonunchilikda belgilangan eng kam miqdordan kam boʻlmagan, miqdorgacha kamaytirishlari yoki belgilangan tartibda boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga qayta tashkil etilishlari mumkinligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar tomonidan mazkur talablar bajarilmaganda ularning tugatilishi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 10-iyundagi 298-son qarori bilan tasdiqlangan Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizomning 7-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xat boshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan tugatilayotgan korxonalarning budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi qarzlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi taqdimnomasiga koʻra hisobdan chiqarish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 3-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
327-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
3-iyuldagi 327-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Mazkur Nizom moliya-xoʻjalik faoliyatini olti oy mobaynida amalga oshirmayotgan korxonalarni (talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari boʻyicha uch oy mobaynida operatsiyalarni oʻtkazmagan savdo, savdo-vositachi korxonalarni), shuningdek qonunchilikda belgilangan muddatda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini belgilab beradi.
(1.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 293-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 372-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Mazkur Nizomda “moliya-xoʻjalik faoliyati” atamasi ostida korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish hamda buxgalteriya-moliya, hisob-kitob va tovarga ilova hujjatlarini yuritish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish faoliyati tushuniladi.
(1.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Korxonalarni tugatish uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona muassislari (qatnashchilari)ning qarori (ixtiyoriy tugatish);
(1.3-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy sud qarori asos boʻlib hisoblanadi.
(1.3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy korxonada yagona qatnashchi qolishi;
(1.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyuldagi 225-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 339-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonani ixtiyoriy tugatish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(1.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori asosida toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.31. Ushbu Nizom qoidalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar va kredit byurolarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarini, shu jumladan ularning yuridik shaxslar hisoblanadigan alohida boʻlinmalarini (vakolatxonalari va filiallarini), shuningdek xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan bankrot deb eʼlon qilingan korxonalarni tugatishda qoʻllanilmaydi.
(1.31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 293-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 372-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalar faoliyatini bundan buyon davom ettirishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani hal etish, shuningdek korxonalarni tugatish jarayonini iqtisodiy sudlar qarorlari boʻyicha amalga oshirish (ularning muassislari, qatnashchilari ularni tugatishga rozi boʻlmagan, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan shaxslar turar joyini aniqlash va ularni tugatish jarayoniga jalb etishni taʼminlash mumkin boʻlmagan holatlarda) tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalar (keyingi oʻrinlarda maxsus komissiya deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(1.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.5. Mazkur Nizom III boʻlimining amal qilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarga hamda muassislari (qatnashchilari)ning yoki ular tomonidan vakil qilingan organlarning turar joyini aniqlash mumkin boʻlmagan korxonalarga, IV va V boʻlimlarda nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda, joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. TUGATILADIGAN KORXONALARNI ANIQLASh VA HISOBGA OLISh TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Savdo va savdo-vositachi korxonalar tomonidan uch oy mobaynida, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar tomonidan esa — olti oy mobaynida bank hisob raqamlari boʻyicha pul operatsiyalarini oʻtkazgan holda moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmagan hollarda tijorat banklari uch kun muddatda u hisobga qoʻyilgan joydagi soliq xizmati organiga axborot taqdim etadi, axborotda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankda hisob raqami ochilgan va oxirgi operatsiya oʻtkazilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank hisob raqamlarida pul mablagʻlarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud debitorlik va kreditorlik qarzlarning, kreditorlar roʻyxati koʻrsatilgan holdagi 2-kartotekaning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning mansabdor shaxslari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank hisob raqamlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida sudning tegishli qarori taqdim etilgan taqdirda banklar keyingi ish kunidan kechikmay xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisob raqamlarini yopadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yopilayotgan hisob raqamlaridagi mablagʻlar qoldiqlari foydalanish huquqisiz tijorat banklari tomonidan maxsus hisob raqamlariga oʻtkaziladi, xoʻjalik yurituvchi subyektning toʻlov uchun bankka taqdim etilgan kreditorlik qarzi esa koʻzda tutilmagan holatlar alohida hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar nomiga tushgan mablagʻlar ularning bankdagi hisob raqamlari yopilgandan keyin foydalanish huquqisiz maxsus hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanish huquqisiz maxsus hisob raqamlarida jamlangan mablagʻlar tijorat banklari tomonidan birinchi navbatda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning budjetdan va budjetdan tashqari fondlardan qarzini toʻlashga, qolgan summa esa — toʻlovlarning kalendar navbati boʻyicha ularning kreditorlik qarzini toʻlashga yoʻnaltiriladi.
(2.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Soliq organi bank muassasasidan mazkur Nizomning 2.1-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar olingan kundan boshlab bir hafta muddatda moliya-xoʻjalik faoliyatini soʻnggi olti oy mobaynida amalga oshirmagan korxonalarni (bank operatsiyalarini uch oy mobaynida amalga oshirmagan savdo, savdo-vositachi korxonalarni), shu jumladan:
(2.2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 293-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 372-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyatini boshlamagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkka ega boʻlmagan va (yoki) mol-mulkini aniqlash mumkin boʻlmagan (bundan keyin mol-mulki boʻlmagan korxonalar deb ataladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassislari (qatnashchilari)ning turar joyini aniqlash, tugatish jarayoniga mazkur shaxslarni jalb qilishni taʼminlash imkoni boʻlmagan (bundan keyin muassislari bedarak boʻlgan korxonalar deb ataladi) korxonalarni aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Qonunchilikda belgilangan muddatda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni aniqlash roʻyxatdan oʻtkazgan organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. Soliq organlari, qonunchilikda belgilangan muddatlarda moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarning aniqlanishiga koʻra, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga mol-mulki boʻlmagan va (yoki) muassislari bedarak boʻlgan korxonalarni tugatish toʻgʻrisida taqdimnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolgan korxonalar boʻyicha korxonalarni tugatish boʻyicha tegishli hududiy maxsus komissiyaga korxonalar faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida soʻrovnomalar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.5. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ maxsus komissiyaga qonunchilikda belgilangan muddatda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalar faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.6. Maxsus komissiya korxona faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiq ekanligi yoxud maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organiga — qonunchilikda belgilangan muddatda moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan korxonalar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga – qonunchilikda belgilangan muddatda oʻz ustav jamgʻarmasini shakllantirmagan korxonalar boʻyicha bir hafta muddatda xulosa (qaror) yuborishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlariga muvofiq tashkil etilgan korxonalar boʻyicha xulosa maxsus komissiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.7. Maxsus komissiya tomonidan korxona faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar boʻyicha — protokol bilan moliya-xoʻjalik faoliyatini tiklash uchun muddat belgilanadi va nazorat qilib boriladi;
(2.7-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalar boʻyicha — ustav jamgʻarmasini shakllantirish uchun muddat belgilanadi va nazorat qilib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.8. Soliq organi maxsus komissiyaning mazkur Nizomning 2.6-bandida nazarda tutilgan xulosasini (qarorini) olgan kundan boshlab uch kun muddatda korxonalarning davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlarini aniqlaydi va:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar hamda davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlari boʻlmagan korxonalar boʻyicha — ularni tugatish toʻgʻrisidagi taqdimnomani va maxsus komissiya xulosasini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlanmagan qarzlari mavjud korxonalar boʻyicha — ularning soliq qarzlarini undiradi yoki umidsiz soliq qarzlari mavjud korxonalarni belgilangan tartibda hisobdan chiqarish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlanmagan qarzlar soliq xizmati organi tomonidan undirilsa, u holda soliq xizmati organi uch kun muddatda korxonani tugatish toʻgʻrisidagi taqdimnomani va maxsus komissiya xulosasini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuboradi.
(2.8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 293-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 372-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.9. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan (faoliyat koʻrsatmayotgan korxonalar) va qonunchilikda belgilangan muddatda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan sifatida tugatiladigan korxonalar reyestrini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.10. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar faoliyat koʻrsatmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddat mobaynida ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalar reyestriga kiritilgan korxonalar toʻgʻrisida ular boʻyicha alohida hisob olib boruvchi tegishli statistika organlariga har oyda maʼlumotlar taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan reyestrga ustav jamgʻarmasini qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida shakllantirmagan aksiyadorlik jamiyati shaklidagi korxona toʻgʻrisida yozuvlar kiritishda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bunday yozuvlar kiritilgan kundan boshlab bir hafta muddatda bu toʻgʻrida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi davlat vakolatli organini xabardor qiladi.
(2.10 - bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-dekabrdagi 284-sonli Qarori bilan xatboshi qoʻshilgan;— OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 523-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. KORXONALARNI TUGATISh TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatda oʻz ustav jamgʻarmasini shakllantirmagan korxonalar faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida soliq organining taqdimnomasini yoki maxsus komissiyaning xulosasini olgan kundan boshlab bir hafta muddatda muassislarga (qatnashchilarga) asoslarini koʻrsatgan holda yozma ravishda, korxonani ixtiyoriy tugatishni taklif etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar korxona ikki hafta muddatda (aksiyadorlik jamiyati — bir oy muddatda) ixtiyoriy tugatishga kirishmagan yoxud korxona muassislari (qatnashchilar) ixtiyoriy tugatishni amalga oshirishni rad etgan, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan shaxslarni aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda, roʻyxatga oluvchi organ bir hafta muddatda iqtisodiy sudga korxonani tugatish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasini belgilangan tartibda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy sud tomonidan korxonani tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda tugatish jarayoni uning topshirigʻiga koʻra maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
(3.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Korxonani tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan iqtisodiy sud bu haqda korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organga, maxsus komissiyaga, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi davlat vakolatli organiga (agar korxona aksiyadorlik jamiyati boʻlsa) yozma ravishda xabar berishi shart. Buning asosida:
(3.2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ yuridik shaxslarning davlat reyestriga korxona tugatish jarayonida ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus komissiya korxonani tugatishni amalga oshirishga kirishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi davlat vakolatli organi Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish Yagona davlat reyestriga tegishli yozuvlarni kiritadi.
(3.2 - band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-dekabrdagi 284-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 523-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5. Iqtisodiy sudning qarori kuchga kirgan vaqtdan boshlab korxona ishlarini boshqarish boʻyicha barcha vakolatlar maxsus komissiyaga oʻtadi.
(3.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6. Maxsus komissiya korxonaning pul mablagʻlarini milliy va xorijiy valyutadagi yagona hisobvaraqlarini (tugatish hisob raqamini) jamlash boʻyicha korxonaga xizmat koʻrsatuvchi bankka topshiriq yuboradi. Korxonaga xizmat koʻrsatuvchi bank bir hafta muddatda korxonaning pul mablagʻlarini milliy va xorijiy valyutadagi yagona hisobvaraqlarida jamlaydi va tugatish hisob raqamidagi qoldiqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda maxsus komissiyaga taqdim etadi.
(3.6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 293-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 372-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiyasi uch kun muddatda bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi toʻgʻrisida eʼlon berilishini tashkil etadi. Tugatish toʻgʻrisidagi eʼlonda yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi, kreditorlarning talablari koʻrsatilgan arizalarni qabul qilish muddati koʻrsatiladi, bu muddat mazkur eʼlon chiqarilgan vaqtdan boshlab ikki oydan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlarni aniqlash chora-tadbirlarini koʻrishga va ularni yuridik shaxsning tugatilishi toʻgʻrisida xabardor qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debitorlik qarzlarni undirib olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning mavjud mol-mulkini xatlovdan oʻtkazishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditorlar tomonidan talablar taqdim etish muddati tugagandan soʻng maxsus komissiyasi tugatilayotgan korxona mol-mulki tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, kreditorlar tomonidan qoʻyilgan talablar roʻyxati, shuningdek ularni koʻrib chiqish natijalari koʻrsatilgan oraliq tugatish balansi loyihasini tuzadi va kelishish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuboradi, unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonani tugatish jarayoni boshlanganligi toʻgʻrisida matbuot organlarida berilgan eʼlonning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi bankning tugatish hisobvaragʻida mablagʻlarning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi va mavjud kreditorlik qarzlari boʻyicha maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlar yozma ravishda xabardor qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar olingan vaqtdan boshlab uch kun mobaynida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ oraliq tugatish balansi loyihasiga rozilik berganligi yoki rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda rozilik berishni rad etganligi toʻgʻrisida yozma xabar berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oraliq tugatish balansi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgandan keyin maxsus komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
(3.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.7. Tugatilayotgan korxona kreditorlariga pul mablagʻlari oraliq tugatish balansiga muvofiq, u tasdiqlangan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 56-moddasida belgilangan navbatga koʻra maxsus komissiyasi tomonidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tugatilayotgan korxonaning mavjud pul mablagʻlari kreditorlar talablarini qondirish uchun yetarli boʻlmasa maxsus komissiyasi korxonaning mol-mulkini qonunchilikda belgilangan tartibda sotadi.
(3.7-bandning birinchi va ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan tugatilayotgan korxonalarning mablagʻlari va mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda, ularning budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlanmagan qarzlari davlat soliq xizmati organlari tomonidan umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish uchun belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
(3.7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 2-son, 25-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq inspeksiyalari hisobdan chiqarilgan umidsiz soliq qarzi summalarining hisobini yuritadi.
(3.7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 2-son, 25-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlanmagan qarzlarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻygan tugatilayotgan korxonalar mansabdor shaxslariga nisbatan materiallar davlat soliq xizmati organlari va budjetdan tashqari jamgʻarmalar tomonidan aybdor shaxslarni qonun bilan belgilangan javobgarlikka tortish va davlatga yetkazilgan moddiy zararni qoplash uchun huquqni muhofaza qilish organlariga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.8. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallangandan keyin maxsus komissiya kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tasdiqlovchi bank toʻlov hujjatlari nusxalarini ilova qilgan holda tugatish balansi loyihasini tuzadi va kelishish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ hujjatlar olingan vaqtdan boshlab uch kun mobaynida tugatish balansi loyihasi kelishilganligi yoxud, rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda, kelishish rad etilganligi toʻgʻrisida yozma bildirishnoma berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatish balansi hududiy maxsus komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
(3.8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.9. Yuridik shaxsning kreditorlar talablari qondirilgandan va tugatish balansi tasdiqlangandan soʻng qolgan mol-mulki, qonunchilikda boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, uning ushbu mol-mulkka mulkiy huquqlarga yoki shu yuridik shaxsga nisbatan majburiy huquqqa ega boʻlgan muassislari (qatnashchilari)ga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.10. Maxsus komissiya bankdagi tugatish hisob raqamini yopadi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani bekor qilish hamda muhrni, burchakli va boshqa shtamplarni yoʻq qilish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya tomonidan korxonaning muhri, burchakli va boshqa shtamplarini, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani topish imkoni mavjud boʻlmasa, ularning bekor qilinishi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon beradi va mazkur eʼlonni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonaning tovar belgisi mavjud boʻlsa maxsus komissiya tegishli organlarga korxonaning tugatilishi munosabati bilan tovar belgisining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani bekor qilish haqida xat joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya tugatish ishlari tugallanganligi toʻgʻrisidagi (qolgan mol-mulk taqsimotini hisobga olgan holda) protokolni rasmiylashtiradi va tasdiqlaydi.
(3.10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 293-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 372-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.11. Korxonaning tugatish hujjatlari toʻliq paketi toʻplangandan soʻng maxsus komissiya tugatilayotgan korxonani yuridik shaxslarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga murojaat qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organining davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlarning mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatish ishlari yakunlanganligi toʻgʻrisidagi Maxsus komissiya protokoli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona hujjatlarining Davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma.
(3.11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 293-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 372-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.12. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar asosida uch kun muddatda korxonani uning tugatilishi munosabati bilan yuridik shaxslar davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va yuridik shaxslar davlat reyestriga bu haqda yozib qoʻyadi hamda tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, korxonaga xizmat koʻrsatuvchi bankka, statistika va soliq organiga xabar yuboradi, ular korxonani bir ish kuni mobaynida hisobdan chiqarishlari shart.
(3.12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar davlat reyestriga tugatish haqida yozib qoʻyilgandan soʻng korxonani tugatish yakunlangan, korxona esa mavjud emas deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZILGAN VAQTDAN BOShLAB MOLIYA-XOʻJALIK FAOLIYATINI AMALGA OShIRMAYOTGAN KORXONALARNI TUGATISh XUSUSIYATLARI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda hududiy maxsus komissiya quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning tugatilishi toʻgʻrisida matbuotda eʼlon beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi bank hisobvaragʻini yopadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga korxonani davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi hamda agar, mavjud boʻlsa, yoʻq qilish uchun muhr va shtamplarni topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya tomonidan korxonaning muhri, burchakli va boshqa shtamplarini, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani topish imkoni mavjud boʻlmasa, ularning bekor qilinishi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon beradi va mazkur eʼlonni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etadi.
(4.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 293-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 372-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Matbuotda korxonaning tugatilishi toʻgʻrisida eʼlon chiqqandan soʻng kamida bir oydan keyin quyidagi hujjatlar taqdim etilganda korxona roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan davlat reyestridan chiqarilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonani uning tugatilishi munosabati bilan yuridik shaxslar davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisidagi ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy sudning korxonani tugatish toʻgʻrisidagi qarori;
(4.2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar mavjud boʻlsa — davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi bank hisobvaragʻi yopilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organining korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning tugatilishi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan keyin tugatish jarayoni mazkur Nizomning 3.12-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
(4.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 293-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 372-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. MUASSISLARI BEDARAK BOʻLGAN KORXONALARNI TUGATISh XUSUSIYATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Muassislari bedarak boʻlgan korxonalar boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar matbuotda ular tomonidan korxonalarni tugatish jarayonining boshlanishi toʻgʻrisida eʼlon beradilar hamda ayni paytda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlariga — muassislar va mansabdor shaxslarni qidirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur korxonalarga xizmat koʻrsatuvchi bank muassasalariga — ularning bank hisobvaraqlarini belgilangan tartibda yopish uchun tegishli axborot yuboradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Agar uch oydan soʻng muassislar (qatnashchilar) kelmasa yoki topilmasa, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bir hafta muddatda korxonani tugatish toʻgʻrisida iqtisodiy sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qiladi.
(5.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3. Iqtisodiy sud tomonidan korxonani tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda tugatish jarayoni uning topshirigʻiga koʻra hududiy maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Korxonani tugatish mazkur Nizomning 3.5 — 3.12 yoki 4.1 - 4.2-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(5.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.4. Korxonani tugatish jarayoni tugallangandan soʻng qolgan mol-mulk tegishli organ tomonidan egasiz mol-mulk sifatida hisobga olinadi. Tugatish jarayoni tugallangandan soʻng qolgan pul mablagʻlari mavjud boʻlgan taqdirda maxsus komissiya ular hisobiga mol-mulk saqlanishini tashkil qiladi. Saqlash muddati tugatish jarayoni tugallangandan keyin uch yildan oshmasligi kerak. Pul mablagʻlari mavjud boʻlmaganda yoki uch yillik muddat mobaynida saqlash uchun sarflanib boʻlgan taqdirda, mol-mulk saqlanmaydi va sotib yuboriladi. Tushgan mablagʻlar, operatsiya xarajatlaridan tashqari, bankda ushbu maqsad uchun maxsus ochiladigan hisobvaraqqa oʻtkaziladi. Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar bedarak boʻlgan muassislar (qatnashchilar) mulki hisoblanadi va korxona tugatilgan vaqtdan kamida uch yildan soʻng mahalliy budjetga oʻtkazilishi kerak.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 46-47-son, 458-modda; 2007-y., 23-son, 237-modda; 2008-y., 52-son, 523-modda; 2012-y., 29-son, 339-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 2-son, 25-modda; 2015-y., 9-son, 100-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda, 20-son, 372-modda, 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)