Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MOLIYA-XOʻJALIK FAOLIYATINI AMALGA OShIRMAYOTGAN VA QONUNChILIKDA BELGILANGAN MUDDATLARDA OʻZLARINING USTAV JAMGʻARMALARINI ShAKLLANTIRMAGAN KORXONALARNI TUGATISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi hamda Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 28-iyundagi PF-2331-son Farmonini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan tugatilayotgan korxonalarning mablagʻlari va mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda, ularning budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlanmagan qarzlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi taqdimnomasiga koʻra Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi qarori bilan hisobdan chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va budjetdan tashqari jamgʻarmalar ular tomonidan hisobdan chiqarilgan qarzdorlik summalari alohida hisobga olinishini taʼminlasinlar.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlanmagan qarzlarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻygan tugatilayotgan korxonalar mansabdor shaxslariga nisbatan materiallar davlat soliq xizmati organlari va budjetdan tashqari jamgʻarmalar tomonidan aybdor shaxslarni qonun bilan belgilangan javobgarlikka tortish va davlatga yetkazilgan moddiy zararni qoplash uchun huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda beriladi.
3. Qonunchilikda belgilangan muddatda taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda oʻz ustav jamgʻarmasini shakllantirmagan korxonalar uni amalda shakllangan, lekin qonunchilikda belgilangan eng kam miqdordan kam boʻlmagan, miqdorgacha kamaytirishlari yoki belgilangan tartibda boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga qayta tashkil etilishlari mumkinligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Korxonalar tomonidan mazkur talablar bajarilmaganda ularning tugatilishi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi 1999-yilning ikkinchi yarim yilligidan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarning maxsus hisobini joriy etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 10-iyundagi 298-son qarori bilan tasdiqlangan Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizomning 7-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xat boshi bilan toʻldirilsin:
“Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan tugatilayotgan korxonalarning budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi qarzlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi taqdimnomasiga koʻra hisobdan chiqarish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish”.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 3-iyul,
327-son
Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Mazkur Nizom moliya-xoʻjalik faoliyatini olti oy mobaynida amalga oshirmayotgan korxonalarni (bank hisobvaraqlari boʻyicha uch oy mobaynida operatsiyalarni oʻtkazmagan savdo, savdo-vositachi korxonalarni), shuningdek qonunchilikda belgilangan muddatda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini belgilab beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.2. Mazkur Nizomda “moliya-xoʻjalik faoliyati” atamasi ostida korxonalarning buxgalteriya-moliya, hisob-kitob, tovarga ilova qilinadigan va statistika hujjatlarni yuritgan holda mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlarni amalga oshirish va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslar bilan, shu jumladan moliya, soliq, bank, bojxona va boshqa organlar va muassasalar bilan oʻzaro munosabatlari tizimi tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.3. Korxonalarni tugatish uchun:
korxonaning muassislari (qatnashchilari) yoxud taʼsis hujjatlarida vakil qilingan organi qarori;
Keyingi tahrirga qarang.
xoʻjalik sudi qarori asos boʻlib hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1.4. Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalar faoliyatini bundan buyon davom ettirishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani hal etish, shuningdek korxonalarni tugatish jarayonini xoʻjalik sudlari qarorlari boʻyicha amalga oshirish (ularning muassislari, qatnashchilari yoki taʼsis hujjatlarida vakil qilingan organlar ularni tugatishga rozi boʻlmagan, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan shaxslar va organlarning turar joyini aniqlash va ularni tugatish jarayoniga jalb etishni taʼminlash mumkin boʻlmagan hollarda):
adliya organlari tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan korxonalar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalar tomonidan;
shaharlar, tumanlar hokimliklari tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan korxonalar boʻyicha — ushbu hokimliklar huzuridagi komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.5. Mazkur Nizom III boʻlimining amal qilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarga hamda muassislari (qatnashchilari)ning yoki ular tomonidan vakil qilingan organlarning turar joyini aniqlash mumkin boʻlmagan korxonalarga, IV va V boʻlimlarda nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda, joriy etiladi.
II. TUGATILADIGAN KORXONALARNI ANIQLASh VA HISOBGA OLISh TARTIBI
2.1. Savdo va savdo-vositachi korxonalar tomonidan uch oy mobaynida, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar tomonidan esa olti oy mobaynida bank hisobvaraqlari boʻyicha pul operatsiyalarini oʻtkazgan holda moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmagan hollarda tijorat banklari:
koʻrsatib oʻtilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlarini yopadi;
xoʻjalik yurituvchi subyektning hisobvaragʻi yopilgan sanadan boshlab uch kun muddatda u hisobga qoʻyilgan joydagi soliq xizmati organiga axborot taqdim etadi, axborotda quyidagilar koʻrsatiladi:
bankda hisobvaragʻi ochilgan yoki oxirgi operatsiya oʻtkazilgan sana;
bank hisobvaraqlarida pul mablagʻlarining mavjudligi;
mavjud debitorlik va kreditorlik qarzlar, 2-kartotekaning mavjudligi, kreditorlar roʻyxatini koʻrsatgan holda;
korxonaning mansabdor shaxslari.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yopilayotgan hisobvaraqlaridagi mablagʻlar qoldigʻi tijorat banklari tomonidan foydalanish huquqini bermaydigan maxsus hisobvaraqlarga, xoʻjalik yurituvchi subyektning toʻlash uchun bankka taqdim etilgan kreditorlik qarzi esa kutilmagan holatlarning alohida hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar nomiga ularning bank hisobvaraqlari yopilgandan keyin kelib tushadigan mablagʻlar foydalanish huquqini bermaydigan maxsus hisobvaraqlarga oʻtkaziladi.
Foydalanish huquqini bermaydigan maxsus hisobvaraqlarda toʻplangan mablagʻlar tijorat banklari tomonidan birinchi navbatda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi qarzlarini uzishga, qolgan summa esa toʻlovlarning kalendar navbati boʻyicha ularning kreditorlik qarzlarini uzishga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2.2. Soliq organi bank muassasasidan mazkur Nizomning 2.1-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar olingan kundan boshlab ikki hafta muddatda moliya-xoʻjalik faoliyatini soʻnggi olti oy mobaynida amalga oshirmagan korxonalarni (bank operatsiyalarini uch oy mobaynida amalga oshirmagan savdo, savdo-vositachi korxonalarni), shu jumladan:
Keyingi tahrirga qarang.
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyatini boshlamagan;
mol-mulkka ega boʻlmagan va (yoki) mol-mulkini aniqlash mumkin boʻlmagan (bundan keyin mol-mulki boʻlmagan korxonalar deb ataladi);
muassislari (qatnashchilari)ning turar joyini aniqlash, tugatish jarayoniga mazkur shaxslarni jalb qilishni taʼminlash imkoni boʻlmagan (bundan keyin muassislari bedarak boʻlgan korxonalar deb ataladi) korxonalarni aniqlaydi.
2.3. Qonunchilikda belgilangan muddatda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni aniqlash roʻyxatdan oʻtkazgan organ tomonidan amalga oshiriladi.
2.4. Soliq organlari, qonunchilikda belgilangan muddatlarda moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarning aniqlanishiga koʻra, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga mol-mulki boʻlmagan va (yoki) muassislari bedarak boʻlgan korxonalarni tugatish toʻgʻrisida taqdimnoma yuboradi.
Qolgan korxonalar boʻyicha korxonalarni tugatish boʻyicha tegishli hududiy maxsus komissiyaga korxonalar faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida soʻrovnomalar yuboriladi.
2.5. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ maxsus komissiyaga qonunchilikda belgilangan muddatda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalar faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboradi.
2.6. Maxsus komissiya korxona faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiq ekanligi yoxud maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida:
soliq organiga — qonunchilikda belgilangan muddatda moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan korxonalar boʻyicha;
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga – qonunchilikda belgilangan muddatda oʻz ustav jamgʻarmasini shakllantirmagan korxonalar boʻyicha bir hafta muddatda xulosa (qaror) yuborishga majburdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlariga muvofiq tashkil etilgan korxonalar boʻyicha xulosa maxsus komissiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
2.7. Maxsus komissiya tomonidan korxona faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda:
moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar boʻyicha — protokol bilan moliya-xoʻjalik faoliyatini tiklash uchun muddat belgilanadi va nazorat qilib boriladi, shuningdek bankka xoʻjalik yurituvchi subyektning yopilgan hisobvaraqlarini tiklash toʻgʻrisida tegishli xat yuboriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalar boʻyicha — ustav jamgʻarmasini shakllantirish uchun muddat belgilanadi va nazorat qilib boriladi.
2.8. Soliq organi, korxona faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida maxsus komissiya xulosasini olgan taqdirda uch kun muddatda uni korxonani tugatish toʻgʻrisidagi taqdimnoma bilan birga roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
2.9. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan (faoliyat koʻrsatmayotgan korxonalar) va qonunchilikda belgilangan muddatda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan sifatida tugatiladigan korxonalar reyestrini yuritadi.
2.10. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar faoliyat koʻrsatmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddat mobaynida ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalar reyestriga kiritilgan korxonalar toʻgʻrisida ular boʻyicha alohida hisob olib boruvchi tegishli statistika organlariga har oyda maʼlumotlar taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. KORXONALARNI TUGATISh TARTIBI
3.1. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatda oʻz ustav jamgʻarmasini shakllantirmagan korxonalar faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida soliq organining taqdimnomasini yoki maxsus komissiyaning xulosasini olgan kundan boshlab bir hafta muddatda muassislarga (qatnashchilarga) yoki taʼsis hujjatlari bilan vakil qilingan organlarga, asoslarini koʻrsatgan holda yozma ravishda, korxonani ixtiyoriy tugatishni taklif etadi.
Korxona ikki hafta muddatda (aksiyadorlik jamiyati — bir oy muddatda) ixtiyoriy ravishda oʻzini tugatishga kirishmagan yoxud muassislar (qatnashchilar) yoki taʼsis hujjatlari bilan vakil qilingan organ korxonani ixtiyoriy ravishda tugatishni rad etgan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ korxonani tugatish toʻgʻrisida xoʻjalik sudiga bir hafta muddatda, belgilangan tartibda daʼvo arizasi yuboradi.
Xoʻjalik sudi tomonidan korxonani tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda tugatish jarayoni uning topshirigʻiga koʻra muassislar (qatnashchilar) yoki taʼsis hujjatlari bilan vakil qilingan organ yoxud maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3.2. Korxonani tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan korxonaning muassislari (qatnashchilari) yoki taʼsis hujjatlari bilan vakil qilingan organi yoxud xoʻjalik sudi bu haqda korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organga yozma ravishda xabar berishlari shart. Shuning asosida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ yuridik shaxslar davlat reyestriga korxonaning tugatish jarayonida ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yozib qoʻyadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3.3 Korxonani ixtiyoriy ravishda tugatish haqida qaror qabul qilgan yoki korxonani tugatish vazifasi ularga sud qarori bilan yuklangan korxonaning muassislari (qatnashchilari) yoki taʼsis hujjatlari bilan vakil qilingan organi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga tugatishni amalga oshirish tartibi va muddatlarini koʻrsatgan holda uni tugatish toʻgʻrisidagi qarorni taqdim etadilar. Korxonani tugatish vazifasi sud qarori bilan korxonaning muassislariga (qatnashchilariga) yoki taʼsis hujjatlari bilan vakil qilingan organiga yuklangan taqdirda ular roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga tugatish komissiyasi aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ham taqdim etadilar.
Davlat korxonaning muassisi (qatnashchisi) hisoblangan taqdirda tugatish komissiyasi tarkibiga davlat mulkini tasarruf etish vakolati berilgan organ vakili kiritiladi.
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar olingan paytdan boshlab uch kun mobaynida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tugatish komissiyasi tarkibiga rozilik berganligi yoki rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda rozilik berishni rad etganligi toʻgʻrisida yozma xabar berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
3.4. Korxonaning muassislari (qatnashchilari) yoki taʼsis hujjatlari bilan vakil qilingan organlari korxonani ixtiyoriy ravishda tugatishga rozilik bermagan, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan shaxslarni aniqlash va tugatish jarayoniga jalb etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda tugatish komissiyasi funksiyalarini bajarish hududiy maxsus komissiyaga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3.5. Tugatish komissiyasi tayinlangan vaqtdan boshlab korxona ishlarini boshqarish boʻyicha barcha vakolatlar unga oʻtadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3.6. Tugatish komissiyasi korxonaning pul mablagʻlarini bitta bankda soʻmlardagi yagona va valyutadagi yagona hisobvaraqlarida (tugatish hisobvaragʻi) jamlaydi.
Tugatish komissiyasi uch kun muddatda matbuot organlarida korxonaning tugatilishi toʻgʻrisida eʼlon beradi. Tugatish toʻgʻrisidagi eʼlonda yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi, kreditorlarning talablari koʻrsatilgan arizalarni qabul qilish muddati koʻrsatiladi, bu muddat mazkur eʼlon chiqarilgan vaqtdan boshlab ikki oydan kam boʻlmasligi kerak.
Tugatish komissiyasi:
kreditorlarni aniqlash chora-tadbirlarini koʻrishga va ularni yuridik shaxsning tugatilishi toʻgʻrisida xabardor qilishga;
debitorlik qarzlarni undirib olishga;
korxonaning mavjud mol-mulkini xatlovdan oʻtkazishga majbur.
Kreditorlar tomonidan talablar taqdim etish muddati tugagandan soʻng tugatish komissiyasi tugatilayotgan korxona mol-mulki tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, kreditorlar tomonidan qoʻyilgan talablar roʻyxati, shuningdek ularni koʻrib chiqish natijalari koʻrsatilgan oraliq tugatish balansini tuzadi va kelishish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuboradi, unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
korxonani tugatish jarayoni boshlanganligi toʻgʻrisida matbuot organlarida berilgan eʼlonning nusxasi;
xizmat koʻrsatuvchi bankning tugatish hisobvaragʻida mablagʻlarning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi va mavjud kreditorlik qarzlari boʻyicha maʼlumotlar;
kreditorlar yozma ravishda xabardor qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar olingan vaqtdan boshlab uch kun mobaynida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ oraliq tugatish balansiga rozilik berganligi yoki rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda rozilik berishni rad etganligi toʻgʻrisida yozma xabar berishi shart.
Oraliq tugatish balansi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgandan soʻng tugatish komissiyasi (tugatuvchi) tomonidan tasdiqlash uchun korxonaning muassislari (qatnashchilari)ga yoki taʼsis hujjatlari bilan vakil qilingan organiga taqdim etiladi. Korxona maxsus komissiya tomonidan tugatilgan taqdirda oraliq tugatish balansi mazkur komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3.7. Tugatilayotgan korxona kreditorlariga pul mablagʻlari oraliq tugatish balansiga muvofiq, u tasdiqlangan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 56-moddasida belgilangan navbatga koʻra tugatish komissiyasi tomonidan toʻlanadi.
Agar tugatilayotgan korxonaning mavjud pul mablagʻlari kreditorlar talablarini qondirish uchun yetarli boʻlmasa tugatish komissiyasi korxonaning mol-mulkini qonunchilikda belgilangan tartibda sotadi.
Moliya xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan tugatilayotgan korxonalarning mablagʻlari va mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda, ularning budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlanmagan qarzlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi taqdimnomasiga koʻra Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi qarori bilan hisobdan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va budjetdan tashqari jamgʻarmalar ular tomonidan hisobdan chiqarilgan qarzdorlik summalarining alohida hisobini yuritadilar.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlanmagan qarzlarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻygan tugatilayotgan korxonalar mansabdor shaxslariga nisbatan materiallar davlat soliq xizmati organlari va budjetdan tashqari jamgʻarmalar tomonidan aybdor shaxslarni qonun bilan belgilangan javobgarlikka tortish va davlatga yetkazilgan moddiy zararni qoplash uchun huquqni muhofaza qilish organlariga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3.8. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar yakunlangandan soʻng tugatish komissiyasi tugatish balansini tuzadi va unga kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganligini tasdiqlovchi bank toʻlov hujjatlarini ilova qilgan holda kelishish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuboradi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ hujjatlar olingan vaqtdan boshlab uch kun mobaynida tugatish balansiga rozilik berganligi yoki rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda rozilik berishni rad etganligi toʻgʻrisida yozma xabar berishi shart.
Tugatish balansi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgandan soʻng korxonaning muassislari (qatnashchilari) yoki taʼsis hujjatlari bilan vakil qilingan organi yoxud hududiy maxsus komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3.9. Yuridik shaxsning kreditorlar talablari qondirilgandan va tugatish balansi tasdiqlangandan soʻng qolgan mol-mulki, qonunchilikda boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, uning ushbu mol-mulkka mulkiy huquqlarga yoki shu yuridik shaxsga nisbatan majburiy huquqqa ega boʻlgan muassislari (qatnashchilari)ga beriladi.
3.10. Tugatish komissiyasi bankdagi tugatish hisobvaragʻini yopadi, ichki ishlar organlariga yoʻq qilish uchun muhr, burchakli va boshqa shtamplarni topshiradi, tegishli maʼlumotnomalar oladi.
Korxonaning tovar belgisi mavjud boʻlsa tugatish komissiyasi tegishli organlarga korxonaning tugatilishi munosabati bilan tovar belgisining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani bekor qilish haqida xat joʻnatadi.
Tugatish jarayonining yakunlanganligini (qolgan mol-mulkning boʻlinishini hisobga olgan holda) tugatish komissiyasi protokol bilan rasmiylashtiradi, u korxonaning muassislari (qatnashchilari) yoki taʼsis hujjatlari bilan vakil qilingan organi tomonidan tasdiqlanadi. Korxona hududiy maxsus komissiya tomonidan tugatilgan taqdirda protokol komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3.11. Tugatish hujjatlarining toʻliq paketi toʻplangandan soʻng korxonaning muassislari (qatnashchilari) yoki taʼsis hujjatlari bilan vakil qilingan organi yoxud hududiy maxsus komissiya tugatilayotgan korxonani yuridik shaxslar davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga murojaat qiladilar:
roʻyxatdan oʻtkazilgan taʼsis hujjatlarining asl nusxalari va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
bank muassasasining tugatish hisobvaragʻi yopilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomasi;
ichki ishlar organining korxonaning muhrlari va shtamplari yoʻq qilish uchun topshirilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomasi;
tovar belgisi (u mavjud boʻlgan taqdirda) bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjat;
korxonaning muassislari (qatnashchilari) yoki taʼsis hujjatlari bilan vakil qilingan organi yoxud maxsus komissiyaning tugatish balansini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori, soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan tugatish balansini ilova qilgan holda;
soliq organining budjetdan va budjetdan tashqari jamgʻarmalardan qarzlarning mavjud emasligi yoki ularning hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
korxonaning hujjatlari Davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma.
Keyingi tahrirga qarang.
3.12. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar asosida uch kun muddatda korxonani uning tugatilishi munosabati bilan yuridik shaxslar davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va yuridik shaxslar davlat reyestriga bu haqda yozib qoʻyadi hamda Pensiya jamgʻarmasi, Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi, statistika organlari, soliq organiga xabar yuboradi, ular uch kun muddatda korxonani hisobdan chiqarishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar davlat reyestriga tugatish haqida yozib qoʻyilgandan soʻng korxonani tugatish yakunlangan, korxona esa mavjud emas deb hisoblanadi.
IV. DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZILGAN VAQTDAN BOShLAB MOLIYA-XOʻJALIK FAOLIYATINI AMALGA OShIRMAYOTGAN KORXONALARNI TUGATISh XUSUSIYATLARI
4.1. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda korxonaning muassislari (qatnashchilari) yoki taʼsis hujjatlari bilan vakil qilingan organi yoxud hududiy maxsus komissiya quyidagi harakatlarni amalga oshiradilar:
Keyingi tahrirga qarang.
korxonaning tugatilishi toʻgʻrisida matbuotda eʼlon beradilar;
bank muassasalaridagi foydalanish huquqini bermaydigan maxsus hisobvaragʻi hamda kutilmagan holatlar hisobvaragʻini yopadilar;
muhrlar va shtamplarni yoʻqotish uchun ichki ishlar organlariga topshiradilar;
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga korxonani davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4.2. Matbuotda korxonaning tugatilishi toʻgʻrisida eʼlon chiqqandan soʻng kamida bir oydan keyin quyidagi hujjatlar taqdim etilganda korxona roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan davlat reyestridan chiqarilishi mumkin:
korxonani uning tugatilishi munosabati bilan yuridik shaxslar davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisidagi ariza;
korxonaning muassislari (qatnashchilari) yoki taʼsis hujjatlari bilan vakil qilingan organi yoxud xoʻjalik sudining korxonani tugatish toʻgʻrisidagi qarori;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
roʻyxatdan oʻtkazilgan taʼsis hujjatlarining asl nusxalari;
Keyingi tahrirga qarang.
bank muassasasining foydalanish huquqini bermaydigan maxsus hisobvaragʻi hamda kutilmagan holatlar hisobvaragʻi yopilganligini tasdiqlovchi hujjati;
tegishli ichki ishlar organining korxona muhrlari va shtamplari yoʻq qilish uchun topshirilganligini tasdiqlovchi hujjati;
Keyingi tahrirga qarang.
soliq organining korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
ommaviy axborot vositalarida korxonaning tugatilishi toʻgʻrisida eʼlon chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjat;
soliq organi tomonidan tasdiqlangan tugatish balansi;
hujjatlar Davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma.
Shundan keyin tugatish jarayoni mazkur Nizomning 3.12-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
V. MUASSISLARI BEDARAK BOʻLGAN KORXONALARNI TUGATISh XUSUSIYATLARI
5.1. Muassislari bedarak boʻlgan korxonalar boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar matbuotda ular tomonidan korxonalarni tugatish jarayonining boshlanishi toʻgʻrisida eʼlon beradilar hamda ayni paytda:
ichki ishlar organlariga — muassislar va mansabdor shaxslarni qidirish chora-tadbirlarini koʻrish;
mazkur korxonalarga xizmat koʻrsatuvchi bank muassasalariga — ularning bank hisobvaraqlarini belgilangan tartibda yopish uchun tegishli axborot yuboradilar.
5.2. Agar uch oydan soʻng muassislar (qatnashchilar) kelmasa yoki topilmasa, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bir hafta muddatda korxonani tugatish toʻgʻrisida xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5.3. Xoʻjalik sudi tomonidan korxonani tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda tugatish jarayoni uning topshirigʻiga koʻra hududiy maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Korxonani tugatish mazkur Nizomning 3.5 — 3.12 yoki 4.1 - 4.2-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5.4. Korxonani tugatish jarayoni tugallangandan soʻng qolgan mol-mulk tegishli organ tomonidan egasiz mol-mulk sifatida hisobga olinadi. Tugatish jarayoni tugallangandan soʻng qolgan pul mablagʻlari mavjud boʻlgan taqdirda maxsus komissiya ular hisobiga mol-mulk saqlanishini tashkil qiladi. Saqlash muddati tugatish jarayoni tugallangandan keyin uch yildan oshmasligi kerak. Pul mablagʻlari mavjud boʻlmaganda yoki uch yillik muddat mobaynida saqlash uchun sarflanib boʻlgan taqdirda, mol-mulk saqlanmaydi va sotib yuboriladi. Tushgan mablagʻlar, operatsiya xarajatlaridan tashqari, bankda ushbu maqsad uchun maxsus ochiladigan hisobvaraqqa oʻtkaziladi. Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar bedarak boʻlgan muassislar (qatnashchilar) mulki hisoblanadi va korxona tugatilgan vaqtdan kamida uch yildan soʻng mahalliy budjetga oʻtkazilishi kerak.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 46-47-son, 458-modda; 2007-y., 23-son, 237-modda; 2008-y., 52-son, 523-modda; 2012-y., 29-son, 339-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 2-son, 25-modda; 2015-y., 9-son, 100-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda, 20-son, 372-modda, 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)