Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2016 — 2020-yillarda charm-poyabzal sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlarni davom ettirish, charm-poyabzal sanoatini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, teri xom ashyosini chuqur qayta ishlash asosida eksportga yoʻnaltirilgan yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlari hamda turlarini koʻpaytirish, shu maqsadda xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida:
1. 2016 — 2020-yillarda teri xom ashyosini chuqur qayta ishlash negizida tashqi bozorlarda talab qilinadigan yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish topshiriqlari 1-ilovaga* muvofiq belgilansin.
“Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, boshqa aksiyadorlik jamiyatlari va korxonalar rahbarlari — masʼul bajaruvchilar zimmasiga 1-ilovada nazarda tutilgan teri xom ashyosini chuqur qayta ishlash negizida tashqi bozorlarda talab qilinadigan tayyor charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha topshiriqlar belgilangan muddatlarda sifatli va toʻliq hajmda bajarilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. 2016 — 2020-yillarda teri xom ashyosini chuqur qayta ishlash negizida eksportga yoʻnaltirilgan yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda bir oy muddatda 2-ilovada koʻrsatilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallarini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, ularda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazishning aniq muddatlari, zamonaviy texnologik talablarga javob beradigan ilgʻor texnologiyalarni tanlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish, quvvatlarni belgilangan muddatlarda ishga tushirish nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-2998-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 22-son, 419-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari boshqa aksiyadorlik jamiyatlari va korxonalar — 2-ilovaga kiritilgan investitsiya loyihalarining masʼul bajaruvchilari bilan birgalikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalarga ega boʻlgan hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tashqi bozorlarga olib chiqilishini kafolatlaydigan xorijiy kompaniyalarni keng koʻlamda jalb etish yuzasidan kompleks chora- tadbirlarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va amalga oshirilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda ushbu qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan investitsiya loyihalari, ularni moliyalashtirish hajmlari va manbalari aniqlashtirilgan holda belgilangan tartibda unga kiritilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
8. Respublikada ishlab chiqarilmaydigan, ushbu qaror bilan maʼqullangan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha chetdan keltiriladigan texnologik uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar 2021-yilning 1-yanvariga qadar muddatda bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilinsin (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno).
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 15-sentabr,
PQ-2592-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 2-son, 29-modda, 22-son, 419-modda; 14.07.2018-y., 06/18/5477/1505-son)