Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 14.11.2016 yildagi 385-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjat 21.11.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qilishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 19-sentabrdagi PQ-2603-son qarori)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qilishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 19-sentabrdagi PQ-2603-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, moliya vaziri R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 14-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
385-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 385-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan eksport qilishdan tushgan xorijiy valyutani sotish majburiy boʻlgan tovarlar
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tovarning nomi

TIF TN kodi

1.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va yovvoyi oʻsimliklar*

0701 — 0709, 0714, 0801 — 0802, 0803 10 100 0, 0803 90 100 0, 0804 10 000 1, 0804 20 100 0, 0804 30 000 1, 0804 40 000 0 — 0804 50 000 1, 0805, 0806 10, 0807 — 0810, 12

2.

Tabiiy gaz**

2711 21

3.

Mis va misdan tayyorlangan buyumlar

74, 8544

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va yovvoyi oʻsimliklarni eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 25 foizi sotilishi majburiy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Shu jumladan tranzit”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 5-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda tushum tushishi yoki qaytarib olib kelish muddati toʻgʻridan-toʻgʻri eksport kontraktlari, shuningdek fermer va dehqon xoʻjaliklari, agrofirmalar va qayta ishlovchi korxonalar bilan tuzilgan vositachilik shartnomalari, tasdiqlangan bank akkreditivi ochish, yoxud chet elda ochilgan qoʻshma korxonalar va “Oʻzagroeksport” aksiyadorlik jamiyati ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasining savdo uylari nomiga birinchi darajali xorijiy bankning kafolatini rasmiylashtirish asosida “Oʻzagroeksport” aksiyadorlik jamiyati ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasining vositachilik shartnomalari boʻyicha yangi, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum va poliz mahsulotlari amalda eksport qilingan kundan boshlab 60 kundan ortiq boʻlmasligi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 6-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzagroeksport” aksiyadorlik jamiyati ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi tomonidan ustav fondida “Oʻzagroeksport” aksiyadorlik jamiyati ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasining ulushi kamida 51 foizni tashkil etadigan chet elda ochilgan qoʻshma korxonalar va “Oʻzagroeksport” aksiyadorlik jamiyati ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi savdo uylarining manziliga eksport qilinganda yetkazib berilishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-iyundagi 207-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Meva-sabzavot mahsulotlari yuklab joʻnatilgan meva-sabzavot mahsulotlari qiymatining kamida 30 foizini oldindan toʻlash shartlarida eksport qilinadi, qolgan qismiga esa tasdiqlangan bank akkreditivi ochiladi, yoxud birinchi darajali xorijiy bankning kafolati rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzagroeksport” aksiyadorlik jamiyati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzagroeksport” aksiyadorlik jamiyatining chet elda ochilgan qoʻshma korxonalari va savdo uylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha ishonchli va uzoq muddatli sheriklar hisoblangan yetakchi xorijiy import qiluvchi tashkilotlar manziliga meva-sabzavot mahsulotlarini oldindan haq toʻlanmasdan, tasdiqlangan bank akkreditivi ochmasdan, yoxud birinchi darajali xorijiy bankning kafolatini rasmiylashtirmasdan eksport qilish huquqiga egadir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 13-bandning birinchi xatboshidagi “50” raqami “25” raqamiga almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “50” raqami “75” raqamiga almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshidagi “50” raqami “25” raqamiga almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 46-son, 530-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2017-y., 09/17/984/0419-son; 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)