O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-son “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uylar hamda boshqa tibbiy-ijtimoiy muassasalar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2016-yil 27-apreldagi 50-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2785, 2016-yil 12-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 19-son, 217-modda) bilan tasdiqlangan Yolg‘iz keksalar va nogironlarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylariga rasmiylashtirish qoidalari ilovasining 6-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.