Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 21-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1602-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/7-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3428, 20.04.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 15-iyundagi 13/6-son qarori (roʻyxat raqami 1602, 2006-yil 24-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2016-yil 17-sentabr,
28/5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 17-sentabrdagi 28/5-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Banklarda kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritishda “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi” (roʻyxat raqami 773-17, 2004-yil 13-avgust), hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi”dagi quyidagi hisobvaraqlardan foydalaniladi:
10101 — Aylanma kassadagi naqd pullar
10102 — Naqd pullar zaxirasi
10103 — Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar
10107 — Bankomatlardagi naqd pullar
10109 — Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari
10111 — Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd pullar
10198 — Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi
10307 — Markaziy bankdan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Naqd pullar
10311 — Markaziy bankka topshirilgan naqd pullar uchun olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar
10507 — Boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Naqd pullar
10511 — Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar
16101 — Bosh bank/filiallardan olinadigan mablagʻlar — Naqd pullar
16103 — Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar
16103 — Markaziy bank/filial/agentliklarning filiallararo va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlari (Markaziy bank)
16111 — Bosh bank/filialdan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha olish
17301 — Tranzit hisobvaraqlari
17401 — Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar boʻyicha hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari
19903 — Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar
19935 — Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul boʻyicha kamomadlar
21008 — Boshqa banklarga berilishi lozim boʻlgan — Naqd pullar
21012 — Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha boshqa banklarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar
21307 — Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablagʻlar (Markaziy bank)
21314 — Rezident banklari tomonidan topshirilgan naqd pul uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar (Markaziy bank)
22202 — Bosh bank/filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Naqd pullar
22212 — Bosh bank/filiallarga jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha toʻlanadigan mablagʻlar
23116 — Naqd pullar boʻyicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari
23122 — Xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kassalariga naqd pullarni topshirgan jismoniy shaxsning plastik kartalaridan foydalangan holda oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlar boʻyicha tranzit hisobvaraqlari
23504 — Plastik kartalardan berilgan naqd pullar, jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga oʻtkazilgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar
29804 — Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari
29816 — Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar
29824 — Naqd pul mablagʻlari boʻyicha jismoniy shaxslarning maqsadli hisob-kitoblari
Ushbu hisobvaraqlardan mijozlarning depozit, bank plastik karta va kredit hisobvaraqlari bilan buxgalteriya oʻtkazmalarini amalga oshirishda foydalaniladi.”.
2. 2-boʻlim nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bank kassalarida amalga oshiriladigan kirim va chiqim amallarining buxgalteriya hisobi”.
3. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Bank kassalariga naqd pullar kirim qilinganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
a) qonun hujjatlariga muvofiq bank mijozlari boʻlgan xoʻjalik subyektlari tomonidan naqd pullarni bevosita olib kelish yoʻli bilan hamda jismoniy shaxslar tomonidan omonatlarga naqd pullar topshirilganda:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd pullar”
Kredit “Mijozlarning depozit hisobvaragʻi”;
b) jismoniy shaxslar tomonidan bir martalik toʻlovlar (soliq toʻlovlari, jarimalar, kommunal va boshqa toʻlovlar) uchun naqd pullar topshirilganda:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd pullar”
Kredit 29824 — “Naqd pul mablagʻlari boʻyicha jismoniy shaxslarning maqsadli hisob-kitoblari”;
v) jismoniy shaxslar tomonidan kreditni qaytarish uchun naqd pullar topshirilganda:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd pullar”
Kredit “Mijozlarning tegishli kredit hisobvaragʻi”
yoki
Kredit 12599 — “Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” va 14999 — “Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” (balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinayotgan kredit toʻlanganda);
g) jismoniy shaxslar tomonidan olingan kreditlar boʻyicha foizlar toʻlovi uchun naqd pul topshirilganda:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd pullar”
Kredit 16309 — “Kreditlar boʻyicha hisoblangan foizlar”
yoki
Kredit 16377 — “Shartnomaga koʻra hisoblab yozilgan, biroq muddatida toʻlanmagan olinishi lozim boʻlgan foizlar”
yoki
Kredit 42005 — “Jismoniy shaxslarga berilgan muddati oʻtgan kreditlar boʻyicha foizli daromadlar” (balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinayotgan foizlar toʻlanganda);
d) jismoniy shaxslar tomonidan olingan kreditlar boʻyicha vaqtida toʻlanmagan foizlar uchun penya va jarimalar naqd pulda toʻlanganda:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd pullar”
Kredit 16405 — “Hisoblangan jarima va penyalar”;
e) jismoniy shaxslar tomonidan oʻzlarining plastik kartalariga kirim qilish uchun naqd pul topshirilganda:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd pullar”
Kredit 23116 — “Naqd pullar boʻyicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari” va 23122 — “Xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kassalariga naqd pullarni topshirgan jismoniy shaxsning plastik kartalaridan foydalangan holda oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlar boʻyicha tranzit hisobvaraqlari”
Debet 23116 — “Naqd pullar boʻyicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari” va 23122 — “Xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kassalariga naqd pullarni topshirgan jismoniy shaxsning plastik kartalaridan foydalangan holda oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlar boʻyicha tranzit hisobvaraqlari”
Kredit 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlari” va 22617 — “Pensionerlarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlar”;
j) bank xizmat haqi uchun mijozlar tomonidan bank kassasiga naqd pul topshirilganda:
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 4XXXX — Tegishli daromadlar hisobvaragʻi”.
4. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Bank kassasidan mijozlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, dividendlar, xizmat safari xarajatlari, nafaqa va moddiy yordam pullari, shuningdek, qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa toʻlovlar boʻyicha naqd pul berilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali amalga oshiriladi.
Debet “Mijozlarning depozit va kredit hisobvaraqlari”
Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Bank binosida joylashmagan amaliyot (operatsion) kassalaridagi naqd pullar”.
5. Quyidagi tahrirdagi 31, 32 va 33-bandlar bilan toʻldirilsin:
“31. Bank kassasidan mazkur filial mijozi boʻlgan jismoniy shaxs plastik kartalaridan naqd pul berilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
Debet 17401 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar boʻyicha hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari”
Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Bank binosida joylashmagan amaliyot (operatsion) kassalaridagi naqd pullar”
Debet 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlari” va 22617 — “Pensionerlarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlar”
Kredit 23504 — “Plastik kartalardan berilgan naqd pullar, jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga oʻtkazilgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”
Debet 23504 — “Plastik kartalardan berilgan naqd pullar, jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga oʻtkazilgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”
Kredit 17401 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar boʻyicha hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari”.
32. Bank kassasidan mazkur bankning boshqa filiali mijozi boʻlgan jismoniy shaxs plastik kartalaridan naqd pul berilganda, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
Naqd pul bergan bankning filialida:
Debet 17401 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar boʻyicha hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari”
Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd pullar”
Debet 16111 — “Bosh bank/filialdan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha olish”
Kredit 23504 — “Plastik kartalardan berilgan naqd pullar, jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga oʻtkazilgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”
Debet 23504 — “Plastik kartalardan berilgan naqd pullar, jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga oʻtkazilgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”
Kredit 17401 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar boʻyicha hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari”
Bankning boshqa filialida:
Debet 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlari”
Kredit 22212 — “Bosh bank/filiallarga jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha toʻlanadigan mablagʻlar”
Debet 22212 — “Bosh bank/filiallarga jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha toʻlanadigan mablagʻlar”
Kredit 16111 — “Bosh bank/filialdan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha olish” (naqd pul bergan filial)
33. Boshqa bank mijozi boʻlgan jismoniy shaxsning bank kartalaridan naqd pul berilganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
Naqd pul bergan bankning filialida:
Debet 17401 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar boʻyicha hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari”
Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”/ 10111 — “Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd pullar”
Debet 16111 — “Bosh bank/filialdan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha olish”
Kredit 23504 — “Plastik kartalardan berilgan naqd pullar, jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga oʻtkazilgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”
Debet 23504 — “Plastik kartalardan berilgan naqd pullar, jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga oʻtkazilgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”
Kredit 17401 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar boʻyicha hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari”
Naqd pul bergan bankning Bosh ofisida:
Debet 10511 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar”
Kredit 22212 — “Bosh bank/filiallarga jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha toʻlanadigan mablagʻlar”
Debet 22212 — “Bosh bank/filiallarga jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha toʻlanadigan mablagʻlar”
Kredit 16111 — “Bosh bank/filialdan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha olish” — Naqd pulni bergan filial
Plastik karta ochilgan bankning Bosh ofisida:
Debet 16111 — “Bosh bank/filialdan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha olish”
Kredit 21012 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha boshqa banklarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar”
Debet 21012 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha boshqa banklarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar”
Kredit 10511 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar” — Naqd pulni bergan bank Bosh ofisi
Plastik karta ochilgan bank filialida:
Debet 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlari”
Kredit 22212 — “Bosh bank/filiallarga jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha toʻlanadigan mablagʻlar”
Debet 22212 — “Bosh bank/filiallarga jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha toʻlanadigan mablagʻlar”
Kredit 16111 — “Bosh bank/filialdan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablagʻlari boʻyicha olish” — Bosh ofis
6. 2-boʻlim quyidagi tahrirdagi 51 va 52-bandlar bilan toʻldirilsin:
“51. Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar 10198 — ”Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi” hisobvaragʻiga kirim qilinganda, bir vaqtning oʻzida quyidagi ikkita buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
Debet 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari”
Kredit 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Debet 10198 — “Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi”
Kredit 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari”
52. 10198 — “Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi” hisobvaragʻidagi mablagʻlarni Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalarining xizmat farmoyishlariga asosan Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa Markazlariga, boshqa tijorat banklarining filiallariga va bir bankning boshqa filiallariga joʻnatishga yoki ushbu bank filialining oʻz ehtiyojlari uchun chiqim qilishga ruxsat berilganda, bir vaqtning oʻzida quyidagi ikkita buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
Debet 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari”
Kredit 10198 — “Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi”
Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar”
Kredit 17301 — “Tranzit hisobvaraqlari”.
7. 33-bandidagi “Debet 10103VVV — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” degan soʻzlar “Debet 10103000 — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 39-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“39. Bankomatdan plastik karta orqali naqd pul olinganda, har bir holat uchun, dasturiy yoʻl bilan, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
Debet 17401 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar boʻyicha hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari”
Kredit 10107 — “Bankomatlardagi naqd pullar”
Debet 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlari” va 22617 — “Pensionerlarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlar”
Kredit 23504 — “Plastik kartalardan berilgan naqd pullar, jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga oʻtkazilgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”
Debet 23504 — “Plastik kartalardan berilgan naqd pullar, jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga oʻtkazilgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlar”
Kredit 17401 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar boʻyicha hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari”
9. 7-boʻlim nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bank operatsion kassalarida madad pulini kirim va chiqim qilishga oid amaliyotlarning buxgalteriya hisobi”.
10. 42-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Har bir bank operatsion kassasiga talab qilingan madad pulini oʻz vaqtida va soʻralgan miqdorda taqsimlashi lozim.”.
12. 47-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“47. Bank operatsion kassasining hisobvaragʻiga kirim qilingan madad puli hamda kun davomida mijozlardan kirim qilingan naqd pullar miqdorida xarajat qilishga ruxsat etiladi, amaliyot kuni yakunlanganda qoldiq summa toʻlaligicha 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvaragʻiga quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali berkitilishi lozim:”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 42-son, 495-modda)