Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
buyrugʻi
“Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 12-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1961-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 26-avgustdagi 283-sonli “Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1961-2, 24.09.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 11-maydagi 54-son “Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1961, 2009-yil 1-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 23-son, 265-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 28-sentabr,
75-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 28-sentabrdagi 75-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruq muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:”.
2. Nizomda:
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi va “Lizing toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibini belgilaydi.”;
b) 4-bandning “d” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “ijara” degan soʻz “moliyaviy ijara” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Mulkni keyinchalik qayta moliyaviy ijaraga olish (lizingga olish) sharti bilan sotish hollarida, ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) mulkini sotish operatsiyalari oldi-sotdi sifatida qaraladi va sotuvchining buxgalteriya hisobida Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma”ga (roʻyxat raqami 1181, 2002-yil 23-oktabr) muvofiq amalga oshiriladi.
Keyinchalik moliyaviy ijara hisobi ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) va ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan mazkur Nizomda oʻrnatilgan tartibda yuritiladi.”
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 41-son, 482-modda)