Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining davlat korxonalari va muassasalari hisobi va reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 4-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1708-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2021-yil 26-avgustdagi 01/11-22/09-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasining davlat korxonalari va muassasalari hisobi va reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1708-3, 08.09.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-son “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2007-yil 13-iyuldagi 01/16-712-son qarori (roʻyxat raqami 1708, 2007-yil 3-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 35-36-son, 366-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining davlat korxonalari va muassasalari hisobi va reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror 2017-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
Rais D. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2016-yil 25-oktabr,
01/14-26/42-son
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 25-oktabrdagi 01/14-26/42-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining davlat korxonalari va muassasalari hisobi va reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-ilovadagi “XXTUT kodi” degan soʻzlar “IFUT kodi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 3-ilovadagi “XXTUT kodi” degan soʻzlar “IFUT kodi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 4-ilovadagi “XXTUT kodi” degan soʻzlar “IFUT kodi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2016-yil 11-oktabr
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TURAYEV
2016-yil 11-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 44-son, 519-modda)