Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan chegirma qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 26-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2835]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 13-maydagi 12-sonli ““Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan chegirma qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2835-4, 24.05.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan chegirma qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 5-oktabr,
77-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 5-oktabrdagi 77-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan chegirma qilish tartibi toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 65-moddasi va Fuqarolik kodeksining 1030-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari (bundan buyon matnda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi deb yuritiladi) tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan chegirmalarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan chegirmalar:
sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari (mulkiy undirishlar borasida), notarial idoralarning ijro varaqalari hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq ijrosi sud hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladigan boshqa hal qiluv qarorlari va qarorlar asosida;
Keyingi tahrirga qarang.
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining qaroriga binoan — pensioner yoki nafaqa oluvchiga uning tomonidan qilingan suiisteʼmolliklar oqibatida (qasddan notoʻgʻri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan oila aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar taqdim etmaslik natijasida) yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar miqdoridan ortiqcha pullar toʻlangan taqdirda qilinishi mumkin.
2. Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan mazkur Yoʻriqnomaning 1-bandida koʻrsatib oʻtilganidan tashqari boshqa hech qanday chegirmalar qilish mumkin emas.
3. Mazkur Yoʻriqnomaning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan asoslar boʻyicha chegirmalar pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar (bundan buyon matnda pensiya va nafaqalar deb yuritiladi) toʻlanishi lozim boʻlgan pulning 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda amalga oshiriladi.
Pensioner yoki nafaqa oluvchi qarzdorlikni qoplash uchun uning yozma arizasiga muvofiq pensiya va nafaqalar summalarini koʻproq miqdorda, shu jumladan toʻliq miqdorda yoʻnaltirish huquqiga ega. Pensioner yoki nafaqa oluvchining yozma arizasida u tomonidan belgilangan foiz koʻrinishidagi miqdor yoki qatʼiy summa koʻrsatiladi.
Pensioner yoki nafaqa oluvchi yangi yozma ariza taqdim etish orqali qarzdorlikni qoplashga yoʻnaltirilayotgan summalar miqdorini oʻzgartirishi mumkin.
4. Pensiya va nafaqalardan chegirmalar pensiya va nafaqa toʻlash uchun qaydnomalarni shakllantirishda oʻtgan oyning 25-sanasiga qadar kelib tushgan (qabul qilingan) ijro hujjatlari yoki Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan qabul qilingan qaror boʻyicha amalga oshiriladi.
5. Bir nafar pensioner yoki nafaqa oluvchiga nisbatan bir nechta ijro hujjatlari kelib tushganda pensiya va nafaqalardan chegirmalar Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 80-moddasiga muvofiq navbat tartibida amalga oshiriladi.
Bunda mazkur Yoʻriqnomaning 1-bandi uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha pensiya va nafaqalardan chegirmalar Pensiya jamgʻarmasiga toʻlanadigan talablar hisoblanib, birinchi navbatda qanoatlantiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 79-moddasi ikkinchi qismiga asosan har bir keyingi navbatdagi talablar oʻzidan oldingi navbatdagi talablar toʻliq qondirilgandan keyin qanoatlantiriladi.
Undirilgan summa bir navbatdagi barcha talablarni toʻla qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmasa, ular har bir undiruvchiga tegishli summaga mutanosib ravishda qanoatlantiriladi.
1-misol.
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga pensionerning kommunal toʻlovlar boʻyicha qarzdorligini qoplashga doir ijro hujjati kelib tushdi. Shu bilan birga Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan uning qaroriga muvofiq pensiyadan pensioner tomonidan ishga joylashganligini yashirish oqibatida ortiqcha toʻlangan summalar boʻyicha yuzaga kelgan qarzdorlikni qoplash uchun pensiya summasining 30 foiz miqdorida chegirma amalga oshirilib kelinmoqda. Bu holatda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining qarori asosida Pensiya jamgʻarmasiga toʻlanadigan talablar birinchi navbat talabi, kommunal toʻlovlardan qarzdorlik esa beshinchi navbat talabi ekanligini hisobga olgan holda, tegishlicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi qarori asosida chegirmalar pensiya summasining 30 foiz miqdorida, ijro hujjati boʻyicha esa 20 foiz miqdorida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-misol.
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga birinchi navbat talabi hisoblangan ikki farzand uchun alimentlar undirish boʻyicha pensiyadan chegirma qilish yuzasidan ijro hujjati kelib tushdi. Mazkur holatda pensiyadan chegirma quyidagi tartibda taqsimlanadi: ijro hujjati boʻyicha chegirma pensiya summasining 33 foiz miqdorida, Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi qarori asosida esa 17 foiz miqdorida.
2-bob. Sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari (mulkiy undirishlar borasida), notarial idoralarning ijro varaqalari va boshqa hal qiluv qarorlari va qarorlari asosida pensiyalardan chegirmalar qilish
6. Mazkur Yoʻriqnomaning 1-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan asos boʻyicha pensiya va nafaqalardan chegirmalar qilish toʻgʻrisida hujjatlar vakolatli organlar tomonidan bevosita pensioner yoki nafaqa oluvchi hisobda turgan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga chegirma qilish va chegirib qolingan summalarni qarzdor hisobidan undiruvchiga koʻchirib berish qarori ilova qilingan xat bilan yuboriladi.
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ham yuborilishi mumkin.
7. Pensiya va nafaqalardan chegirma qilish toʻgʻrisida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga kelib tushgan hujjatlar Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhi masʼul xodimi tomonidan koʻrib chiqiladi va ijroga qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Masʼul xodim bir ish kuni davomida ijro hujjatida koʻrsatilgan pensioner yoki nafaqa oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismini, shuningdek ijro hujjati va talabnomadagi yashash manzili va summani oʻzaro solishtiradi.
Ijro hujjatini ijro uchun qabul qilish imkoniyati boʻlmagan holatda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi ijro hujjatini rasmiylashtirgan vakolatli organga sababini (ijro hujjatini rasmiylashtirganda xatolikni aniqlaganda, chegirmalarni koʻchirib oʻtkazish uchun undiruvchi haqida toʻliqsiz maʼlumot mavjud boʻlganda, ijro qilish joyi boʻyicha ijro hujjati taqdim etilmaganda) koʻrsatgan holda hujjatlarni uch ish kuni davomida qaytaradi.
9. Chegirmalarni koʻchirib berish ijro hujjatiga talabnomada koʻrsatilgan manzil asosida amalga oshiriladi. Chegirib qolingan summalar undiruvchiga koʻchirib berish xarajatlarini hisobga olgan holda qarzdor hisobidan amalga oshiriladi. Pul oʻtkazmalarini koʻchirib oʻtish uchun haq pensiya, nafaqa, kompensatsiya va boshqa toʻlovlarni toʻlash xizmatlari uchun Pensiya jamgʻarmasi Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tarif boʻyicha undiriladi.
3-bob. Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi qarorlari asosida pensiya va nafaqalardan chegirmalar qilish
10. Pensiya va nafaqalardan chegirmalar pensioner yoki nafaqa oluvchiga uning tomonidan qilingan suiisteʼmolliklar oqibatida (qasddan notoʻgʻri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan oila aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar taqdim etmaslik natijasida) yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida ortiqcha toʻlangan summalar boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya tayinlash komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) qarori asosida amalga oshiriladi.
Komissiya qarori loyihasi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhi tomonidan tayyorlanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaning (roʻyxat raqami 2657, 2015-yil 5-mart) 6-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha rasmiylashtirilib, unda summalarni toʻlovchi (pensioner yoki nafaqa oluvchi), ortiqcha toʻlashning sababi va davri, chegirmaning har oylik summasi yoki foizi koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Suiisteʼmollik deganda pensioner yoki nafaqa oluvchining pensiya va nafaqalar summalarini ortiqcha olishga qaratilgan harakatlari tushuniladi.
Hisoblashdagi xato deb pensiya va nafaqalarni hisoblashdagi arifmetik harakatlar (qoʻshish, ayrish, boʻlish, koʻpaytirish) bilan bogʻliq xato, dasturiy taʼminotga maʼlumotlarni kiritishdagi mexanik xato, shuningdek, dasturiy taʼminot ishidagi buzilish oqibatidagi xato tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Texnik xato deb dasturiy taʼminotga maʼlumotlarni notoʻgʻri kiritish bilan bogʻliq xato eʼtirof etiladi. Bunday xato deb, shuningdek pensiya taʼminotiga oid imtiyozlarni qoʻllashda notoʻgʻri sharhlash (uslubiy kitob, qoʻllanma va koʻrsatma xatlar foydalangan holda), pensiya hisoblash uchun qoʻllaniladigan ish haqini qayta hisoblashda koeffitsiyentlarni notoʻgʻri tanlash, pensiya va nafaqalarni hisoblash uchun boshlangʻich maʼlumotlarni notoʻgʻri koʻrsatish, pensiya va nafaqalarni ikki marotaba oʻtkazib yuborish, bir davr uchun bir nechta asoslarga koʻra toʻlashni amalga oshirish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hisob-kitob qoidalariga rioya etmaslik ham tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Komissiya qarori asosida chegirmalar quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida — 10 foiz;
qasddan notoʻgʻri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi yoki nafaqasi tayinlangan oila aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar taqdim etmaslik natijasida, pensiya va nafaqalar toʻlangan vaqtda ishga joylashganligini yashirish — 30 foiz;
Keyingi tahrirga qarang.
eng kam ish haqining ikki barobaridan kam miqdorda pensiya yoki nafaqa oluvchi shaxslar boʻyicha — 5 foiz (mazkur bandning uchinchi xatboshisida koʻrsatib oʻtilgan holatlardan tashqari).
Keyingi tahrirga qarang.
Chegirma miqdori sud qarori bilan belgilangan holatlarda, chegirma sud qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Pensioner Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining ortiqcha toʻlangan pensiya summasini ushlab qolish toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, aniqlangan qarzdorlik u aniqlangan sanadan boshlab koʻpi bilan uch yil uchun sud orqali undiriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 12-fevraldagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2835-1, 21.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2018-y., 10/18/2835-1/0796-son)
Sudga daʼvo arizasi kiritilganda chegirma qilish toʻgʻrisidagi komissiya qarori toʻxtatib turiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Pensiya (nafaqa)dan ortiqcha toʻlangan summalar boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlganda pensiya va nafaqalardan chegirmalar pensioner (nafaqa oluvchi) vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya va nafaqalar summalari, shuningdek ijtimoiy (pensiya) taʼminoti toʻgʻrisida xalqaro shartnomalar tuzilmagan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisidagi davlatga doimiy yashash uchun joʻnab ketishgacha olti oy avval beriladigan pensiya summalaridan ham amalga oshiriladi.
15. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda pensiya va nafaqalar toʻlash toʻxtatilganda qolgan qarz sud tartibida undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Pensiya va nafaqalardan chegirmalar qilish toʻgʻrisida hujjatlarning hisobini yuritish
16. Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya va nafaqa toʻlovi monitoringi guruhi mazkur Yoʻriqnomaning 1-bandida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha amalga oshirilayotgan pensiya va nafaqalardan chegirmalarni pensiya va nafaqalardan chegirma qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan vakolatli organning koʻrsatmasi boʻlmasa kamaytirish yoki koʻpaytirish, shuningdek toʻxtatib turish huquqiga ega emas.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Barcha chegirmalarni hisoblab chiqarishda qayta hisoblashlarda aniqlangan pensiya va nafaqalar qoʻshimchalari summalari ham kiritilishi lozim. Agar, pensiya yoki nafaqa miqdori kamaytirilsa, toʻlangan summalar joriy oyda chegirma qilinishida hisobga olinishi mumkin emas.
3-misol.
Joriy oyda pensionerga toʻlanishi lozim boʻlgan pensiya va nafaqa summasi 500 000 soʻmni tashkil etadi. Ushbu pensiya yigʻmajildi boʻyicha 25 foiz miqdorida aliment chegirib qolinmoqda.
Pensiya miqdorini qayta hisoblash natijasida oʻtgan oylar uchun 1 200 000 soʻm miqdorida toʻlanmay qolgan pensiya aniqlandi. Ushbu holatda alimentlarni olinmay qolgan summalarni hisobga olgan holda yaʼni 1 700 000 (500 000 + 1 200 000) soʻmdan aniqlash lozim boʻladi. Shunday qilib, chegirib qolinadigan alimentlar summasi 425 000 soʻmni, pensionerga toʻlangan summa esa 1 275 000 soʻmni tashkil etadi.
4-misol.
Joriy oyda pensionerga toʻlanishi lozim boʻlgan pensiya va nafaqa summasi 500 000 soʻmni tashkil etadi. Ushbu pensiya yigʻmajildi boʻyicha 25 foizi miqdorida aliment chegirib qelinmoqda. Pensiya (nafaqa)ni qayta hisoblash asosida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi komissiyasi qaroriga asosan 100 000 soʻm miqdorida ortiqcha toʻlangan summa aniqlandi.
Ushbu holatda chegirma qilingan aliment summasi 500 000 soʻmdan 25 foizni yaʼni 125 000 soʻmni tashkil etadi. Qolgan 375 000 (500 000 — 125 000) soʻmdan ortiqcha toʻlangan summa 100 000 soʻm chegirib qolinadi. Shunday qilib pensionerga 275 000 soʻm toʻlanadi.
18. Ijro hujjatlari qatʼiy hisobda turuvchi hujjatlar hisoblanadi va Pensiya (ijtimoiy nafaqa)dan chegirmalar toʻgʻrisida ijro hujjatlarini roʻyxatga olish kitobida roʻyxatga olinadi.
19. Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya va nafaqa toʻlovi monitoringi guruhi pensionerning yoki nafaqa oluvchining yashash joyi Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida oʻzgarganligi toʻgʻrisida maʼlumot olganda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya va nafaqa toʻlovi monitoringi guruhi pensiya yigʻmajildini unda ortiqcha toʻlangan pensiya va nafaqalarning qoldiq summasini koʻrsatgan holda pensionerning yoki nafaqa oluvchining yangi yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ijro hujjati nusxasi pensionerning yoki nafaqa oluvchining avvalgi yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimida qoladi, asl nusxasi esa pensionerning yoki nafaqa oluvchining yangi yashash joyini koʻrsatgan holda ijro hujjatini yuborgan tegishli organga qaytariladi.
20. Agar pensioner yoki nafaqa oluvchi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarisiga doimiy yashash uchun ketganda ijro hujjati hujjatni qaytarish sababini koʻrsatgan holda ilova qilingan xat bilan sudning topshirigʻiga asosan ijro hujjati hisobga olingan joy boʻyicha uni yuborgan tegishli organga, u mavjud boʻlmaganda esa ijro hujjatini yozib bergan sudga yuboriladi.
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya va nafaqa toʻlovi monitoringi guruhi tomonidan pensiya va nafaqalardan chegirmalar qilish masalalari boʻyicha yuqorida koʻrsatilgan manzillarga yuboriladigan xatlar nusxalari sud organlari bilan yozishmalar yigʻmajildiga tikib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Pensionerning davlat oldida u tomonidan sodir etilgan suiisteʼmolliklar (qasddan notoʻgʻri maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjatlar taqdim etilishi, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan oila aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etilmasligi) natijasida pensiyalar summasining ortiqcha toʻlanishi boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlganda pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildi yetkazilgan zarar toʻliq qoplangandan soʻng beriladi.
21. Ijro hujjati boʻyicha undirilishni tamomlanishi (koʻrsatilgan summaning toʻliq undirilishi, ijro hujjatini yuborgan organ tomonidan qaytarib olinishi yoki sud tomonidan belgilangan muddat boʻyicha alimentlarning undirilishi) yuzasidan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhi masʼul xodimi pensionerning yoki nafaqa oluvchining shaxsiy kartochkasi boʻyicha amalga oshirilgan chegirmalarning toʻgʻriligini tekshiradi.
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhi masʼul xodimi pensionerning yoki nafaqa oluvchining shaxsiy kartochkasida ijro hujjatida chegirma qilingan summa yoki chegirma amalga oshirilgan sanani koʻrsatgan holda amalga oshirilgan undirishlar toʻgʻrisida belgi qoʻyadi, uni imzo bilan tasdiqlaydi, ijro hujjatini yuborgan sud yoki boshqa organga ilova xatini rasmiylashtiradi, va Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhi rahbariga tekshirish uchun taqdim etadi.
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhi rahbari chegirmalar yopilishining asosliligini va hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilganligini tekshiradi.
Ijro hujjati Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi imzosi va Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi muhri bilan tasdiqlanadi hamda masʼul xodimga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Undirish toʻliq amalga oshirilgan ijro hujjatlari ijro hujjatini yuborgan tegishli organga qaytariladi.
Sud tomonidan ijro hujjatlarini qaytarish boʻyicha boshqacha tartib belgilangan boʻlsa, qaytarish sud koʻrsatmasiga asosan amalga oshiriladi.
Ijro hujjati qaytarib olingan holatda esa uni qaytarib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan vakolatli organga qaytariladi.
23. Pensiya va nafaqalarni toʻlash quyidagi sabablarga koʻra toʻxtatib turilganda (toʻxtatilganda):
pensiya (nafaqa) tayinlash shartlari qayta koʻrilganda — ijro hujjati (ariza) Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhida toʻlov uchun yangi hujjat kelib tushgunga qadar saqlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
pensiya va nafaqa toʻlash toʻxtatilganda (pensioner yoki nafaqa oluvchi vafoti, tayinlangan pensiya (nafaqa)ga huquqi yoʻqolganda, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga doimiy yashash uchun ketganda) — Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhi ijro hujjatini uni yuborgan organga qaytaradi;
Keyingi tahrirga qarang.
pensioner yoki nafaqa oluvchi ishga joylashgan taqdirda — Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhi ijro hujjatini uni yuborgan organga qaytaradi;
Keyingi tahrirga qarang.
nogironlik pensiyasi va nafaqasini toʻlash muddati tugaganda — ijro hujjati (agar uning amal qilish muddati tugamagan boʻlsa) Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhida pensiya (nafaqa) toʻlash uchun yangi hujjat kelgunga qadar saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar nogironlik pensiyasi va nafaqasini toʻlash muddati tugagan kundan boshlab ikki oy ichida yangi hujjat qabul qilinmasa, Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhi ijro hujjatini uni yuborgan organga qaytaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Yakuniy qoida
24. Mazkur Yoʻriqnoma talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 43-son, 510-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2018-y., 10/18/2835-1/0796-son; 16.10.2019-y., 10/19/2835-2/3921-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son, 18.04.2022-y., 10/22/2835-3/0317-son)