Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.06.2021 31.03.2016 yildagi 363-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxoro viloyati Buxoro tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Sogʻlom ona va bola yili” tuman dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Buxoro viloyat hokimining 2021-yil 2-iyundagi 242-sonli “Shaharlar va tumanlar hokimliklarining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil Oʻzbekiston Respublikasida “Sogʻlom ona va bola yili” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-fevraldagi PQ-2487-sonli “Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 7-son, 62-modda) hamda viloyat hokimining 2016-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-fevraldagi PQ-2487-sonli “Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qarorini viloyatda ijrosini tashkil etish haqida”gi (“Buxoronoma” gazetasi 19-son 02.03.2016-yil) qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-fevraldagi PQ-2487-sonli “Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi hamda viloyat hokimining 2016-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-fevraldagi PQ-2487-sonli “Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qarorini viloyatda ijrosini tashkil etish haqida”gi qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Sogʻlom ona va bola yili” tuman dasturi 1-ilovaga, tuman dasturining ijrosini tashkil etish va uning monitoringini yuritish tizimi 2-ilovaga, tuman dasturida belgilangan tadbirlar ijrosini tashkil etish va monitoringini yuritish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 3-ilovaga, dasturning har bir boʻlimlari ijrosini tashkil etish boʻyicha kichik ishchi guruhlari tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman dasturiga kiritilgan tadbirlar toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi uchun mutasaddi tashkilot va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari darajasida ishlar muvofiqlashtirilishini, tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatilishini;

har chorakda dasturning amalga oshirilishiga doir maʼlumotlarni tuman faollari yigʻilishi muhokamasiga kiritilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tumandagi tashkilot va idoralar rahbarlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda tuman dasturiga kiritilgan tadbirlarning toʻliq, oʻz vaqtida bajarilishini tashkil etish bilan har kuni shaxsan shugʻullansinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman dasturining ijrosi boʻyicha 3-ilovaga muvofiq boʻlimlarga biriktirilgan masʼullarga oʻzlariga tegishli dastur boʻlimlarida belgilangan vazifalar ijrosini doimiy nazoratga olib, amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha tuman komissiyasiga har oyning 25-sanasiga qadar axborot berib borish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Galaosiyo ovozi” gazetasi (B. Rajabov) hamda boshqa ommaviy axborot vositalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi oʻrtasida tuman dasturining maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish boʻyicha asosiy yoʻnalishlar va chora-tadbirlarni muntazam va keng koʻlamda yoritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumandagi tashkilot va idoralar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tuman dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishda amalda ishtirok etishi va aniq ulush qoʻshishi aks ettirilgan holda uning amalga oshirilishidan keng jamoatchilik doimiy ravishda xabardor qilinishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror “Galaosiyo ovozi” gazetasida eʼlon qilinsin hamda hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim H. RAVShANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 31-mart,

363-son