Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-son Qonunining 6-moddasi)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-son Qonunining 6-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 9-noyabr,
383-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-noyabrdagi 383-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 165-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 46-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 5-bandning beshinchi xatboshidagi “geologiya-qidiruv ishlarining uzoq muddatli (3 yildan ortiq davrga), oʻrta muddatli (3 yilgacha boʻlgan davrga) hamda har yilgi dasturlarini” soʻzlari “mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning uzoq muddatli (3 yildan ortiq davrga), oʻrta muddatli (3 yilgacha boʻlgan davrga) hamda har yilgi davlat dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandda:
beshinchi xatboshidagi “geologiya-qidiruv ishlari dasturlarini” soʻzlari “mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning davlat dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning uzoq muddatli va oʻrta muddatli davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida Davlat geologiya qoʻmitasi tizimi boʻyicha mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning har yilgi davlat dasturlarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi”;
yettinchi xatboshidagi “geologiya-qidiruv ishlarining uzoq muddatli, oʻrta muddatli va har yilgi dasturlarini” soʻzlari “mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning uzoq muddatli, oʻrta muddatli va har yilgi davlat dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “geologiya-qidiruv ishlarining tasdiqlangan dasturlariga” soʻzlari “mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning tasdiqlangan davlat dasturlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn oltinchi xatboshidagi “geologiya-qidiruv ishlarining” soʻzlari “mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yigirmanchi xatboshidagi “alohida” soʻzi chiqarib tashlansin;
v) 12-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “geologiya-qidiruv ishlarining uzoq muddatli, oʻrta muddatli hamda har yilgi dasturlarini” soʻzlari “mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning uzoq muddatli, oʻrta muddatli hamda har yilgi davlat dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, “Navoiy KMK” davlat korxonasi va “Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshiriladigan geologiya-qidiruv ishlari dasturlarini shakllantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 30-maydagi 152-son qarorida:
a) qarorning nomidagi, muqaddimadagi, 1 va 3-bandlardagi “geologiya-qidiruv ishlari dasturlariga” soʻzlari “mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning davlat dasturlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovada:
ilovaning nomidagi va 1-banddagi “geologiya-qidiruv ishlari dasturlariga” soʻzlari “mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning davlat dasturlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “geologiya-qidiruv ishlari dasturlariga (keyingi oʻrinlarda “GQI Dasturi” deb ataladi)” soʻzlari “mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning davlat dasturlariga (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3, 4, 7-bandlardagi, III boʻlimning nomidagi, 8-bandning birinchi xatboshidagi, 9-bandning birinchi xatboshidagi, IV boʻlimning nomidagi, 10-banddagi, 11-bandning birinchi xatboshidagi, 16, 17-bandlardagi, V boʻlimning nomidagi, 18 va 19-bandlardagi, 20-bandning birinchi xatboshidagi, 21-29-bandlardagi, 31, 33, 34-bandlardagi, 35-bandning birinchi xatboshidagi, 39 va 40-bandlardagi “GQI” qisqartmasi chiqarib tashlansin;
1-ilovada:
belgilashdagi “geologiya-qidiruv ishlari dasturlariga” soʻzlari “mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning davlat dasturlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ilovaning nomidagi, “Tadbirlar” ustunining 2 — 8-bandlaridagi “GQI” qisqartmasi chiqarib tashlansin;
2-ilovada:
belgilashdagi “geologiya-qidiruv ishlari dasturlariga” soʻzlari “mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning davlat dasturlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ilovaning nomidagi “geologiya-qidiruv ishlari dasturlariga” soʻzlari “mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning davlat dasturlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“GQI” Dasturiga kiritiladigan obyektlar boʻyicha geologik topshiriq” ustunining nomidagi “GQI” qisqartmasi chiqarib tashlansin;
3 — 5-ilovalarning belgilashidagi “geologiya-qidiruv ishlari dasturlariga” soʻzlari “mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning davlat dasturlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-ilovada:
belgilashdagi “geologiya-qidiruv ishlari dasturlariga” soʻzlari “mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning davlat dasturlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ilovaning nomidagi, “Tadbirlar” ustunining 1 — 9, 11 — 13-ustunlaridagi “GQI” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar roʻyxatining 107-pozitsiyasining “Sodir etilishi va (yoki) amalga oshirilishi uchun ruxsat beruvchi tusdagi hujjat zarur boʻlgan xatti-harakat va (yoki) muayyan faoliyat” ustunidagi “alohida” soʻzi chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boʻyicha geologiya-qidiruv ishlari dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 14-avgustdagi 230-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 86-modda):
a) qarorning nomidagi, 1-band va 2-bandning birinchi xatboshidagi “geologiya-qidiruv ishlari dasturlariga” soʻzlari “mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning davlat dasturlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovada:
ilovaning nomidagi va 1-banddagi “geologiya-qidiruv ishlari dasturlariga” soʻzlari “mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning davlat dasturlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “geologiya-qidiruv ishlari dasturlariga (keyingi oʻrinlarda “GQI dasturi” deb ataladi)” soʻzlari “mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning davlat dasturlariga (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3 — 6-bandlardagi, 9-bandning birinchi va toʻrtinchi xatboshidagi, III boʻlimning nomidagi, 10-banddagi, 11-bandning birinchi xatboshidagi, 12-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi, 13-bandning birinchi xatboshidagi, IV boʻlimning nomidagi, 15-banddagi, 16-bandning birinchi xatboshidagi, 19-banddagi, V boʻlimning nomidagi, 20 — 22, 24, 28 va 29-bandlardagi “GQI” qisqartmasi chiqarib tashlansin;
14-bandda:
“GQI dasturi” va GQI dasturlar” soʻzlari tegishli ravishda “Dastur” va “dasturlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“amalga oshirilgan GQI” soʻzlari “amalga oshirilgan geologiya-qidiruv ishlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23-banddagi “GQIga” soʻzi “geologiya-qidiruv ishlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovada:
belgilashdagi “geologiya-qidiruv ishlari dasturlariga” soʻzlari “mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning davlat dasturlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ilovaning nomidagi, “Tadbirlar” ustunining III, IV, V va VI boʻlimlaridagi “GQI” qisqartmasi chiqarib tashlansin;
2-ilovada:
belgilashdagi “geologiya-qidiruv ishlari dasturlariga” soʻzlari “mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning davlat dasturlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ilovaning nomidagi, “Tadbirlar” ustunining I, II, III, IV, V, VI, VII va VIII boʻlimlaridagi “GQI” qisqartmasi chiqarib tashlansin;
3, 4 va 5-ilovalarning belgilashlaridagi “geologiya-qidiruv ishlari dasturlariga” soʻzlari “mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning davlat dasturlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 45-son, 525-modda; 2017-y., 28-son, 664-modda; 20.05.2020-y., 09/20/297/0616-son)