Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
1. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 14-noyabr,
387-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish
QOIDALARI
I bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Qoidalar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (keyingi oʻrinlarda FHDY organlari deb ataladi), shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yigʻinlari (keyingi oʻrinlarda fuqarolar yigʻini deb ataladi) raislari (oqsoqollari) va Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Quyidagilar FHDY organlari hisoblanadi:
tumanlar va shaharlar FHDY boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda FHDY boʻlimlari deb ataladi), shuningdek, tuman va shahar hokimliklarining nikoh uylari;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalarining (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) FHDY arxivlari (keyingi oʻrinlarda Agentlik boshqarmalarining FHDY arxivlari deb ataladi).
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
2. FHDY organlari, fuqarolar yigʻinlari va Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishga doir oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga, ushbu Qoidalarga hamda FHDY organlari faoliyatiga taalluqli boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. FHDY organlari va nikoh uylarining faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularning xodimlarini mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tuman (shahar) hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
FHDY boʻlimlarining huquqni qoʻllash amaliyotini muvofiqlashtirish, faoliyatini metodik taʼminlash, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimini yuritish va FHDY arxivlariga rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi (keyingi oʻrinlarda Agentlikning boshqarmalari deb ataladi).
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
FHDY organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi FHDY organlarini, Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalarini va fuqarolar yigʻinlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan namunalar boʻyicha, qatʼiy hisobda turuvchi gerbli guvohnomalar blankalari bilan taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. FHDY organlari va Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari va fuqarolar yigʻinlari fuqarolik holati dalolatnomalarining yozuv blankalari va boshqa hujjatlar bilan tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda adliya boshqarmalari deb ataladi), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. FHDY organlari yozuvlarni tuzish orqali quyidagi fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etadi:
tugʻilganlik;
nikoh tuzish;
nikohdan ajralish;
oʻlim.
Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari (keyingi oʻrinlarda dalolatnoma yozuvlari deb ataladi) davlat ahamiyatiga molik hujjatlar hisoblanadi, ikki nusxada tuziladi va FHDY organlarida qayd etilgan vaqtdan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi.
Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish, jinsni oʻzgartirish kabi voqea va faktlar yuqorida sanab oʻtilgan fuqarolik holatlari dalolatnomalarida ularga tegishli oʻzgartirishlar kiritish orqali aks ettiriladi.
6. Fuqarolar yigʻinlari oʻlimni fuqarolik holati dalolatnomasi yozish yoʻli bilan amalga oshiradi.
Bunda fuqarolar yigʻinlari tomonidan shaxsi aniqlanmagan va sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilingan shaxslarning oʻlimini qayd etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. Oʻzbekiston Respublikasining chet elda yashovchi fuqarolariga nisbatan mazkur Qoidalarning 5-bandida koʻrsatilgan harakatlarni Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari amalga oshiradi.
Konsul Oʻzbekiston Respublikasining chet elda doimiy yoki vaqtincha yashovchi fuqarolaridan, fuqarolik holatini Oʻzbekiston Respublikasida qayd ettirgan xorijiy davlatlarning fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish, dalolatnoma yozuvlarini tiklash, shuningdek familiyasi, ismi va otasining ismini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizalarni tegishli hujjatlar bilan birga qabul qilib oladi va ushbu hujjatlarni vakolatli organlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi.
Fuqarolik holati dalolatnomasini qayd ettirish masalasida konsulga murojaat etgan shaxslardan biri Oʻzbekiston fuqarosi, ikkinchisi esa chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlgan hollarda fuqarolik holati dalolatnomasini qayd etish, agar Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi faoliyat koʻrsatayotgan davlatning qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalar yoki bitimlarga zid boʻlmasagina amalga oshiriladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan shartnomada Oʻzbekiston Respublikasining oila toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalarida koʻrsatilmagan boshqacha normalar nazarda tutilgan boʻlsa, u holda xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Fuqarolik holatlarini qayd etishda Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan konsullik yigʻimi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Dalolatnoma yozuvlarini qayd etish quyidagi holatlarda rad qilinishi mumkin:
agar dalolatnoma yozuvini qayd etish qonunchilikka zid boʻlsa;
agar taqdim etilgan hujjatlar ularga nisbatan ushbu Qoidalarda va boshqa qonun hujjatlarida qoʻyiladigan talablarga muvofiq boʻlmasa;
Keyingi tahrirga qarang.
agar dalolatnoma yozuvini qayd ettirish uchun murojaat qilgan shaxs bunga huquqli boʻlmasa yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa.
Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish rad qilingan shaxsning talabiga koʻra FHDY organi oʻn besh kun muddatda ushbu shaxsga yozma yoki elektron shaklda rad etish sababini maʼlum qilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning rad qilinishi boʻyicha boʻysunish tartibida Agentlikning boshqarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) yoki sudga belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
11. Konsulning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda rad etish masalalari boʻyicha harakatlari yuzasidan boʻysunish tartibiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatdagi diplomatik vakolatxonasi rahbariga, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi sudiga belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
12. FHDY organlari xodimlari, shuningdek konsul oʻzi, eri yoki xotini oʻzining va uning qarindoshlari (ota-onalari, bolalari, nevaralari, bobolari, buvilari, tugʻishgan aka-uka, opa-singillari) toʻgʻrisida dalolatnoma yozuvlarini qayd etishga yoki ularga tegishli oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritishga haqli emaslar.
Bunday holatlarda dalolatnoma yozuvlarini qayd etish yoki ularga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritish boʻysunish tartibida yuqori organning yozma koʻrsatmasi asosida boshqa xodim tomonidan yoki boshqa FHDY organida amalga oshiriladi. Dalolatnoma yozuvlarining “Belgilar uchun” ustuniga bu toʻgʻrida tegishli yozuv kiritiladi.
II bob. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning huquqiy ahamiyati
13. Qonun fuqarolarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoyalashni hamda davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda, fuqarolar hayotidagi muhim voqealar — tugʻilish, nikoh tuzish, oʻlim va insonning muhim subyektiv huquqlari va majburiyatlarining yuzaga kelishi, oʻzgarishi va toʻxtatishiga sabab boʻladigan boshqa holatlarning vakolatli organlarda qayd etilishini belgilaydi.
Fuqarolik holatini qayd etish fuqarolarning huquq va burchlari paydo boʻlishiga sabab boʻlib xizmat qiluvchi hujjat (gerbli guvohnoma) berish uchun asos boʻladi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning ahamiyati shundaki, unga asosan FHDY organi tomonidan berilgan guvohnoma va unda koʻrsatilgan faktning toʻgʻriligini tasdiqlovchi shaksiz dalil hisoblanadi.
Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma bolaning tugʻilganligini, uning ota-onasi kim ekanligini tasdiqlovchi yagona hujjatdir.
Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma — bu nikohdan oʻtgan shaxslarning er-xotinligini tasdiqlovchi va ular oʻrtasida oʻzaro huquq va majburiyatlarning vujudga kelganligini ifodalovchi hujjatdir.
Nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma nikohda boʻlgan shaxslarning nikohi tugatilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma shaxsning oʻlimini va uning huquqiy layoqati tugatilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
14. Tugʻilish va oʻlimning oʻz vaqtida qayd etilishi, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnomaning, shuningdek perinatal oʻlim va oʻlim haqidagi tibbiy guvohnomaning toʻgʻri va aniq toʻldirilganligi uchun masʼuliyat Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash muassasalarida tuman va shahar sogʻliqni saqlash boʻlimlari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
III bob. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi organlar
15. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tuman va shaharlarda FHDY organlari tomonidan amalga oshiriladi, oʻlim esa shaharcha, qishloq va ovullarda fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) tomonidan ham qayd etilishi mumkin.
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻlimni qayd etish borasidagi harakatlari oʻzlari turadigan hududlardagi tegishli FHDY organlarining nazorati ostida boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasining chet elda doimiy yoki vaqtincha yashovchi fuqarolarining fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish konsul tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Konsul vaqtincha boʻlmaganda fuqarolik holati dalolatnomalari konsul tomonidan tayinlangan konsullikning mansabdor shaxsi tomonidan qayd etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari boʻlmagan xorijiy davlatlarda fuqarolik holati dalolatnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilangan boshqa xorijiy davlatdagi Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan qayd etiladi.
IV bob. Tugʻilganlikni qayd etish
1-§. Tugʻilganlikni qayd etish tartibi
16. Bolaning tugʻilishini qayd etish majburiy boʻlib, bola tugʻilgan joydagi yoki ota-onasidan birining doimiy yashash joyidagi FHDY organida amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ota-onaning istagiga koʻra FHDY organi bolaning tugʻilganligini qayd etishni tantanali vaziyatda oʻtkazishi mumkin.
17. Tugʻilganlik haqidagi ariza bola tugʻilgan kundan boshlab bir oy muddat mobaynida ogʻzaki yoki yozma shaklda berilishi zarur.
Bola tugʻilganligi toʻgʻrisidagi ariza ota-onasi yoki ulardan biri, alohida hollarda esa qarindoshlari, qoʻshnilari yoki ota-onasi yoxud ota-onasidan biri vakolat bergan boshqa shaxslar, shuningdek tibbiyot muassasalarining, ichki ishlar yoki vasiylik va homiylik organlarining mansabdor shaxslari tomonidan berilishi mumkin.
18. Belgilangan muddatning oʻtib ketganligi tugʻilganlikning qayd etilishiga toʻsqinlik qila olmaydi.
Agar tugʻilganlikni qayd etish toʻgʻrisidagi ariza belgilangan muddatdan oʻtkazilib berilgan boʻlsa, tugʻilish tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni qayd etish joriy roʻyxatga olish daftariga qayd etiladi, bola toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: familiyasi, ismi, dalolatnoma yozuvi tartib raqami, sanasi bolaning haqiqiy tugʻilgan yilidagi hamda joriy yilda yuritilgan Alfavit daftarlarga yozib qoʻyiladi.
Bunday hollarda FHDY organi tugʻilish faktini tasdiqlovchi hujjatga qoʻshimcha ravishda qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa hujjatlarni ham talab qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. 16 yoshdan oshgan, tugʻilishi qayd etilmagan shaxslarning tugʻilganligini qayd etish sudning hal qiluv qarori asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Tugʻilganlikni qayd etish uchun: bola tugʻilganligi toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnomasi, ota-onalarining pasportlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar, nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi gerbli guvohnoma yoki otalikni belgilash haqidagi ariza yoxud nikohda boʻlmagan onaning arizasi taqdim etiladi.
Bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnomasida:
onaning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, tugʻilgan sanasi, millati, fuqaroligi, oilaviy ahvoli, maʼlumoti;
bolaning tugʻilgan vaqti, sanasi va joyi, jinsi, vazni, boʻyi;
homiladorlik muddati, hisob boʻyicha nechanchi homiladorlik;
bolaning tirik tugʻilganligi mezonlari (nafas olishi, yurak urishi, kindik pulsatsiyasi, muskullarning beixtiyoriy qisqarishi);
tibbiy maʼlumotnomaning berilgan vaqti, tartib raqami va tibbiyot muassasasining nomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi zarur.
Bola tugʻilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma tibbiyot muassasasi mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi va gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tugʻruqxonalardan tashqari joylarda va tibbiy yordamsiz tugʻilgan bolaning tugʻilganligini qayd etish uchastka shifokori (feldsher yoki akusher) tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida amalga oshiriladi.
Bunday holatlarda bolaning ushbu onadan tugʻilganligiga guvoh boʻlganlar ishtirokida tuzilgan va uchastka shifokori (feldsher yoki akusher) tasdiqlagan dalolatnoma tibbiy maʼlumotnoma berish uchun asos hisoblanadi.
Tibbiy maʼlumotnoma bola tugʻilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvi bilan birga tikib qoʻyiladi.
Ota-onalardan birining shaxsini tasdiqlovchi hujjat boʻlmagan alohida hollarda FHDY organi tugʻilganlikni qayd etishni rad qilishi mumkin emas. Bunda hujjatlari boʻlmagan ota yoki ona haqida maʼlumotlar nikoh tuzilganligi yoki avvalgi bolalarining tugʻilganligi haqidagi guvohnomalari asosida koʻrsatiladi.
Ota-onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmaganda bolaning tugʻilganligini qayd etish tibbiyot muassasasining yoki vasiylik va homiylik organining yozma murojaatlariga asosan amalga oshiriladi.
Voyaga yetmagan ota-ona (ulardan biri)ning tugʻilgan bolasi umumiy asoslarda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Ota-onasi nikohda boʻlgan bolaning tugʻilishi toʻgʻrisidagi dalolatnomani yozish shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bola tugʻilgunga qadar uning otasi vafot etgan vaqtdan, ota-onasi nikohi bekor qilinganligidan yoki ota-onasining nikohi sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgandan keyin 300 kundan koʻp vaqt oʻtmagan boʻlsa otasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar xuddi shunday tartibda yoziladi.
Bunday hollarda ariza beruvchi tomonidan nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma, sudning nikohdan ajratish haqidagi qaroridan koʻchirma (nusxa) yoki nikohni haqiqiy emas deb topganligi toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan qaroridan koʻchirma (nusxa) yoki otasining oʻlimi haqidagi guvohnomasi taqdim etilishi kerak. Dalolatnoma yozuvining “Belgilar uchun” ustunida nikohdan ajralish yoki oʻlimning qayd etilgan joyi va sanasi, dalolatnoma yozuvining tartib raqami, qarorni chiqargan sudning nomi va qarorning sanasi koʻrsatiladi.
Bolaning nasl-nasabi xususidagi barcha nizolar sud tartibida hal qilinadi.
22. Agar ota-onalari oʻrtasida nikoh qayd etilmagan boʻlsa (tugʻilishni qayd etishda onasi ishtirok etmagan taqdirda) bolaning otasi haqidagi yozuv onaning notarial yoki tibbiy muassasa tomonidan tasdiqlangan arizasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Bunda bola otasining familiyasi tugʻilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvida onasining familiyasi boʻyicha, bola otasining ismi, ota ismi va millati onaning koʻrsatmasi boʻyicha qayd etiladi.
23. Bolaning tugʻilganligini qayd etishda unga familiya ota-onasining kelishuviga koʻra ota yoki onaning familiyasi, shuningdek milliy anʼanalarga muvofiq ota yoki ona tomonidan boboning ismi boʻyicha beriladi. Kelishuv boʻlmagan taqdirda nizolar vasiylik va homiylik organi, konsullik okrugida esa — konsul tomonidan hal etiladi.
24. Bolaga ism ota-onaning roziligiga koʻra beriladi. Bolaga qoʻshaloq ism berishga yoʻl qoʻyiladi (Saidahmadxoʻja, Toʻxtamurodjon, Guliraʼno, Mirzaolim, Mirzo Ulugʻbek, Roza-Mariya).
Bolaning manfaatlaridan kelib chiqqan holda, unga kelgusida uning shaʼni va qadrini kamsitishi mumkin boʻlgan ism berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bola ismiga doir kelishuv mavjud boʻlmaganda paydo boʻlgan kelishmovchilik vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.
25. Bolaning ota ismi uning otasining ismiga koʻra beriladi.
Otasi haqida maʼlumotlar tugʻilganlik haqida dalolatnoma yozuvi va guvohnomada yozuvlar shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar asosida oʻzgartirishsiz yoziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Tugʻilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilgach, ariza beruvchiga belgilangan tartibda tegishli nafaqa olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga taqdim etish uchun tugʻilganlik haqida guvohnoma hamda maʼlumotnoma beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Egizak (ikkita va undan ortiq) bolalar tugʻilganda ularning har biri uchun tugʻilganlik haqida tibbiy maʼlumotnoma taqdim etilishi kerak, ular asosida tugʻilganlik haqida alohida-alohida dalolatnoma yozuvlari, tartib raqamlari kasr chizigʻi orqali (masalan, Poʻlatova Zuhra Asad qizi — d/yo 545/546, Poʻlatov Hasan Asad oʻgʻli — d/yo 546/545) yozilgan holda, qayd etilib, ularning har biriga tugʻilganlik haqida alohida gerbli guvohnomalar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tugʻilganligini qayd etish ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashgan muassasa maʼmuriyati yoki tibbiyot muassasasining arizasiga binoan amalga oshiriladi. Bolani topib olgan shaxs bu haqda yigirma toʻrt soat mobaynida ushbu tumandagi ichki ishlar organiga yoki vasiylik va homiylik organiga xabar berishi kerak.
29. Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tugʻilganligini qayd etishda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
ichki ishlar organi yoki vasiylik va homiylik organining bolaning topib olingan vaqti, joyi va topib olingan paytdagi holati toʻgʻrisidagi dalolatnomasi;
tibbiy muassasaning topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning yoshi, jinsi, vazni va boʻyi haqidagi maʼlumotnomasi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga ota-onasining familiyasi, ismi va millati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Qoidalarning 28-bandida sanab oʻtilgan organlarning koʻrsatmalari asosida kiritiladi. Bunday holda bolaning va bolaning ota-onasi sifatida koʻrsatilgan shaxslarning familiyasi bir xilda yoziladi.
“Belgilar uchun” ustuniga “Bola topilgan” yoki “Tashlab ketilgan” deb yoziladi va ota-onasi haqidagi maʼlumotlar kimning koʻrsatmasiga asosan yozilganligi koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Oʻlik tugʻilgan bolaning tugʻilganligini, shuningdek hayotining birinchi haftasida oʻlgan (perinatal oʻlim) bolalarning tugʻilganligi va oʻlimini qayd etish tibbiy muassasa yoki ushbu muassasaning topib olingan joydagi sud-tibbiy ekspertiza muassasasining yozma murojaatiga binoan shu hududdagi FHDY organi tomonidan 24 soat mobaynida amalga oshiriladi.
Egizaklardan biri oʻlik tugʻilganda yoki hayotining birinchi haftasida (perinatal oʻlim) vafot etganda oʻlik tugʻilgan yoki vafot etgan bolani qayd etish tirik egizak tugʻilganligini qayd etgan oʻsha FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻlik tugʻilgan bolani tugʻilishini qayd etish perinatal oʻlim toʻgʻrisidagi tibbiy guvohnoma asosida faqat tugʻilganlik haqida dalolatnoma yozuvlarini roʻyxatdan oʻtkazish daftarida amalga oshiriladi va tugʻilganlik toʻgʻrisidagi Alfavit daftariga kiritiladi.
Agar bola tugʻilgandan keyin vafot etsa, hatto u bir necha daqiqa yashasa ham, tugʻilganlik hamda oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvlari tuziladi.
Bunday hollarda tugʻilish haqidagi dalolatnoma yozuvi tugʻilganlik haqidagi tibbiy maʼlumotnoma asosida, oʻlganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi esa — perinatal oʻlim haqidagi tibbiy guvohnoma asosida amalga oshiriladi. Bunda tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvida onasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq keltiriladi, “Belgilar uchun” ustunida esa oʻlganligi qayd etilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvining tartib raqami va sanasi koʻrsatiladi. Bunday hollarda bolaning oʻlimi haqida (oʻlik tugʻilganda ham) tegishli nafaqa olish va qabriston uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga taqdim etish uchun maʼlumotnoma beriladi. Zarur hollarda ota-onasining iltimosiga koʻra (hayotining birinchi haftasida vafot etgan bola uchun) oʻlimi haqida guvohnoma berilishi mumkin.
32. Bolaning otasi bilan nikohda boʻlmagan ona vafot etgan taqdirda, shuningdek onaning yashash joyi nomaʼlum boʻlganda va otalikni belgilash haqidagi ariza berilmaganda bolaning tugʻilishini qayd etish mazkur Qoidalarning 28-bandida sanab oʻtilgan organlarning yozma murojaati boʻyicha amalga oshiriladi.
33. Ota-onalik huquqlaridan mahrum qilish haqidagi maʼlumotlar sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan tugʻilish haqidagi dalolatnoma yozuvining “Belgilar uchun” ustunida koʻrsatiladi, dalolatnoma yozuvida ota-ona haqidagi maʼlumotlar chizib tashlanmaydi va hech qanday oʻzgartirishlar kiritilmaydi.
Bunday hollarda otalik-onalik huquqlaridan mahrum qilingan shaxslarga bolalarining tugʻilganligi haqida takroriy guvohnoma berilmaydi.
Takroriy guvohnoma voyaga yetmagan bolaning vasiysi yoki homiysiga berilishi mumkin.
34. Sudning ota-onalik huquqlarini tiklash toʻgʻrisida qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga “Ota-onalik huquqlari tiklandi” degan belgi kiritiladi.
35. Tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga kiritilgan otasi haqidagi maʼlumotlar har qanday holda ham faqat sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan bekor qilinishi mumkin.
36. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, tugʻilgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanishi mumkin boʻlgan bolaning tugʻilganligini qayd etish bola tugʻilgan yoki uning ota-onasi doimiy yoki vaqtincha yashab turgan oʻsha konsullik okrugidagi konsul tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Harakatdagi havo yoki suv kemasida, poyezdda yoki boshqa transport vositasida tugʻilgan bolaning tugʻilganligini qayd etish ota-onasidan birining yashash joyidagi FHDY organi yoki transport vositasi qatnayotgan yoʻnalishdagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi chet elda tugʻilgan va uning tugʻilganligi konsullik muassasasi tomonidan qayd etilmagan taqdirda, tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi ota-onaning yoki ulardan birining Oʻzbekiston Respublikasida yashab turgan joyidagi FHDY organi tomonidan,belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qoʻyilgan xorijiy davlatning vakolatli organlari tomonidan berilgan bola tugʻilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan keyin qayd qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Tugʻilishni qayd etishning barcha hollarida bola tugʻilgan maʼmuriy hudud uning tugʻilgan joyi sifatida yoziladi.
§ 2. Otalikni belgilash
40. Nikohda boʻlmagan ota-onadan tugʻilgan bolaga otalikni belgilash ota va onasi (agar otasi voyaga yetmagan hisoblansa, u holda qonuniy vakili) tomonidan birgalikda berilgan arizasi yoki sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida FHDY organida amalga oshiriladi.
41. Otalikni belgilash toʻgʻrisidagi ariza tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDY organiga beriladi.
42. Otalikni belgilash ariza berilgan kuni ota-onasining ishtirokida amalga oshiriladi, ushbu Qoidalarning 46-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
43. Alohida hollarda otalikni belgilash haqidagi ariza ota-onasining yoki ulardan birining yashash joyidagi FHDY organiga bola tugʻilmasdan oldin ham berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunday holatlarda bola tugʻilgunga qadar uning tugʻilgan vaqti va ismi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilmaydi.
Bolaning onasi yoki otasining yashash joyi oʻzgarishi munosabati bilan tugʻilganlik otalikni belgilash bilan bir vaqtda boshqa FHDY organida qayd etilgan taqdirda oldindan berilgan arizani saqlagan FHDY organi soʻrovnoma boʻyicha uni qayd etish joyiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Otalikni ishonchnoma boʻyicha belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi.
45. Agar otalik bolaning tugʻilganligi qayd etilgandan soʻng belgilansa otalikni belgilash haqidagi arizaga yoki sudning ushbu masala yuzasidan qaroriga bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi ilova qilinadi.
46. Otalikni belgilashda ota-onalardan biri ishtirok etmagan taqdirda uning imzosi qonunchilikda belgilangan tartibda (notarius, Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasining masʼul shaxsi yoki tibbiyot muassasasi, FHDY organi, harbiy qism yoki jazoni oʻtash muassasasi rahbarining imzosi va muhri bilan) tasdiqlanadi.
47. Onasi vafot etganda, u sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda yoki onalik huquqlaridan mahrum etilganda, uning yashash joyini belgilashning imkoni boʻlmaganda voyaga yetmagan bolaga nisbatan otalikni belgilash vasiylik va homiylik organining roziligi bilan otasining arizasiga asosan amalga oshirilishi mumkin.
Bunday holatlarda arizaga quyidagi hujjatlardan biri:
onasining oʻlimi haqidagi guvohnoma nusxasi;
onasi muomalaga layoqatsiz deb topilganligi toʻgʻrisidagi sud qarorining nusxasi;
onaning onalik huquqidan mahrum etilganligi toʻgʻrisidagi sud qarorining nusxasi;
onaning bedarak yoʻqolgan deb topilgani toʻgʻrisidagi sud qarorining nusxasi ilova qilinadi.
48. Agar bolaning otasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, u holda otalikni belgilash toʻgʻrisidagi arizani uning nomidan vasiylik va homiylik organining ruxsati bilan uning homiysi berishi mumkin.
49. Ota-onaning birgalikdagi arizasi boʻlmagan taqdirda otalik (agar otasi yoki onasi voyaga yetmagan boʻlsa) ota-onalardan biri yoki vasiylik va homiylik organining daʼvo arizasi boʻyicha sud tartibida belgilanishi mumkin.
Bolaning tugʻilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga otasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sud qaroriga asosan kiritiladi. Bu holda FHDY organiga qonuniy kuchga kirgan sud qarori va bolaning tugʻilganligi haqidagi guvohnomasi taqdim etiladi.
50. Bolaning manfaatlaridan kelib chiqqan holda, FHDY organi ota-onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarida ularning doimiy yashash joyi koʻrsatilmagan hollarda ham otalikni belgilashni rad qila olmaydi.
51. Otalikni belgilash haqidagi ariza maxsus shaklda boʻlishi, unda koʻrsatilgan barcha savollarga aniq va toʻliq javob boʻlishi lozim. Ariza FHDY organida imzolanadi, undagi maʼlumotlar arizachining shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan solishtirib koʻriladi. Har bir ariza uning tushgan kunida roʻyxatga olinadi.
52. 10 yoshga toʻlgan va katta yoshdagi bolaga nisbatan otalik uning roziligi bilan belgilanadi. Bunda bolaning roziligi ota-onasi tomonidan berilgan arizada uning shaxsiy imzosi bilan ifodalanadi va uning imzosi FHDY organi xodimi tomonidan tasdiqlanadi.
FHDY organi otalikni belgilash haqidagi ariza asosida tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Agar otalikni belgilash 16 yoshga toʻlgan shaxsga nisbatan amalga oshirilsa, u holda ota toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻzgartirilishi lozim. Bola toʻgʻrisidagi maʼlumotlar familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish tartibi va qoidalari boʻyicha kiritiladi.
53. Otalik, bolaning otasi boshqa ayol bilan qonuniy nikohda turganligidan qatʼi nazar, belgilanadi. Shu sababli otalikni belgilashda uning xotinining roziligi talab etilmaydi.
54. Agar bolaning tugʻilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga otasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki otalikni belgilash haqidagi arizaga asosan kiritilgan boʻlsa, u holda dalolatnoma yozuvida koʻrsatilgan ota haqidagi maʼlumotlar sud tartibida bekor qilinmay turib, boshqa shaxs tomonidan bu bolaga nisbatan otalik belgilanishi mumkin emas.
55. Agar bolaning tugʻilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi yoʻqolgan boʻlsa, u holda tugʻilganlik haqida dalolatnoma yozuvi tiklangandan soʻng otalik belgilanishi mumkin.
56. Agar tugʻilganlikni qayd etish va otalikni belgilash ayni bir vaqtda amalga oshirilsa, u holda bolaga familiya ota-onaning kelishuvi boʻyicha bir yoʻla beriladi, otasi haqidagi maʼlumotlar berilgan arizaga binoan yoziladi. Bunda yolgʻiz ona arizasi talab qilinmaydi.
57. 16 yoshga toʻlmagan shaxsga otalik belgilanadigan hollarda bolaning ota ismi otaning ismi boʻyicha oʻzgartiriladi (yoziladi).
Agar bolaning tugʻilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvida ilgari koʻrsatilgan ota ismi bolaning otasi deb yozilgan shaxs ismi bilan toʻgʻri kelmasa, u holda FHDY organi otalikni belgilashni rad etishga va ota-onasidan bu masala boʻyicha tushuntirish xati talab qilishga haqli emas.
58. Agar ota-onaning nikohi bolaning tugʻilganligi qayd etilgandan keyin qayd etilgan boʻlsa, ushbu nikoh tuzilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga bolaning otasi haqidagi maʼlumotni yozish uchun asos boʻlolmaydi.
Bunda bolaning tugʻilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga otasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar otalikni belgilash haqidagi arizaga muvofiq kiritiladi.
59. Otalikni belgilash haqidagi arizaga asosan FHDY organi bolaning tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga otasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shu kuniyoq kiritadi va tugʻilganlik haqida yangi guvohnoma beradi.
60. Agar tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi boshqa FHDY organida qayd etilgan boʻlsa, u holda otalikni belgilash haqidagi arizani qabul qilgan FHDY organi arizadagi maʼlumotlarni arizachilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bilan solishtirib, imzolarini tasdiqlaydi va tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDY organiga ijro uchun joʻnatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
FHDY organi tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga berilgan arizaga muvofiq zarur oʻzgartirishlarni kiritadi, tugʻilganligi haqidagi yangi guvohnomani joʻnatadi va dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga oʻzgartirishlar kiritish uchun Agentlik boshqarmasining FHDY arxiviga xabarnoma yuboradi.
(60-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
61. Agar bolaning tugʻilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi MDH davlatlarida qayd etilgan boʻlsa, u holda otalikni belgilash haqidagi arizani qabul qilib olgan FHDY organi uni yoki ushbu masala boʻyicha sud qarorini (rus tilidagi tarjimasi bilan), tugʻilganlik haqidagi guvohnoma bilan birga tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDY organiga yuboradi.
62. 16 yoshgacha boʻlgan bolaga otalikni belgilashda dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish kiritish qoidalari qoʻllanilishi mumkin, yaʼni bolaning faqat familiyasi va ota ismi emas, balki ismi ham oʻzgartirilishi mumkin.
Bolaning yangi familiyasi va ismi bolaning tugʻilgan yilida yuritilgan tugʻilganlik haqidagi Alfavit daftariga zaruriy tartibda kiritiladi.
§ 3. Farzandlikka olish
63. Farzandlikka olish haqida oʻzgartirishlar kiritish sudning hal qiluv qarori asosida tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDY organida, farzandlikka olingan bolaning tugʻilgan joyi oʻzgartirilganda esa — farzandlikka oluvchilar yashaydigan joydagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar daftariga zarur oʻzgartirishlar FHDY organlari tomonidan, farzandlikka olish toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida kiritiladi. FHDY organiga koʻrsatib oʻtilgan muddat tugagandan keyin murojaat qilingan taqdirda sud qarorida ushbu qaror oʻz kuchini yoʻqotmaganligi haqida yozuv boʻlishi kerak.
64. Farzandlikka olishni rasmiylashtirishda FHDY organiga:
sudning qonuniy kuchga kirgan farzandlikka olish haqidagi qaroridan koʻchirma;
farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi;
farzandlikka oluvchi(lar)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.
65. Sudning hal qiluv qarori kelib tushgan vaqtiga koʻra maxsus daftarda qayd etiladi va alohida yigʻmajildga xronologik tartibda tikib qoʻyiladi.
66. FHDY organi sudning hal qiluv qarori va farzandlikka oluvchilarning hujjatlari asosida tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi, tugʻilganlik haqidagi yangi guvohnoma va, zarur boʻlganda, farzandlikka olinganligi haqida maʼlumotnoma beradi.
67. Farzandlikka olingan bolaning familiyasi va ismi tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilgan yilda yuritilgan Alfavit daftariga kiritiladi.
68. Agar farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganligi boshqa FHDY organida qayd etilgan boʻlsa, u holda farzandlikka oluvchining yashash joyi boʻyicha FHDY organi farzandlikka oluvchilar haqidagi maʼlumotlarni, bolaning tugʻilgan paytida berilgan tugʻilganlik haqidagi guvohnomani va sudning qonuniy kuchga kirgan qarorini bolaning tugʻilganligini qayd etgan FHDY organiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
FHDY organi qabul qilingan hujjatlar asosida tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi va tugʻilganlik haqida yangi guvohnoma beradi.
Agar sudning hal qiluv qarorida 10 yoshgacha boʻlgan bolaning tugʻilgan joyi respublika doirasida oʻzgartirilgan boʻlsa, u holda farzandlikka oluvchining yashash joyidagi FHDY organi tiklangan dalolatnoma yozuvini qayd etadi va tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dastlabki dalolatnoma yozuvini bekor qilish toʻgʻrisidagi xabarnomani uni qayd etgan FHDY organiga belgilangan tartibda yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bola haqidagi avvalgi va soʻnggi maʼlumotlar bolaning tugʻilgan yilida va joriy yilda yuritilgan Alfavit daftarlariga kiritiladi.
69. Farzandlikka olishni sir saqlash maqsadida farzandlikka olish uchun hujjatlar farzandlikka oluvchilarning vakillari tomonidan, qonunchilikda belgilangan tartibda FHDY organiga taqdim etilishi mumkin.
70. Agar farzandlikka olish bekor qilinsa u holda tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga “Farzandlikka olish ___________ sudining ______ yil _________ oy __ kundagi qarori bilan bekor qilindi” deb yoziladi va dalolatnoma yozuvidagi dastlabki maʼlumotlar tiklanadi hamda tugʻilganlik haqidagi yangi guvohnoma beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
71. FHDY organi dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish uchun Agentlik boshqarmasining FHDY arxiviga xabarnoma yuboradi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
V bob. Nikohni qayd etish
§ 1. Nikohni qayd etish tartibi, vaqti va joyi
72. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 14 va 15-moddalariga muvofiq, nikohlanuvchilarning oʻzaro roziliklari va ularning nikoh yoshiga yetganliklari nikoh tuzishning asosiy shartlari hisoblanadi.
Uzrli sabablar mavjud boʻlganda, alohida holatlarda (homiladorlik, bola tugʻilishi, voyaga yetmaganning toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilinishi — emansipatsiya), nikoh tuzishni xohlovchi shaxslarning iltimosiga koʻra, nikoh tuzilganligini qayd etish joyidagi tuman, shahar hokimi tomonidan nikohga kirish yoshi bir yildan koʻp boʻlmagan muddatga kamaytirilishi mumkin.
73. Nikoh nikoh tuzishni xohlovchi shaxslar bu toʻgʻrida belgilangan namunadagi ariza bilan murojaat etgan kundan keyin bir oy oʻtgach ulardan birining yashash joyidagi FHDY organi tomonidan qayd etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
FHDY organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslarning nikoh tuzilganligini qayd etish toʻgʻrisidagi arizasini qabul qilishda belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yoʻllanma beriladi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 17-moddasi ikkinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.
Bunda ellik yoshgacha nikoh tuzuvchi shaxslar OIV-infeksiyasi yuzasidan tibbiy tekshiruvdan majburan oʻtishi kerak.
74. Alohida hollarda, istisno tariqasida (agar ota-onasi va nikohga kirayotgan yoshlar Oʻzbekiston Respublikasining turli hududlarida yoxud uning tashqarisida yashab turgan boʻlsalar) nikohlanuvchi shaxslarning iltimosi va otasi yoki onasining yozma arizasiga koʻra nikoh ota-onasining yoki ulardan birining yashash joyidagi FHDY organida ham qayd etilishi mumkin.
75. FHDY organi mudiri uzrli sabablar boʻlganda hamda arizachilarning iltimoslariga koʻra bir oylik muddatni qisqartirishi mumkin.
Bunda uzrli sabablarni tasdiqlovchi — bolalarining tugʻilganligi haqidagi guvohnomalari, tibbiyot muassasasining kelinning homiladorligi haqidagi maʼlumotnomasi, xizmat safari toʻgʻrisidagi guvohnoma va shu kabi hujjatlar koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
76. Nikohni qayd etish muddatini uzaytirish nikoh tuzuvchilarning birgalikdagi arizalariga binoan koʻrib chiqiladi. Ayrim hollarda yetarli asoslar boʻlgan taqdirda, shuningdek FHDY organining tashabbusi bilan ushbu muddat uch oygacha uzaytirilishi mumkin.
77. Belgilangan namunadagi ariza nikohlanuvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida toʻldiriladi va barcha savollarga aniq va toʻliq javoblar berilishi kerak. Ariza aniq, tushunarli dastxat bilan yozilishi lozim.
78. FHDY organi arizani qabul qilayotganda nikohlanuvchilarga nikoh tuzish tartibi va shartlarini, kelgusida er-xotin va ota-ona sifatida vujudga keladigan huquqlari va majburiyatlarini tushuntirishi va bir-birining salomatliklari toʻgʻrisida va oilaviy ahvoli toʻgʻrisida xabardor ekanliklariga ishonch hosil qilishi kerak.
Nikohlanuvchilar nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlarni yashirish oqibatlari toʻgʻrisida ogohlantiriladi.
79. Agar nikoh tuzuvchi shaxslarning otalik belgilanmagan birgalikdagi bolalari boʻlsa, u holda FHDY organi ularga otalikni belgilash tartibini tushuntirishi lozim.
80. Qonun nikohlanuvchi shaxslardan hatto bittasi ilgari qayd etilgan nikohda turgan shaxslar oʻrtasida nikoh tuzilishini taqiqlashi sababli arizani qabul qilish vaqtida FHDY organi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari boʻyicha arizachilarning qonuniy nikohda turish-turmasligini tekshirib koʻrishi kerak.
Ilgari nikohda boʻlgan shaxs FHDY organiga avvalgi nikohi bekor qilinganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishi kerak. Bu — nikohning bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki sud qarori, erning (xotinning) oʻlimi haqidagi guvohnoma yoxud sudning nikoh haqiqiy emas deb topilganligi haqidagi qarori boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
81. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-moddasiga muvofiq:
loaqal bittasi qayd qilingan boshqa nikohda turgan shaxslar oʻrtasida;
nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan qarindoshlar oʻrtasida, tugʻishgan va oʻgay aka-ukalar bilan opa-singillar oʻrtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar oʻrtasida;
loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar oʻrtasida nikoh tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.
82. FHDY organi nikohni qayd etish vaqtini belgilayotganda nikohdan oʻtuvchilardan uni tantanali vaziyatda, shu jumladan joyiga borgan holda oʻtkazilishiga roziligini aniqlashi lozim. Tantanali ravishda qayd qilish yoki joylarga chiqqan holda qayd qilish faqat nikoh tuzuvchilarning xohishlariga koʻra joyiga borgan holda oʻtkaziladi. Nikohlanuvchi shaxslarning istaklariga binoan nikoh ularning qarindoshlari va tanishlari ishtirokida qayd etiladi. Nikohni qayd etishda nikohlanuvchi shaxslar tomonidan belgilangan sonda guvohlar ishtirok etishi mumkin.
83. Nikohga kirish haqidagi arizani berishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, yaʼni pasport, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki harbiy bileti koʻrsatilishi kerak.
84. Agar nikoh tuzishni xohlovchi harbiy xizmatchi nikohga kirish haqidagi arizani xizmatni oʻtayotgan joyida bersa, u holda tegishli harbiy qism yoki muassasa joylashgan manzil harbiy xizmatchining yashash joyi hisoblanadi.
85. Agar biron-bir sabab bilan nikoh tuzuvchilarning ikkalasi ayni bir vaqtda kelishi imkoniyati boʻlmasa, u holda FHDY organiga arizani ulardan biri berishi mumkin, bu holda kela olmagan shaxsning imzosi belgilangan tartibda tasdiqlangan boʻlishi lozim.
86. Nikohga kirish haqidagi ariza arizalar hisobga olinadigan maxsus daftarda qayd etilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
87. Nikohni qayd etish faqat nikohlanuvchi shaxslarning ishtirokida amalga oshiriladi. FHDY organlari nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy koʻrikdan oʻtganligiga hamda ushbu tekshiruvlarning natijalari toʻgʻrisida ularning xabardor ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi 13-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Nikohning ishonchnoma boʻyicha yoki vakil orqali, shuningdek tibbiy tekshiruvdan oʻtganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma boʻlmaganda qayd etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
FHDY organlari xodimlari nikohni qayd etish vaqtida oʻzlariga maʼlum boʻlgan shifokorlik sirlaridan iborat boʻlgan maʼlumotlarni oshkor etganligi uchun belgilangan tartibda javob beradilar.
88. Nikohlanuvchilardan biri betobligi sababli FHDY organiga kela olmaydigan istisno hollarda nikoh tuzilganligi shifoxonada, uyda yoki boshqa tegishli joyda, nikohlanuvchi ikkala shaxsning ishtirokida qayd qilinadi. Dalolatnoma yozuvining “Belgilar uchun” ustunida bu haqda tegishli belgi kiritiladi.
89. Agar FHDY organiga ushbu Qoidalarning 81-bandida koʻrsatilgan holatlar mavjudligi haqida ariza tushgan boʻlsa, nikohni qayd etish boshqa muddatga qoldiriladi. Bunda arizachiga belgilangan muddatda zarur dalillarni taqdim etish tavsiya qilinadi. FHDY organi manfaatdor shaxsning iltimosiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan zarur tekshiruv oʻtkazishi mumkin. Nikohni qayd etish vaqti keyinga surilganligi haqida arizachilar xabardor qilinadi. Nikohni qayd etishga toʻsiq boʻluvchi qonuniy holatlar mavjud boʻlganda FHDY organi uni qayd etishni rad qiladi. Agar mazkur maʼlumotlar tasdiqlanmasa, u holda nikohni qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi. Yuqorida qayd etilgan holatlarni tekshirish muddati uch oydan oshmasligi kerak.
90. Nikoh tuzilganligini qayd etishda nikohlanuvchi shaxslar oʻz xohishlariga koʻra ikkalasidan birining familiyasini umumiy familiya sifatida tanlashlari yoki oʻzlarining nikohgacha boʻlgan familiyalarida qolishlari mumkin.
Nikohlanuvchilar familiyalarining qoʻshilishi orqali hosil boʻlgan familiya umumiy familiya sifatida tanlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
91. Er va xotinning pasportlariga yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlariga shtamp qoʻyiladi va nikohning tuzilgan vaqti va joyi, dalolatnoma yozuvi raqami, er (xotin)ning familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan yili yozib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
92. Nikohlanuvchilardan biri er yoki xotinning familiyasini qabul qilsa, u holda pasportini almashtirishi zarurligi toʻgʻrisida ogohlantiriladi va pasportga bu haqda belgi qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Harbiy xizmatga majbur boʻlgan yoki harbiy xizmatga chaqiriluvchining nikohi qayd etilganligi sababli familiyasi oʻzgartirilganda FHDY organi 7 kun mobaynida bu haqda harbiy xizmatga majbur boʻlgan yoki harbiy xizmatga chaqiriluvchi roʻyxatda turgan tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga xabar qiladi.
93. Nikohni qayd etganlik uchun belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.
94. Nikoh tuzishning belgilangan qoidalari buzilganda, shuningdek gʻarazli maqsadni koʻzlab tuzilgan nikoh sud qarori bilan haqiqiy emas deb topiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudning nikoh haqiqiy emas deb topilganligi toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarori asosida FHDY organi nikoh qayd etilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga bu haqda belgi qoʻyadi va Agentlik boshqarmasining FHDY arxiviga xabarnoma yuboradi.
(94-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Sobiq er yoki xotinning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlariga sud tomonidan xuddi shunday belgilar qoʻyiladi. Nikoh sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan hollarda nikoh tuzilganligi haqida takroriy guvohnoma berilmaydi.
§ 2. MDH mamlakatlari, chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning va Oʻzbekiston Respublikasining xorijda yashovchi fuqarolarining nikohini qayd etish
95. Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi FHDY organlarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining MDH mamlakatlari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bilan nikohini qayd etish hamda chet el fuqarolari oʻrtasidagi nikohni qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston fuqarosi va chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻrtasidagi nikohni qayd etish agar chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish vizasi nikoh tuziladigan kunda haqiqiy boʻlsagina amalga oshiriladi.
Bunda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning nikohga kirish haqidagi arizasiga uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi hamda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning nikohda turmasligi haqidagi belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qoʻyilgan hujjat (davlat tilidagi tarjimasi bilan birga) ilova qilinishi lozim.
Oʻzbekiston fuqarosi bilan nikohga kirgan MDH mamlakatlari fuqarosining, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga nikoh qayd etilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi, agar shaxsini tasdiqlovchi hujjatda bunday belgi qoʻyish uchun joy mavjud boʻlsa.
FHDY organi tomonidan nikoh qayd etilgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi bilan nikohga kirgan shaxs fuqarosi boʻlgan xorijiy davlatga nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma belgilangan tartibda yuboriladi.
96. Chet elda doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining nikohini qayd etish oʻsha davlat qonunchiligiga asosan uning vakolatli organlari tomonidan yoki Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalarida ushbu Qoidalarga asosan amalga oshiriladi.
97. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs bilan nikohini qayd etish, agar nikohni qayd etish Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi hududida joylashgan oʻsha davlatning qonunlari bilan tan olinganda, shuningdek imzolashda oʻsha davlat va Oʻzbekiston Respublikasi qatnashgan bitim yoki bu xalqaro shartnomalarga muvofiq hollardagina konsul tomonidan amalga oshiriladi.
98. Boshqa davlatda yashovchi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi bilan mazkur davlatning tegishli organlarida nikohni qayd ettirmoqchi boʻlgan oʻsha davlat fuqarosining iltimosiga koʻra, konsul nikohni qayd etuvchi oʻsha davlat organlariga taqdim etish uchun ariza beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi nikohda turmasligi haqida maʼlumotnoma berishi mumkin.
Bunday maʼlumotnomalar konsullik muassasalarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida beriladi.
Agar konsullik muassasasida nikohlanuvchi shaxsning oilaviy ahvoli toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmasa konsul bu maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan oladi.
§ 3. Ozodlikdan mahrum etish joylaridagi shaxslar bilan nikohni qayd etish
99. Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan shaxslar bilan nikohni qayd etish shu muassasa joylashgan hududdagi FHDY organlari tomonidan amalga oshiriladi.
100. Mahkum bilan nikohga kirishni xohlovchi shaxs, nikohga kirish haqidagi maxsus blankadagi arizaning oʻziga taalluqli qismini toʻldirib oʻzi doimiy yashayotgan yoki jazoni ijro etish muassasasi joylashgan hududdagi FHDY organiga topshiradi. FHDY organi arizada keltirilgan maʼlumotlarni ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan solishtiradi, arizada qayd etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini va arizachining imzosini tasdiqlaydi va unga arizani qaytaradi. Shundan soʻng mahkum bilan nikohga kirishni xohlovchi shaxs bu arizani mahkumga berishi uchun jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatiga topshiradi.
101. Mahkum bilan nikohga kirish haqidagi arizani olgandan keyin, jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati uni tegishli joyini toʻldirish uchun mahkumga taqdim etadi. Jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati toʻldirilgan arizadagi maʼlumotlarni mahkumning shaxsiy yigʻmajildidagi maʼlumotlar bilan solishtiradi, ularning haqiqiyligini va imzosini tasdiqlaydi va arizani jazoni ijro etish muassasasi joylashgan mazkur hududdagi FHDY organiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda ariza FHDY organi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin shu kunning oʻzida nikohga kiruvchi mahkumning tibbiy tekshiruvdan oʻtishi uchun yoʻllanma va nikohni qayd etish vaqtini belgilash toʻgʻrisidagi xabarnoma jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatiga yuboriladi.
Agar mahkumning shaxsiy yigʻmajildida uning oilaviy ahvoli toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻliq boʻlmasa, kam yoki noaniq boʻlsa, u holda jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati bu maʼlumotlarni tegishli tashkilotlar va muassasalar orqali ularni talab qilib olish yoki aniqlash choralarini koʻradi.
Jazoni oʻtash muassasalari maʼmuriyati mahkumni nikohdan oldin tibbiy koʻrikdan belgilangan tartibda oʻtkazadi.
102. Mahkum bilan nikohni qayd etish FHDY organi bilan kelishilgan holda jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati tomonidan ajratilgan binoda nikohga kiruvchi shaxslarning ishtirokida amalga oshiriladi.
103. Mahkum bilan nikohga kiruvchi shaxsga FHDY organi tomonidan nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma beriladi.
104. Mahkumning shaxsiy yigʻmajildidagi anketasiga FHDY organi tomonidan shtamp bosiladi, er yoki xotinning familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan yili, FHDY organining nomi hamda nikoh tuzilgan sana va dalolatnoma yozuvi raqami yozib qoʻyiladi. Xuddi shunday maʼlumotlar er-xotinlarning pasportlariga ham kiritiladi.
105. Sudgacha qamoqda ushlab turilgan shaxslar bilan nikohni qayd etish tergov ishini olib borayotgan mansabdor shaxs yoki organ ruxsati bilan shu hududdagi FHDY organi tomonidan, vaqtincha saqlash hibsxonasida (tergov hibsxonasida, gauptvaxtada) amalga oshiriladi.
106. Mazkur Qoidalarning 105-bandida koʻrsatilgan holatda nikohga kirish haqidagi arizaga va nikoh qayd etilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga qayd etishga ruxsat bergan organning mansabdor shaxsi imzosi qoʻyiladi.
VI bob. Nikohdan ajratish
§ 1. Voyaga yetmagan farzandlari boʻlmagan er-xotinlarni ularning oʻzaro roziligiga koʻra nikohdan ajratishni qayd etish
107. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 42 va 218-moddalariga muvofiq FHDY organi mulkiy nizolari hamda voyaga yetmagan farzandlari (shu jumladan, farzandlikka olinganlari) boʻlmagan er-xotinlardan nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi arizani qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
FHDY organi er-xotinni yarashtirish boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan boʻlsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasini nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ariza berilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
(107-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 270-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/270/1028-son)
108. Alohida yashovchi er-xotinni nikohdan ajratishni qayd etish ularning birgalikda bergan arizalariga asosan, ulardan birining yashash joyidagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar er-xotindan biri nikohdan ajralish toʻgʻrisidagi arizani berish uchun FHDY organiga kela olmasa, u holda er-xotin nomidan birgalikda yozilgan arizani ulardan biri topshirishi mumkin. Kela olmagan er yoki xotinning arizadagi imzosi notarial tartibda yoki er-xotin yashab turgan joydagi FHDY organi mudiri tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Arizada er-xotin ajralishga oʻzaro rozi ekanliklari, voyaga yetmagan bolalari yoʻqligi, shuningdek ulardan biri nikohdan ajratish qayd etilishi belgilangan kunda FHDY organiga kela olmasa, nikohdan ajratishning uning ishtirokisiz qayd etilishiga roziligi tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda FHDY organlari tegishli organlardan voyaga yetmagan farzandlari yoʻqligini tasdiqlovchi hujjatlarni soʻrashi mumkin.
109. Agar nikohdan ajralishga er-xotinning oʻzaro roziligi boʻlgani holda umumiy mulk haqida yoki mehnatga layoqatsiz, muhtoj er yoki xotinning taʼminoti haqida nizolar boʻlsa, u holda nikohdan ajratish sud tartibida hal etiladi.
110. Nikohdan ajratishni qayd etish er-xotinning yoki ulardan birining ishtirokida nikohdan ajratish haqida FHDY organiga ariza bergan kundan keyin uch oy oʻtgach amalga oshiriladi va sobiq er-xotinlarning har biriga nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma beriladi.
111. Er yoki xotindan birining nikohgacha boʻlgan familiyasiga qaytishi toʻgʻrisidagi istagi nikohdan ajratish haqidagi arizasida koʻrsatilishi kerak.
Nikohdan ajratish qayd etilgandan soʻng nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga uning tugatilganligi haqida belgi qoʻyiladi va u arizachilarga qaytariladi.
112. Nikohdan ajratishni qayd etishda, er va xotinning oʻzaro kelishuviga koʻra, ularning biridan yoki ikkalasidan belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.
Er yoki xotindan birining ishtirokida nikohdan ajratishni qayd etishda davlat boji toʻliq miqdorda undiriladi.
§ 2. Er yoki xotindan birining arizasi asosida nikohdan ajratish
113. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 43 va 219-moddalariga muvofiq er-xotindan biri:
sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb topilgan boʻlsa;
sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa;
sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan boʻlsa, oʻrtada voyaga yetmagan umumiy bolalari bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, er-xotindan birining arizasiga koʻra FHDY organlarida nikohdan ajratish qayd etiladi.
Bunday hollarda arizaga qoʻshimcha ravishda quyidagilar ilova qilinadi:
er (xotin)ning muomalaga layoqatsiz yoxud bedarak yoʻqolgan deb topilganligi toʻgʻrisida qonuniy kuchga kirgan sud qarori;
er (xotin)ning uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganligi toʻgʻrisida qonuniy kuchga kirgan sud hukmidan koʻchirma, shuningdek sudlangan er (xotin)ning nikohdan ajratishga oʻrtada umumiy bolalari va mol-mulki yuzasidan nizolari yoʻqligi toʻgʻrisidagi roziligi.
Bolalari toʻgʻrisida, birgalikdagi umumiy mol-mulkini boʻlish haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er(xotin)ga taʼminoti uchun mablagʻ toʻlash haqida nizo mavjud boʻlsa nikohdan ajratish sud tartibida amalga oshiriladi.
114. Nikohdan ajralishni xohlovchi er (xotin) oʻz arizasida sudlangan eri (xotini)ning jazoni oʻtayotgan joyini yoxud muomalaga layoqatsiz eri (xotini) vasiysining yoki bedarak yoʻqolgan eri (xotini)ning mol-mulkini boshqaruvchining manzilini, shuningdek nikohdan ajratishda oʻzi tanlaydigan familiyani koʻrsatishi lozim.
Arizani qabul qilgan FHDY organi shu kuniyoq bu toʻgʻrida jazoni ijro etish muassasasiga yoxud muomalaga layoqatsiz er(xotin) vasiysiga yoki bedarak yoʻqolgan eri (xotini)ning mol-mulkini boshqaruvchiga, ular boʻlmaganda esa — vasiylik va homiylik organiga xabarnoma joʻnatadi.
Xabarnomada bolalar toʻgʻrisida, er (xotin)ning umumiy mulkida boʻlgan mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisida nizoning yoxud mehnatga layoqatsiz muhtoj er (xotin) taʼminoti uchun mablagʻlar toʻlash haqidagi nizoning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etish uchun vaqt koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Er (xotin)dan birining arizasi boʻyicha nikohdan ajratish uning ishtirokida, FHDY organiga ariza berilgan kundan keyin bir oy oʻtgach amalga oshiriladi.
115. Oʻzaro bolalari va mulkiy nizolari boʻlmagan va 3 yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarni nikohdan ajratish er-xotinning oʻzaro roziligiga koʻra umumiy qoidalar asosida FHDY organlari tomonidan amalga oshiriladi.
116. Sudning er-xotindan birining bedarak yoʻqolgan deb topilganligi toʻgʻrisidagi qarori boʻyicha nikohdan ajratish faqat er yoki xotindan birining turar joyidagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
117. Sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb topilgan er (xotin) qaytib kelganda va sudning tegishli hal qiluv qarori bekor qilinganda nikoh er-xotinning birgalikdagi arizasi boʻyicha FHDY organi tomonidan tiklanishi mumkin.
Bu holda FHDY organi nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvini va uning asosida berilgan tegishli guvohnomani bekor qiladi.
Tomonlardan biri yangi nikohga kirgan taqdirda nikoh tiklanishi mumkin emas.
Bu holda bedarak yoʻqolgan deb topilgan shaxs murojaat qilgan taqdirda nikohdan ajralganlik toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.
§ 3. Sud qarori bilan nikohdan ajratishni qayd etish
118. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 47-moddasiga binoan nikoh FHDY organida nikohdan ajratish qayd etilgan kundan boshlab tugatiladi.
119. FHDY organi sud qarori asosida er-xotinlardan birining arizasiga binoan nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi guvohnomani beradi.
Respublika sudlarining 1998-yil 1-sentabrgacha qonuniy kuchga kirgan qarorlari boʻyicha nikohdan ajratishni qayd etish, nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi qarorni chiqargan sud joylashgan hududdagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
2010-yil 15-sentabrdan boshlab qonuniy kuchga kirgan nikohdan ajratishni qayd etish respublika sudlari qarorlari bilan er-xotindan birining yashash joyidagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda nikohdan ajratishni qayd etishgacha FHDY organi er yoki xotindan birining nikohdan ajratilganlik fakti rasmiylashtirilganligini tekshiradi.
Tekshiruv sud qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab, murojaat etilgan kungacha nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi Alfavit daftari boʻyicha va nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi (nikoh bekor qilinganligi haqida belgi qoʻyilganligi yoki yoʻqligi) boʻyicha oʻtkaziladi.
Agar nikohdan ajratish FHDY organida tomonlardan birining arizasiga koʻra qayd etilgan boʻlsa, u holda dalolatnoma yozuvi ikkinchi tomon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan toʻldiriladi va nikohdan ajratganlik toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.
Nikohdan ajralganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvini qayd etish, nikohdan ajralganlik toʻgʻrisidagi dalolatnomadagi yozuvlarga qoʻshimchalar kiritish va nikohdan ajralganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berish, shuningdek tomonlardan birining ishonchnoma asosida harakat qiluvchi vakilning arizasi boʻyicha ham amalga oshirilishi mumkin.
Er-xotinlar pasportiga yoki ularning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarga FHDY organi tomonidan nikohdan ajratilganlik toʻgʻrisida shtamp qoʻyiladi.
1998-yil 1-sentabrdan 2010-yil 15-sentabrgacha boʻlgan davrda qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari boʻyicha nikohdan ajratishni qayd etish yoʻqolgan dalolatnoma yozuvlarini tiklash tartibi va qoidalariga binoan amalga oshiriladi.
120. MDH mamlakati va chet el davlat sudi tomonidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaror asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi bilan nikohdan ajratish (qaror qachon chiqqanidan qatʼi nazar) agar davlatlararo bitimda boshqa hol nazarda tutilmagan boʻlsa, ariza beruvchining turar joyidagi FHDY organida qayd etiladi. Nikohdan ajratishni qayd etishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
VII bob. Oʻlimni qayd etish
121. Oʻlimni qayd etish marhumning yashash joyi yoki oʻlim sodir boʻlgan joydagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
122. Oʻlimni qayd etish toʻgʻrisidagi ariza oʻlim toʻgʻrisidagi tibbiy guvohnoma berilgandan keyin 3 kundan kechikmay berilishi kerak.
Oʻlimni qayd ettirish toʻgʻrisida marhumning qarindoshlari va yaqin kishilari, shuningdek tibbiy muassasa maʼmuriyati murojaat etishlari mumkin, ular oʻlim toʻgʻrisida tibbiy guvohnoma va marhumning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
123. Oʻlimni qayd etishda taqdim etilgan tibbiy guvohnoma yoki sudning fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori dalolatnoma yozuvi ikkinchi nusxasi chap tomonining yuqori qismiga qistirib qoʻyiladi.
124. Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning oʻlimini qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
125. Chet elda vafot etgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining oʻlimini qayd etish marhum yashab turgan yoki oʻlim sodir boʻlgan joydagi Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar oʻlimni qayd etish marhumning yashash joyidan boshqa okrugda amalga oshirilsa, u holda oʻlimni qayd etgan konsullik muassasasi marhum hisobda turgan konsullik muassasasiga uning familiyasi, ismi, otasining ismi, oʻlgan sanasi, shuningdek oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvining raqami va oʻlim qayd etilgan joy va sana koʻrsatilgan xabarnoma yuboradi.
126. Agar oʻlimni qayd etishda marhumning homiysiz qolgan voyaga yetmagan bolalari borligi maʼlum boʻlsa, u holda konsul shu kunning oʻzidayoq bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar beradi.
127. Oʻlim qayd etilgandan keyin marhumning hujjatlari diplomatik pochta orqali Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga joʻnatiladi.
Bunda marhumning bekor qilingan pasporti keyinchalik qonunchilikda belgilangan tartibda yoʻq qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga joʻnatiladi.
Marhumning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining yoʻqligi oʻlimni qayd etish uchun toʻsiq boʻla olmaydi, bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabardor qilinadi.
128. Jazoni ijro etish muassasalarida vafot etgan shaxslarning oʻlimini qayd etish mazkur muassasa maʼmuriyatining xabariga koʻra, vafot etgan shaxsning ozodlikdan mahrum qilingunga qadar doimiy yashagan joyidagi yoki jazoni ijro etish muassasasi joylashgan hududdagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
129. Sudning fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori bilan oʻlimni qayd etish qaror chiqargan sud joylashgan joydagi FHDY organi tomonidan umumiy asoslarda amalga oshiriladi. Oʻlimi qonunchilikda belgilangan muddatlarda qayd etilmagan shaxslarning oʻlimini qayd etish marhumning ohirgi yashash joyidagi FHDY organi tomonidan umumiy asoslarda amalga oshiriladi. Bunday holda marhum haqidagi maʼlumotlar oʻlim qayd etilgan yildagi va oʻlim sodir boʻlgan yildagi Alfavit daftarlariga kiritiladi.
130. Oʻlimni qayd etishda marhumning pasporti, harbiy bileti, 16 yoshgacha vafot etganlarning esa — tugʻilganlik haqida guvohnomasi taqdim qilinadi. Bunda FHDY organi xodimi (konsul) hujjatlarning birinchi sahifasiga oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvining raqami va sanasini yozadi.
Vafot etganlarning pasportlari va 50 yoshgacha vafot etganlarning harbiy biletlari har oyda bir marta, roʻyxat boʻyicha ichki ishlar organiga va tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga topshiriladi, tugʻilganlik haqidagi guvohnomalar esa har chorakda bir marta, dalolatnoma asosida yoʻq qilinadi.
Agar oʻlimni qayd etishda vafot etgan shaxsning pasporti va harbiy bileti taqdim qilinmagan boʻlsa, u holda bu haqda oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvining “Belgilar uchun” ustunida koʻrsatiladi.
131. Oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilgandan soʻng oʻlim haqida gerbli guvohnoma yoziladi va arizachiga taqdim etiladi. Ayni bir vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga va qabristonga taqdim etish uchun tegishli namunadagi maʼlumotnomalar beriladi.
Bunda vafot etgan shaxsning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvining “Belgilar uchun” ustuniga uning oʻlimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi. Agar vafot etgan shaxsning tugʻilganini qayd etish boshqa FHDY organida amalga oshirilgan boʻlsa, u holda oʻlim toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDY organi bu haqda tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilgan joydagi FHDY organiga xabarnoma yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar vafot etgan shaxsning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDY organi haqida yetarli maʼlumotlar boʻlmasa, u holda xabarnoma uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatda koʻrsatilgan oʻlgan shaxsning tugʻilgan joyidagi Agentlik boshqarmasining FHDY arxiviga yuboriladi.
(131-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
132. Oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvlarini qayta tiklash tuman va shahar sudlarining qaroriga koʻra amalga oshiriladi. Agar sud qarorida marhumning oʻlgan sanasi koʻrsatilmagan boʻlsa, u holda sud qarori kuchga kirgan sana marhumning oʻlgan kuni hisoblanadi.
133. Temir yoʻl yoki avtomobil transportida sodir boʻlgan oʻlimni qayd etish oʻlim toʻgʻrisidagi tibbiy guvohnomaga asosan yaqinroq joydagi FHDY organi yoki marhumning doimiy yashagan joyidagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Havo yoki dengiz kemasida sodir boʻlgan oʻlimni qayd etish havo kemasi qoʻngan joydagi yoki dengiz kemasi toʻxtagan portdagi FHDY organi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
134. Shaxsi aniqlanmaganlarning oʻlimini qayd etish sogʻliqni saqlash tizimi tibbiy muassasasining oʻlim toʻgʻrisidagi tibbiy guvohnomasiga asosan shu muassasa joylashgan hududdagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Bunday hollarda oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvidagi barcha maʼlumotlar oʻlim toʻgʻrisidagi tibbiy guvohnoma asosida koʻrsatiladi va faqat qabristonga taqdim etish uchun maʼlumotnoma beriladi.
Oʻlim haqidagi gerbli guvohnoma faqat dalolatnoma yozuvidagi yetishmaydigan maʼlumotlar toʻldirilgandan keyingina beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
135. FHDY organi qoʻshimcha tibbiy maʼlumotnoma yoki murdaning tanib olinganligi toʻgʻrisidagi prokuratura xabarnomasini olgach, dalolatnoma yozuviga yetishmaydigan maʼlumotlarni kiritadi va dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga zarur oʻzgartirishlar kiritish uchun Agentlik boshqarmasining FHDY arxiviga xabarnoma joʻnatadi.
(135-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
VIII bob. Dalolatnoma yozuvlarini tiklash
136. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 230-moddasiga muvofiq dalolatnoma yozuvlarini tiklash deganda ilgari shunday yozuv boʻlganligini tasdiqlovchi yetarli asoslar boʻlganida yoʻqolgan yozuvlarni qayta tiklab qoʻyish tushuniladi.
137. Tugʻilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari bu yozuvlar kimga nisbatan tuzilgan boʻlsa faqat ana shu shaxslarning arizasiga koʻra tiklanadi.
Agar oʻn olti yoshgacha boʻlgan bolaning tugʻilishi haqidagi yozuv yoʻqolgan boʻlsa yozuv bolaning ota-onasi, vasiysi, homiysi, bolalar muassasasi maʼmuriyatining arizasiga binoan tiklanadi.
Yozuvni tiklashdan manfaatdor shaxslar oʻrtasida nizo boʻlsa yozuvni tiklash Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
138. Agar dalolatnoma yozuvining ikkala nusxasi ham yoʻqolgan boʻlsa, u holda dalolatnoma yozuvini tiklash 16 yoshga toʻlgan fuqaroning shaxsiy arizasiga koʻra uning yashash joyidagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Dalolatnoma yozuvlarini tiklash ularni tiklash uchun asos boʻlgan barcha holatlar FHDY organi tomonidan aniqlangandan keyingina amalga oshiriladi.
Dalolatnoma yozuvini tiklash toʻgʻrisidagi ariza olingan taqdirda FHDY organi dalolatnoma yozuvini tiklash uchun asosligini tasdiqlovchi dalolatnoma yozuvlaridan nusxalarni, ular saqlanadigan joydagi tegishli FHDY organlaridan soʻrab olishi mumkin.
139. Tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini tiklash uchun FHDY organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
dalolatnoma yozuvini tiklash toʻgʻrisida belgilangan namunadagi ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik boshqarmasi FHDY arxivining ariza beruvchining tugʻilgan joyi boʻyicha dalolatnoma yozuvining yoʻqligi yoki yoʻqolganligi (yoʻqolganlik sabalarini koʻrsatgan holda) haqidagi maʼlumotnomasi;
(139-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
ariza beruvchi pasportining nusxasi;
ota-onasining pasportlari nusxalari, agar ota-onasi vafot etgan boʻlsa, ularning oʻlimi haqidagi maʼlumotnomalar;
nikoh tuzilganligi haqidagi (ota-onasining va oʻzining) maʼlumotnomalar;
ota-onalarining hujjatlari boʻlmaganda, aka-ukalari, opa-singillarining (ular boʻlsa) tugʻilganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar.
Tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini tiklash uchun FHDY organiga ariza beruvchining iltimosini asoslovchi boshqa hujjatlar ham taqdim etilishi mumkin.
140. Arizani qabul qilishda ariza beruvchi yolgʻon koʻrsatmalar berganligi uchun javobgarligi haqida FHDY organi tomonidan ogohlantiriladi.
Qabul qilingan ariza qayta tiklash haqidagi arizalarni hisobga olish daftarida qayd etiladi.
141. Tugʻilganlik haqidagi tiklangan dalolatnoma yozuvida ariza beruvchining tugʻilgan yili: uning pasporti, harbiy bileti va boshqa mavjud hujjatlariga asosan koʻrsatiladi.
Agar taqdim etilgan hujjatlarda ariza beruvchining faqat tugʻilgan yili koʻrsatilib, tugʻilgan kuni va oyi koʻrsatilmagan boʻlsa, bu holda uning tugʻilgan sanasi oʻsha yilning 1-iyuli deb hisoblanadi.
142. Taqdim etilgan hujjatlar oʻrganib chiqilgandan soʻng FHDY organi mudiri tomonidan xulosa tuziladi, soʻngra tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvlari daftarida “T” harfi ostiga dalolatnoma yozuvi raqami qoʻyiladi va uning asosida tugʻilganlik haqidagi tiklangan dalolatnoma yozuvi qayd etiladi va tugʻilganlik haqida guvohnoma beriladi.
Ariza beruvchining ota-onasi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda tugʻilganlik haqidagi tiklangan dalolatnoma yozuvidagi “Ota-onasi haqidagi maʼlumotlar” ustuni toʻldirilmaydi va chiziq qoʻyiladi.
143. Nikoh tuzilganligi haqida dalolatnoma yozuvini tiklash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
belgilangan namunadagi ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik boshqarmasi FHDY arxivining nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi yoʻqligi yoki yoʻqolganligi (yoʻqolish sabablarini koʻrsatgan holda) haqidagi maʼlumotnomasi;
(143-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
pasportlarning kseronusxalari (nusxalari);
bolalarining (ular boʻlsa) tugʻilganligi haqidagi guvohnomalari;
nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi boʻlganligini tasdiqlovchi boshqa qoʻshimcha hujjatlar.
Taqdim etilgan hujjatlar asosida FHDY organi tomonidan xulosa tuziladi, soʻngra nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvlari daftarida oxirgi dalolatnoma yozuvining raqami takroriy ravishda “T” harfi qoʻygan holda yoziladi va nikoh tuzilganligi haqidagi tiklangan dalolatnoma yozuvi tuziladi.
Nikoh tuzilganligi haqida guvohnomada “nikohlandilar” ustunida tiklanayotgan dalolatnoma yozuvining dastlabki qayd etilgan sanasi, “tegishli dalolatnoma yozuvi qayd etildi” ustunida esa — nikoh tuzilganligi haqida tiklanib tuzilgan dalolatnoma yozuvi raqami va sanasi koʻrsatiladi.
144. Nikohdan ajralganlik haqida dalolatnoma yozuvini tiklash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
belgilangan namunadagi ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik boshqarmasi FHDY arxivining nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi yoʻqligi (yoʻqolganlik sabablari koʻrsatilgan holda) haqidagi maʼlumotnomasi;
(144-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
pasportning kseronusxasi (nusxasi);
nikoh tuzilganligi haqida nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi belgi qoʻyilgan maʼlumotnoma;
ilgarigi nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi boʻlganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
Taqdim etilgan hujjatlar asosida FHDY organi tomonidan xulosa tuziladi, nikohdan ajralganlik haqida dalolatnoma yozuvlari daftariga oxirgi dalolatnoma yozuvining tartib raqami takroriy ravishda “T” harfi qoʻygan holda yoziladi va nikohdan ajratish haqidagi tiklangan dalolatnoma yozuvi tuziladi.
Nikohdan ajralganlik haqidagi gerbli guvohnomaning “bu haqda ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni qayd qilish daftarida” ustunida nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining dastlabki sanasi, qavs ichida esa — tiklangan dalolatnoma yozuvining raqami va sanasi yozib qoʻyiladi.
145. Dalolatnoma yozuvlarini tiklash uchun yetarli asoslar boʻlmaganda FHDY organi ariza beruvchiga rad qilinganlik haqidagi asoslangan xulosa beradi. Ushbu xulosa bilan ariza beruvchi masalani mohiyatiga koʻra hal etish uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega.
146. Dalolatnoma yozuvini tiklash haqidagi ariza FHDY organi tomonidan bir oy mobaynida koʻrib chiqilishi kerak.
Uzrli sabablar (dalolatnoma yozuvini tiklash uchun asoslanganlikni tasdiqlovchi yozuvlar nusxalari va boshqalar olinmaganligi) mavjud boʻlganda arizani koʻrib chiqish muddati FHDY mudiri tomonidan bir oydan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza beruvchiga xabar qilinadi.
147. Dalolatnoma yozuvi qayta tiklanganligi uchun belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.
IX bob. Dalolatnoma yozuvlarini oʻzgartirish, tuzatish, toʻldirish
148. Dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritish yetarli asoslar mavjud boʻlganda va manfaatdor shaxslar oʻrtasida nizo boʻlmaganda, ushbu yozuvlar saqlanayotgan joydagi, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuzilgan boʻlsa, FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻn olti yoshga toʻlgan shaxslarning tugʻilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirishlar kiritish ularning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslarning tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga oʻzgartirishlar kiritish ular ota-onasining arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
FHDY organining dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritishni rad etishi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
149. Dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
“Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasi asosida tarixiy va milliy anʼanalarga rioya qilish maqsadida familiyasi, ismi, otasining ismini yozdirish istagi boʻlganda;
otalik belgilanganda;
farzandlikka olinganda;
ota-onaning oʻzaro kelishuviga koʻra (shuningdek ota-ona nikohdan ajratilganda) yoki hokim qaroriga koʻra voyaga yetmagan bolaning familiyasi oʻzgartirilganda;
millati oʻzgartirilganda;
nikohda turmagan ona tomonidan bolaning otasi haqidagi maʼlumotlarni oʻzgartirish haqida ariza berilganda (bola 16 yoshga yetgunga qadar);
sud qarori bilan otalikni belgilash haqiqiy emas deb topilganda yoki farzandlikka olish bekor qilinganda;
Keyingi tahrirga qarang.
ota-onasining familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgartirilishi munosabati bilan voyaga yetmagan bolaning familiyasi va otasining ismi oʻzgartirilganda;
imloviy xato va noaniqliklar boʻlganda, shuningdek tugʻilgan vaqti, joyi va otasining ismi yozilmay qolganda;
Keyingi tahrirga qarang.
16 yoshga toʻlmagan bolaning ismi va familiyasi oʻzgartirilganda, agar ismi va familiyasi ota-onasining xohishi hisobga olinmagan holda berilgan boʻlsa;
agar dalolatnoma yozuvida ismi qisqartirib yoki erkalatish shaklida yozilgan boʻlsa;
jinsi oʻzgartirilganda.
Dalolatnoma yozuviga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi ariza FHDY organi tomonidan, ariza tushgan kundan boshlab 15 kun mobaynida koʻrib chiqilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Uzrli sabablar (oʻzgartirish kiritish zarur boʻlgan yozuvlar nusxalari olinmaganda va boshqa hollarda) mavjud boʻlganda FHDY organi mudiri tomonidan ushbu muddat bir oygacha muddatga uzaytirilishi mumkin.
150. Dalolatnoma yozuvlari Oʻzbekistondan tashqarida boʻlgan, shuningdek nikoh tuzilganligi toʻgʻrisida va oʻlim toʻgʻrisida, aka-ukalar va opa-singillarning tugʻilganligi toʻgʻrisidagi va boshqa dalolatnoma yozuvlarida tafovutlar boʻlgan hollardan tashqari, yuqorida koʻrsatilgan barcha holatlarda dalolatnoma yozuvlari tuzilgan joyi boʻyicha xulosa tuzilmay tuzatishlar kiritiladi.
151. Oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi arizaga ariza beruvchining iltimosi asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari: uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi (kseronusxasi) va boshqa zarur hujjatlar nusxalari ilova qilinadi. Ular bilan birga yigʻmajildga oʻzgartirishni talab qiladigan guvohnomalarning asl nusxalari tikib qoʻyiladi.
Dalolatnoma yozuviga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi ariza olinganda FHDY organi oʻzgartirish va tuzatishlar kiritiladigan dalolatnoma yozuvi nusxasini, shuningdek oʻzgartirish yoki tuzatishlar kiritish uchun asos mavjudligini tasdiqlovchi dalolatnoma yozuvlari nusxalarini ular saqlanayotgan joydagi FHDY organidan soʻrab oladi.
152. Agar oʻzgartirish kiritiladigan dalolatnoma yozuvi respublikadan tashqarida boʻlsa, u holda FHDY organi xulosa tuzadi yoki (davlatlararo kelishuv mavjud boʻlsa) ariza beruvchining arizadagi imzosini tasdiqlaydi va yigʻmajildni (arizani) dalolatnoma yozuvi tuzilgan joydagi FHDY organiga ijro etish uchun yuboradi.
153. Dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi xulosa 3 nusxada tuziladi, ulardan biri yigʻmajildga tikiladi, ikkinchisi FHDY organida qoladi, uchinchi nusxasi ariza beruvchiga beriladi.
Zarur hollarda xulosa nusxalari tegishli FHDY organlariga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
154. Dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish kiritgan FHDY organi dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga tegishli oʻzgartirish kiritish uchun bu haqda Agentlik boshqarmasining FHDY arxivini uch kundan kechikmay xabardor qiladi.
(154-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
155. Ariza beruvchining familiyasi, ismi oʻzgartirilganda tegishli Alfavit daftarlariga oʻzgartirishlar kiritiladi.
156. Ariza beruvchining xohishiga binoan FHDY organi dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish kiritilganligi haqida maʼlumotnoma berishi mumkin.
157. Shaxsning uning tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvida jinsini oʻzgartirish jins oʻzgartirilganlik haqida tibbiyot muassasasining xulosasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Jinsi oʻzgartirilgan shaxsning pasportiga uni almashtirish zarurligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi.
158. Mazkur Qoidalarning 149-bandi uchinchi, toʻrtinchi va oʻn uchinchi xatboshilardan tashqari barcha hollarda oʻzgartirishlar kiritilganligi uchun belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.
159. Oʻzbekiston Respublikasining chet elda turuvchi fuqarolarining dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi arizalari ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Konsul tomonidan yuborilgan hujjatlar asosida FHDY organi arxivida saqlanayotgan dalolatnoma yozuviga tegishli oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
X bob. Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish
160. Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish haqidagi ariza ariza beruvchi 16 yoshga toʻlgach turar joydagi FHDY organi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Agar 16 yoshga toʻlgan shaxs pasport yoki pasport oʻrnini bosuvchi shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat olgunga qadar familiyasi, ismi, ota ismini oʻzgartirish haqida ariza bersa, u holda arizaga tugʻilganlik haqida guvohnoma ilova qilinadi.
161. Familiya, ism, ota ismini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizalar:
“Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga binoan;
sudning hal qiluv qarori asosida;
agar familiya va ism eshitilishda yoqimsiz boʻlsa;
agar familiya va ism millatiga toʻgʻri kelmasa;
xohishga qarab nikohgacha boʻlgan familiyaga (nikohda turgan davrida ham, nikohdan ajratilgandan keyin ham) qaytishda;
oila uchun umumiy familiyada boʻlish istagi paydo boʻlganda (agar nikoh tuzish paytida er-xotin umumiy familiya qabul qilishmagan boʻlsa);
16 yoshga toʻlgan shaxsga otalikni belgilashda koʻrib chiqiladi.
162. Familiya, ism, ota ismini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
ariza beruvchining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi;
agar ariza beruvchi nikohda turgan boʻlsa, u holda nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi, agar nikohdan ajratilgan boʻlsa — nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnomasi;
agar ariza beruvchining voyaga yetmagan bolalari boʻlsa, u holda bolalarining tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari;
ariza beruvchining pasportidan yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatidan koʻchirma;
agar ariza beruvchi voyaga yetmagan yoki sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, u holda ota-onasining yoxud vasiy yoki homiyning arizasi;
1 dona (3x4 oʻlchamli) fotosurat.
163. Oʻzgartirishlar kiritilishi uchun zarur boʻlgan dalolatnoma yozuvlari yoʻqolgan taqdirda, familiya, ism, ota ismini oʻzgartirish ushbu hujjatlar tiklangandan keyin amalga oshiriladi.
164. Qabul qilingan ariza maxsus daftarga kiritiladi.
165. FHDY boʻlimi mudiri taqdim etilgan hujjatlar asosida, zarur hollarda esa boshqa FHDY organlaridan oʻzining talabi boʻyicha kerakli dalolatnoma yozuvlari nusxalarini olganda yigʻilgan hujjatlarni yigʻmajildga tikadi va tegishli tekshiruv oʻtkazish uchun ichki ishlar organiga joʻnatadi.
166. Ichki ishlar organi taqdim qilingan hujjatlarni 30 kun mobaynida oʻrganib chiqadi, ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismini oʻzgartirish xususida asoslangan xulosa tuzadi va uni FHDY organiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismining oʻzgartirilishi maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa tuzilgan taqdirda ushbu holatning aniq sabablari koʻrsatiladi.
167. Ichki ishlar organining xulosasini olgandan keyin FHDY organi taqdim etilgan hujjatlar asosida familiya, ism, ota ismini oʻzgartirish yoki oʻzgartirishni rad qilish toʻgʻrisida asoslangan xulosa tuzadi.
Ichki ishlar organining xulosasida ariza beruvchi familiyasi, ismi, ota ismini oʻzgartirish toʻgʻrisida iltimos qilgan paytda tergov yoki sud ostida boʻlganligi yoxud familiyasi, ismi, ota ismining oʻzgartirilishi qonun hujjatlariga zid ekanligi koʻrsatilgan boʻlsa, FHDY organi familiyasi, ismi, ota ismini oʻzgartirishni rad etishi va rad etish sababini yozma shaklda xabar qilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Familiyasi, ismi, ota ismining oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ariza bilan birga taqdim etilgan hujjatlar qaytarilishi lozim.
168. FHDY organi familiya, ism, ota ismi oʻzgarganligi toʻgʻrisida ichki ishlar organiga 7 kun mobaynida, agar ariza beruvchi harbiy xizmatga majbur boʻlsa — u holda tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga ham xabarnoma yuboradi.
169. Xulosa asosida tugʻilganlik toʻgʻrisida, nikoh tuzilganligi yoki nikohdan ajralganlik toʻgʻrisida, bolalarining tugʻilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi va yangi guvohnomalar beriladi. Eski guvohnomalar yigʻmajildga tikib qoʻyiladi.
170. Agar oʻzgartirish kiritish talab etiladigan dalolatnoma yozuvi boshqa joyda boʻlsa, u holda FHDY organi dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
171. FHDY organi xabarnomaga binoan dalolatnoma yozuviga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi va yangi guvohnomani toʻldiradi va uni ariza beruvchiga topshirish uchun uning yashash joyidagi FHDY organiga yuboradi, shuningdek dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga ana shunday oʻzgartirishlarni kiritish uchun Agentlik boshqarmasining FHDY arxiviga xabarnoma yuboradi.
(171-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
172. Familiyasi, ismi, ota ismi oʻzgartirilgan shaxs yashaydigan joydagi FHDY organi tomonidan pasportga uni almashtirish lozimligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
173. Oʻzaro qonuniy nikohda turgan er yoki xotindan birining familiyasi oʻzgartirilishi ikkinchisining ham familiyasi oʻzgarishiga sabab boʻlmaydi. Bunda boshqa er (xotin)ning pasportiga oilaviy ahvoli haqida qoʻyilgan belgi oʻzgartirilishi lozim.
Ota-onalardan har ikkalasining familiyasi oʻzgartirilishi 16 yoshga toʻlmagan bolalari familiyasining ham oʻzgartirilishiga sabab boʻladi.
Ota-onalar yoki ulardan birining familiyasini oʻzgartirganligi ularning voyaga yetgan bolalarining familiyasi oʻzgarishiga sabab boʻlmaydi.
Agar ota-onadan biri familiyasini oʻzgartirsa, ularning voyaga yetmagan bolalarining familiyasini oʻzgartirish masalasi ota-onalarning kelishuviga binoan, bunday kelishuv boʻlmaganda esa — vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.
174. Otaning ismini oʻzgartirishi voyaga yetmagan bolalarning ota ismi oʻzgarishiga olib keladi.
Voyaga yetgan bolalarning ota ismi faqat ularning arizalariga koʻra oʻzgartiriladi.
175. Agar nikohga kirish paytida oʻzining nikohgacha boʻlgan familiyasini saqlab qolgan shaxs keyinchalik erining familiyasini qabul qilsa, shuningdek nikohga kirish paytida qabul qilgan familiyasini nikohgacha boʻlgan familiyasiga oʻzgartirsa, u holda oʻzgartirish faqat nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga kiritiladi.
Agar nikohdan ajratilgandan keyin nikohdagi familiyasini saqlab qolgan shaxs uni nikohgacha boʻlgan familiyasiga oʻzgartirsa, u holda oʻzgartirish faqat nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga kiritiladi.
176. 16 yoshga toʻlgan shaxslar tomonidan familiyasi, ismi, ota ismi oʻzgartirilgan barcha hollarda oʻzgartirish faqat tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining “bola toʻgʻrisida maʼlumotlar” ustuniga kiritiladi.
Ota-ona toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻzgarishsiz qoldiriladi.
177. Oʻzbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolarining arizalari konsul tomonidan koʻrib chiqiladi. Arizaga mazkur Qoidalarning 162-bandida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinishi lozim. Zarur hollarda konsul arizachining iltimosi asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni va oʻzgartirish kiritilishi lozim boʻlgan dalolatnoma yozuvlarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali talab qilib oladi.
Yigʻilgan hujjatlar asosida konsul Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Oʻzbekiston Respublikasining yoki ariza beruvchi doimiy yashab turgan davlatning vakolatli organlaridan ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismini oʻzgartirishiga ruxsat berilganligi haqidagi xulosani olishi zarur.
Ushbu xulosa asosida konsul familiya, ism, ota ismini oʻzgartirish haqida asoslangan xulosa tuzadi va uni yigʻmajild bilan birga oʻzgartirish kiritilishi lozim boʻlgan dalolatnoma yozuvi saqlanayotgan FHDY organiga yuboradi.
178. Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ariza ariza berilgan kundan boshlab ikki oy mobaynida koʻrib chiqilishi kerak. Uzrli sabablar (ishni rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan dalolatnoma yozuvi nusxalarining boshqa FHDY organlaridan, ichki ishlar organlari xulosasining kechikib olinishi va boshqalar) mavjud boʻlganda FHDY organi mudiri ushbu muddatni bir oydan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirishi mumkin.
179. Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirganlik uchun belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.
XI bob. Dalolatnoma yozuvlarini bekor qilish
180. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 233-moddasiga muvofiq, agar FHDY organi tomonidan ikki va undan ortiq bir xil yozuvlar borligi aniqlansa, tiklangan yozuvlar ular tuzilgan joydagi FHDY organi tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Agar topilgan dalolatnoma yozuvlarida familiya, ism, ota ismi, tugʻilgan sana, ota-ona toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda jiddiy farq boʻlsa, tiklangan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari sudning qarori bilan bekor qilinadi.
181. Sudning dalolatnoma yozuvini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorini olgach bekor qilinayotgan yozuvni tuzgan FHDY organi uning diagonali boʻylab chiziq tortib, bu haqda belgi qoʻyadi va arizachiga maʼlumotnoma beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
182. FHDY organi Agentlik boshqarmasining FHDY arxiviga va dastlabki dalolatnoma yozuvi tuzilgan joydagi FHDY organiga dalolatnoma yozuvlarining bekor qilinganligi toʻgʻrisida xabarnomalar yuboradi.
Agentlik boshqarmasining FHDY arxivi xabarnomani olgach tegishli dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga bekor qilinganligi haqida belgi qoʻyadi, FHDY organi esa ariza beruvchiga dalolatnomaning dastlabki yozuviga muvofiq takroriy guvohnoma beradi (yuboradi).
(182-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
183. Sobiq ittifoq respublikalaridan kelgan hujjatlar boʻyicha yozuvlarni bekor qilish Agentlik boshqarmalari xulosalari boʻyicha FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi, yozuvni bekor qilish boʻyicha hujjatlar esa shu FHDY organida saqlanadi.
(183-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
XII bob. Dalolatnoma yozuvlarini toʻldirish
184. Dalolatnoma yozuvlari ikki nusxada tuziladi.
Dalolatnoma yozuvlarining har bir turi har yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha tartib bilan ketma-ket raqamlanadi.
Dalolatnoma yozuvlari davlat tilida lotin grafikasida tushunarli va chiroyli dastxat bilan yoki kompyuter yordamida toʻldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
185. Dalolatnoma yozuvlarining barcha ustunlari toʻliq, xatosiz va qisqartirishlarsiz (umumiy qabul qilinganlaridan tashqari) toʻldirilishi kerak.
186. Dalolatnoma yozuvlari pasport asosida, u boʻlmagan taqdirda — shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida toʻldiriladi.
Chet el fuqarosiga nisbatan dalolatnoma yozuvlari qayd etilayotganda millatidan tashqari qaysi davlat fuqarosi ekanligi ham koʻrsatiladi. Millati haqida maʼlumot boʻlmagan taqdirda fuqaroligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoziladi.
Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun “Fuqaroligi” ustuniga “fuqaroligi yoʻq” soʻzlari yoziladi.
187. Agar FHDY organiga dalolatnoma yozuvini qayd etish uchun murojaat qilgan shaxs davlat tilini bilmasa u tarjimon xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Bu haqda “Belgilar uchun” ustuniga tegishli yozuv kiritiladi.
Kar, soqov yoki karsoqov shaxs savodsiz boʻlgan taqdirda dalolatnoma yozuvini qayd etishda dalolatnoma yozuvi mazmuni kar, soqov yoki karsoqovning xohishiga muvofiq kelishini imzo bilan tasdiqlab unga tushuntirishi mumkin boʻlgan shaxs ishtirok etishi mumkin. Bu haqda “Belgilar uchun” ustuniga tegishli yozuv kiritiladi.
Dalolatnoma yozuvini koʻzi koʻr shaxs uchun tuzishda dalolatnoma yozuvi matni unga dalolatnoma yozuvini tuzgan FHDY organi xodimi tomonidan oʻqib beriladi. Bu haqda “Belgilar uchun” ustuniga tegishli yozuv kiritiladi.
188. Oʻlik tugʻilgan bola toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvini rasmiylashtirishda tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga maʼlumotlar perinatal oʻlim haqidagi tibbiy guvohnoma asosida kiritiladi.
189. Tirik tugʻilib, ammo hayotining birinchi haftasida oʻlgan bolaga nisbatan oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuviga maʼlumotlar perinatal oʻlim haqidagi tibbiy guvohnoma asosida kiritiladi.
190. Dalolatnoma yozuvlari toʻldirilgandan keyin ariza beruvchi tomonidan oʻqib chiqiladi va imzolanadi.
191. Dalolatnoma yozuvi asosida tegishli gerbli guvohnomalar davlat tilida lotin grafikasida toʻldiriladi va ariza beruvchiga topshiriladi.
192. Gerbli guvohnoma berish uchun (oʻlim haqidagi gerbli guvohnomalar bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan gerb yigʻimi undiriladi.
XIII bob. Takroriy guvohnomalar va boshqa maʼlumotlar berish
193. Dalolatnoma yozuvining birinchi nusxasi saqlanayotgan FHDY organi manfaatdor shaxslarning arizalariga koʻra va tegishli dalolatnoma yozuvlari asosida takroriy guvohnomalar beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Alohida hollarda (dalolatnoma yozuvining birinchi nusxasi yoʻqolganda, ikkinchi nusxa boʻyicha guvohnoma olish qulay boʻlganda) Agentlik boshqarmasining FHDY arxivlari dalolatnoma yozuvining birinchi va ikkinchi nusxalarining aynan bir xilligini tekshirgandan soʻng tugʻilganlik, nikoh tuzilganligi, oʻlim va nikohdan ajralganlik haqida takroriy guvohnomalar beradilar.
(193-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
194. Tugʻilganlik haqida takroriy guvohnomalar fuqarolik holati dalolatnoma yozuvi qayd etilgan tegishli shaxsning oʻziga, uning ota-onalariga yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonch qogʻozlari asosida boshqa shaxslarga beriladi. Vafot etgan shaxsga nisbatan tugʻilganlik haqida takroriy guvohnoma berilmaydi. Zarur hollarda, vafot etgan shaxsning tugʻilganligi haqida maʼlumotnoma berilishi mumkin.
Oʻlim haqidagi takroriy guvohnomalar marhumning yaqin qarindoshlariga va merosxoʻrlariga yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonch qogʻoziga ega boʻlgan shaxslarga beriladi.
Nikoh tuzilganligi va nikohdan ajralganlik haqidagi takroriy guvohnomalar dalolatnoma yozuvi qayd etilgan tegishli shaxslarning oʻzlariga yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonch qogʻoziga ega boʻlgan shaxslarga beriladi.
Nikohdan ajratilganda nikoh tuzilganligi haqidagi takroriy guvohnoma berilmaydi. Zarur hollarda nikoh tuzilganligi haqidagi maʼlumotnoma berilishi mumkin.
195. Bolalarga va muomalaga layoqatsiz shaxslarga takroriy guvohnomalar ularning ota-onalari (farzandlikka olganlar), vasiylari, homiylari, bolalarni ijtimoiy himoya qilish muassasalari maʼmuriyatlarining arizalari boʻyicha beriladi.
196. Ota-onasi boʻlmagan taqdirda, voyaga yetmagan shaxslarga yoki pasport olmagan shaxslarga tugʻilganlik haqidagi takroriy guvohnomalar ushbu shaxsning fotosurati yopishtirilgan, yashash joyidagi fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki mazkur shaxs taʼlim olayotgan taʼlim muassasasi tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
197. Takroriy guvohnoma olish toʻgʻrisidagi arizada ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismi, manzili, shaxsini tasdiqlovchi hujjatning seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi, guvohnoma soʻralayotgan shaxsning familiyasi, ismi, ota ismi, nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma soʻralganda — er-xotinning familiyalari, ismlari va ota ismlari, dalolatnoma yozuvi qachon va qaysi FHDY organi tomonidan qayd etilganligi va takroriy guvohnoma qanday sababga koʻra talab qilinayotganligi koʻrsatilishi kerak.
198. Takroriy guvohnoma olishni xohlovchi shaxs dalolatnoma yozuvlarini qayd etgan FHDY organiga bevosita yoki oʻzi yashab turgan joydagi FHDY organi orqali murojaat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Yashash joyidagi FHDY organi orqali takroriy guvohnoma berish toʻgʻrisidagi iltimos bilan murojaat etilganda arizani qabul qilgan FHDY organi uni dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDY organiga ijro uchun joʻnatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ariza beruvchi dalolatnoma yozuvi qayd etilgan FHDY organiga murojaat etganda takroriy guvohnoma shu kuniyoq beriladi.
Pochta orqali kelib tushgan takroriy guvohnoma soʻralgan arizalar shu kuni ijro etiladi va yoʻllanma xat bilan birgalikda FHDY organiga joʻnatiladi va bir vaqtning oʻzida ariza beruvchiga guvohnoma joʻnatilgani haqida xabarnoma yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Arizada qayd etilgan dalolatnoma yozuvi toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda FHDY organi arizani oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi.
Harbiy xizmatni oʻtayotgan shaxslarning takroriy guvohnomalari harbiy qismlarga joʻnatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar takroriy guvohnoma soʻrab murojaat etilgan FHDY organida tegishli dalolatnoma yozuvi yoʻq boʻlsa, FHDY organi arizani va dalolatnoma yozuvi yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani Agentlik boshqarmasining FHDY arxiviga tegishli tekshiruv oʻtkazish va takroriy guvohnoma berish uchun joʻnatadi.
(198-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
199. Agentlik boshqarmasining FHDY arxivi arizani olishi bilan dastlabki va tiklangan dalolatnoma yozuvlarini tekshiradi va takroriy guvohnomani yuboradi.
(199-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Dalolatnoma yozuvi mavjud boʻlmasa ariza beruvchiga tegishli maʼlumotnoma yuboriladi.
200. Takroriy guvohnoma berish haqida ariza tushganda tekshirish arizada koʻrsatilgan yil boʻyicha, agar mazkur yilda boʻlmasa — oʻtgan va keyingi 3 yillar boʻyicha oʻtkaziladi.
201. Takroriy guvohnoma olishda ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat koʻrsatilishi kerak.
202. Agar dalolatnoma yozuvining baʼzi ustunlari toʻldirilmagan boʻlsa, u holda chiziqlar qoʻyiladi.
Beriladigan guvohnomalarning yuqori qismiga “Takroriy” degan belgi qoʻyiladi.
203. Takroriy guvohnomalar berilganligi uchun davlat boji va (oʻlim haqidagi guvohnomalar bundan mustasno) gerb yigʻimi undiriladi.
204. Harakatlar amalga oshirayotgan FHDY organlari mansabdor shaxslari va boshqa xodimlarining, shuningdek xizmat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda amalga oshirilayotgan harakatlar toʻgʻrisida maʼlum boʻlgan shaxslarning oʻzlariga maʼlum boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin ham taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Dalolatnoma yozuvlaridan nusxalar Agentlik, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlari, ish yurituvida mavjud boʻlgan ishlar munosabati bilan notariuslar, shuningdek FHDY organlari va Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining soʻroviga koʻra beriladi (yuboriladi).
(204-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Fuqarolarga dalolatnoma yozuvlaridan nusxalar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Zarur hollarda hokimlik, mudofaa ishlari boʻlimi, sogʻliqni saqlash, Bandlikka koʻmaklashish markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining vakillari maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish yoki taqqoslash maqsadida Agentlik boshqarmalarining ruxsati bilan dalolatnoma yozuvlaridan ayrim maʼlumotlarni koʻchirib olishlari mumkin.
(204-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Amalga oshirilgan harakatlarning sirini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
XIV bob. FHDY organlari arxivi
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
205. Tumanlar (shaharlar)dagi FHDY boʻlimlari va nikoh uylari arxivlari (keyingi oʻrinlarda FHDY boʻlimlari va nikoh uylari arxivlari deb ataladi) hamda Agentlik boshqarmalari FHDY arxivlari FHDY organlarining arxivi hisoblanadi.
(205-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
FHDY boʻlimlari va nikoh uylari arxivlari tegishli tuman (shahar) hududida tuzilgan dalolatnoma yozuvlarining birinchi nusxalaridan iborat boʻlgan daftarlardan tashkil topadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatlarning va arxiv materiallarining saqlanishini taʼminlash maqsadida FHDY organlari dalolatnoma yozuvlarini Agentlik tasarrufida boʻlgan yagona elektron FHDY arxivga kiritadilar.
(205-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
206. Oʻlimni qayd etish bilan shugʻullanuvchi fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) qayd etgan oʻlim toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvlarining birinchi va ikkinchi nusxalarini FHDY organiga topshirishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari dalolatnoma yozuvlarining birinchi va ikkinchi nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Agentlikka topshirishlari kerak.
(206-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
207. FHDY boʻlimlari va nikoh uylari arxivlarida saqlanayotgan dalolatnoma yozuvlarining birinchi nusxalari kitoblar tarzida tikiladi, arxiv fondi hisobiga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusxalari Agentlik boshqarmalari orqali davlat statistika organlariga topshiriladi.
(207-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Dalolatnoma yozuvlari FHDY boʻlimlari va nikoh uylari arxivlari tomonidan alfavit daftarlariga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Alfavit daftarlari dalolatnoma yozuvlari asosida alohida ikki nusxada, shuningdek elektron tarzda yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
208. Agentlik boshqarmalarining FHDY arxivlari fondlari ularning hududiga tegishli FHDY organlari tomonidan qayd etilgan dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusxalaridan shakllantiriladi.
(208-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
209. Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari tomonidan qayd etilgan dalolatnoma yozuvlarining birinchi nusxalari Toshkent shahar Agentlik boshqarmasining FHDY arxivida, ikkinchi nusxalari esa — Toshkent viloyati Agentlik boshqarmasining FHDY arxivida saqlanadi. Ushbu dalolatnoma yozuvlari boʻyicha keyingi harakatlar mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda Toshkent shahar yoki Toshkent viloyati Agentlik boshqarmalarining FHDY arxivlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu dalolatnoma yozuvlari boʻyicha keyingi harakatlar mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda Toshkent shahar yoki Toshkent viloyati Agentlik boshqarmalarining FHDY arxivlari tomonidan amalga oshiriladi.
(209-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
210. FHDY organlari arxivi uchun alohida xona boʻlmaganda dalolatnoma yozuvlari daftarlari ish xonalarida temir shkaflarda saqlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
211. FHDY organlari arxivlari, daftarlar shkaflari ishdan tashqari vaqtda FHDY organining mansabdor shaxsi tomonidan muhrlab qoʻyilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
212. FHDY organlari arxivlarida dalolatnoma yozuvlari daftarlarini saqlash uchun zarur sharoitlarni yaratish Agentlik boshqarmalariga yuklanadi.
(212-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
213. FHDY organlaridan kelib tushgan xabarnomalar asosida dalolatnoma yozuvlariga kiritilgan barcha oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi belgilar Agentlik boshqarmasi FHDY arxivi mansabdor shaxsining imzosi bilan tasdiqlanishi va gerbli muhr bilan muhrlanishi kerak.
(213-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
214. Joʻnatilayotgan xabarnomalar FHDY organidan chiqayotgan xat va xabarnomalar daftarida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
215. FHDY organi arxivida dalolatnoma yozuvlari daftarlarining toʻliq saqlanishi uchun javobgarlik FHDY organi mudiri yoki FHDY organi arxivi uchun masʼul boʻlgan aniq xodim zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
216. Agentlik boshqarmalarining FHDY arxivlarida oʻlim haqidagi tibbiy guvohnomalar dalolatnoma yozuvlari bilan birga tikib qoʻyiladi.
(216-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
217. Agentlik boshqarmalari FHDY organi arxivlarini dalolatnoma yozuvlarini kitob shaklida tikish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar bilan taʼminlaydi.
(217-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
218. Agentlik boshqarmalarining FHDY organlari arxivlari keluvchilar uchun xonaga, ish xonasiga hamda dalolatnoma yozuvlari daftarlari saqlanadigan xonalarga ega boʻlishlari kerak.
(218-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Arxiv uchun ajratilgan xona temir stellajlar va temir javonlar bilan jihozlangan boʻlishi, uning eshiklari va derazalariga temir panjaralar oʻrnatilishi kerak.
219. Arxivga begona kishilarning kirishi, dalolatnoma yozuvlari bilan tanishishi, ulardan nusxalar, fotonusxalar olishi, ularga dalolatnoma yozuvlari daftarlarining berilishi qatʼiyan man etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
220. FHDY organi arxivlarida dalolatnoma yozuvlarining birinchi nusxalari ularning tuzilgan kunidan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi. Bu muddat tugagach, dalolatnoma yozuvlari daftarlari Agentlik boshqarmalarining FHDY arxivlariga topshiriladi.
(220-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
221. Agentlik boshqarmalarining FHDY arxivlari dalolatnoma yozuvlarining har ikkala nusxalarini bir-biri bilan solishtirib, zaruriy oʻzgartirishlar, tuzatishlar, qoʻshimchalar va belgilar kiritadilar, foydalanishga yaroqsiz holdagi dalolatnoma yozuvlarini almashtiradilar, belgilangan tartibda rasmiylashtiradilar va ularni doimiy saqlash uchun Markaziy davlat arxiviga topshiradilar.
(221-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
222. Agentlik boshqarmalarining FHDY arxivlarida qolgan dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusxalari muddati oʻtgach, dalolatnoma asosida yoqish yoʻli bilan yoʻq qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Saqlash muddatlari oʻtganligi sababli dalolatnoma yozuvlari daftarlarini yoʻq qilish haqidagi dalolatnoma Agentlik boshqarmasining boshligʻi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
(222-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
223. Dalolatnoma yozuvining birinchi nusxasi mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu yozuvning ikkinchi nusxasi saqlanayotgan Agentlik boshqarmasining FHDY arxivi tomonidan tegishli FHDY boʻlimiga yoki nikoh uyiga dalolatnoma yozuvining nusxasi yoki undan koʻchirma yuboriladi.
Zaruriyat boʻlganda, Agentlik boshqarmasining ushbu FHDY arxivi mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda ushbu dalolatnoma yozuviga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritadi hamda bu haqda tegishli FHDY boʻlimi yoki nikoh uyi arxiviga xabarnoma yuboradi.
(223-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
XV bob. FHDY organlari, Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari va fuqarolar yigʻinlarining hisoboti
Oldingi tahrirga qarang.
224. FHDY organlari dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusxalari bilan birga tugʻilish, oʻlim, nikoh tuzilganligi va nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga doir 97-shakl boʻyicha hisobotlarni qogʻoz va elektron shaklda har oyning 5-kunidan kechiktirmay tegishli Agentlik boshqarmalariga topshirishlari kerak.
(224-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
225. Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari har yarim yillikdan keyingi oyning 15-kunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Agentlikka qayd qilingan dalolatnoma yozuvlari va sarflangan gerbli guvohnomalar boʻyicha hisobot taqdim etadilar.
(225-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
226. Fuqarolar yigʻini raislari (oqsoqollari) tomonidan qayd etilgan dalolatnoma yozuvlarining har ikkala nusxasi 97-shakl boʻyicha 2 nusxada tuzilgan hisobot bilan birga keyingi oyning 2-kunidan kechiktirmay FHDY organiga topshiriladi. Hisobotning ikkinchi nusxasi fuqarolar yigʻinida saqlanadi.
227. FHDY organlarida qayd etilgan dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusxasiga tibbiy muassasalar tomonidan berilgan oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnomalar ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
228. Agentlik boshqarmasi FHDY organlaridan kelgan dalolatnoma yozuvlarining toʻldirilishining toʻgʻriligini tekshiradi va tekshirish paytida notoʻgʻri yoki noaniq toʻldirilgan dalolatnoma yozuvlari aniqlanganda, ularni tegishli FHDY organiga tuzatish uchun qaytaradi.
(228-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Tuzatish uchun qaytarilgan dalolatnoma yozuvlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vedomostdan oʻchirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik boshqarmasi dalolatnoma yozuvlarini har oyning 10-kunidan kechiktirmay Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tegishli hududiy statistika boshqarmasiga topshiradi.
(228-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
229. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy statistika boshqarmalari har chorakda oʻtgan oylarda qabul qilingan dalolatnoma yozuvlarini hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunidan kechikmay Agentlik boshqarmalariga topshirishlari kerak. Agentlik boshqarmalari tomonidan ushbu dalolatnoma yozuvlari kitoblar shaklida tikiladi va tegishli Agentlik boshqarmasining FHDY arxiviga topshiriladi.
(229-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
230. 97-shakldagi hisobot vedomosti 3 nusxada tuziladi. Ulardan ikkitasi dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusxasi bilan Agentlik boshqarmasiga topshiriladi, uchinchi nusxasi FHDY organida qoladi.
(230-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
231. FHDY organlari har chorakdan keyingi oyning 5-kunigacha Agentlik boshqarmasiga dalolatnoma yozuvlari boʻyicha 12-shakldagi, gerbli guvohnomalar boʻyicha esa 1-shakldagi 1-chorak, yarim yillik, 9 oylik va yillik hisobotlarni topshirishlari kerak.
(231-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
232. Agentlik boshqarmalari FHDY organlaridan olingan 1 va 12-shakllar boʻyicha hisobotlarni har chorak oʻtishi bilan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay umumlashtiradi.
(232-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
233. Agentlik boshqarmalari yillik hisobotlarni hisobot yilidan keyingi yilning 10-yanvaridan kechiktirmay Agentlikka topshirishi kerak.
(233-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
234. Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari tomonidan qayd etilgan dalolatnoma yozuvlarining ikkala nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Agentlikka chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay topshirilishi kerak.
(234-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
XVI bob. Gerbli guvohnomalarni hisobga olish va saqlash
235. Dalolatnoma yozuvlari asosida tartib raqami va seriyasi boʻlgan, FHDY organining muhri va mansabdor shaxsining imzosi qoʻyilgan gerbli guvohnomalar beriladi.
236. FHDY organlarida guvohnomalarning hisobga olinishi va ularning saqlanishi uchun ularning mudirlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida — ularning raislari, Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalarida esa — konsullar masʼul hisoblanadi.
237. Agar gerbli guvohnomalarning saqlanishi uchun masʼul shaxs uzrli sabablarga koʻra boʻlmaganda, u holda gerbli guvohnomalar dalolatnoma boʻyicha uning vazifasini vaqtincha ijro etayotgan mansabdor shaxsga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
238. Gerbli guvohnomalarning kamchiligi, nuqsonlari, yoʻqolganligi va oʻgʻirlanganligi toʻgʻrisida Agentlikka maxsus xabarnoma joʻnatiladi.
Gerbli guvohnomalar yoʻqolgan har bir holatda Agentlik boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi va aybdor shaxslarga nisbatan qonunchilikka muvofiq qatʼiy choralar koʻrilishi lozim.
(238-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
239. Gerbli guvohnomalarni hisobga olish va sarflash daftarlari aniq va ravshan toʻldirilishi kerak.
Gerbli guvohnomalarni sarflashda ularning raqamlari yozilishida ketma-ketlik qoidasini buzish, daftardagi yozuvlarni chizish va oʻchirish qatʼiyan man etiladi. Ushbu daftarlarga kiritilgan har bir tuzatish izohlanishi zarur.
240. Gerbli guvohnomalar muhrlanadigan seyflarda saqlanishi kerak.
XVII bob. FHDY organlari faoliyatini tekshirish
Oldingi tahrirga qarang.
241. Agentlik FHDY organlarining huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganadi.
(241-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
242. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Agentlik boshqarmalari FHDY boʻlimlari va nikoh uylarining faoliyatini har ikki yilda kamida bir marta tekshirishi lozim.
(242-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Keyingi tahrirga qarang.
243. FHDY organlari tomonidan dalolatnoma yozuvlari boʻyicha oʻzlariga hisob beruvchi fuqarolar yigʻinlari faoliyati bir yilda 1-marta tekshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 18-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi, shuningdek qarorga 1-ilova.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorlari)” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga 1-ilova 18-bandining “a” kichik bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ–255-son Qonuni) 2010-yil 28-dekabrdagi 319-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 12-son, 74-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Dafn etishga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 14-iyundagi 174-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2011-y., 6-son, 51-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Apostil qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 17-noyabrdagi 307-son qaroriga 2-ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2011-y., 11-son, 90-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 50-son, 566-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/270/1028-son, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son; 16.02.2019-y., 09/19/134/2621-son; 30.09.2019-y., 09/19/827/3827-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; 21.11.2020-y., 09/20/739/1522-son; 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son, 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son; 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)