Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 01.06.1999 yildagi 280-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 13.02.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UY-JOY FONDINI SUV VA GAZNI HISOBGA OLISh PRIBORLARI BILAN JIHOZLASh, ULARNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IShLAB ChIQARIShNI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga kommunal xizmat koʻrsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish konsepsiyasiga muvofiq, isteʼmol qilinayotgan energiya manbalarini zarur darajada hisobga olish va tejashni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 1999 — 2004-yillarda uy-joy fondini suv va gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash dasturi 1-2-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda 1999 — 2004-yillarda uy-joy fondini suv va gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash dasturi topshiriqlari bajarilishini taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangidan qurilayotgan (rekonstruksiya qilinayotgan) uy-joylar suv va gazni hisobga oluvchi uy va kvartira priborlarisiz foydalanishga qabul qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobga olish priborlarini ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha mahalliy ishlab chiqaruvchilarga amaliy yordam koʻrsatish, ishlab chiqarishga tayyorgarlik koʻrish bilan bogʻliq paydo boʻluvchi masalalarni tezkorlik bilan hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqobil manbalarni jalb qilgan holda gaz va suvni hisobga olish priborlarini sotib olish va oʻrnatishni mablagʻ bilan taʼminlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy-kommunal xizmatlarining hisobga olish priborlari oʻz vaqtida oʻrnatilishi boʻyicha oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organlari bilan mustahkam oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv va gazni hisobga olish priborlari oʻrnatilishi va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobga olish priborlari asosan tanlov asosida sotib olinishi asos qilib olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, suv va gazni hisobga olish priborlari texnologik asbob-uskunalar jumlasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublikaning suv va gazni hisobga olish priborlariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999 — 2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida suv va gazni hisobga olish priborlari ishlab chiqarish Dasturi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Suvjihozgaz” qoʻshma korxonasi va “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyatining ishlab turgan maydonlarda va asbob-uskunalar bilan gaz va suvni hisobga olish priborlari ishlab chiqarishni tashkil etish va kengaytirish, barcha butlovchi buyumlarni keyinchalik “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqargan holda kooperatsiya asosida korpus detallari, jihozlar va nostandart asbob-uskunalarni olingan foydadan oʻz mablagʻlari hisobiga tayyorlash haqidagi takliflari maʼqullansin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga, “Oʻzeltexsanoat”, “Oʻzmashsanoat”, “Oʻzkimyosanoat” uyushmalariga va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarga, suv va gazni hisobga olish priborlarini tayyorlashda qatnashuvchi korxonalarning buyurtmanomalari boʻyicha detallar, jihozlar va nostandart asbob-uskunalar tayyorlashda kooperatsiya shartlarida qatnashish tavsiya qilinsin.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv va gazni hisobga olish priborlari ishlab chiqarishni mablagʻ bilan taʼminlash ishlab chiqaruvchilarning oʻz mablagʻlari, shuningdek jalb qilingan kredit resurslari hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv va gazni hisobga olish priborlarini sotib olish va oʻrnatishni mablagʻ bilan taʼminlash:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kvartira va uylarda — kvartira va uy-joylar mulkdorlari hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joylar va kvartiralarning muhandislik kommunikatsiyalari mukammal tuzatilganda, uylar qurilganda (rekonstruksiya qilinganda) — tuzatish yoki qurilishning smeta qiymati doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi suv va gazni hisobga olish priborlari, shuningdek ularga butlovchi buyumlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalari belgilangan tartibda respublika investitsiya dasturiga kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika resurslarini iqtisod qilish komissiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan texnik-iqtisodiy asoslar va mablagʻ bilan taʼminlash sxemalari taqdim etilganda suv va gazni hisobga olish priborlarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun energiya bilan taʼminlash maxsus respublika schyotidan mablagʻ ajratish masalasini koʻrib chiqish tavsiya qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻzdavstandart” markazi, Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bilan birgalikda suv va gazni hisobga olish priborlariga xizmat koʻrsatilishini va ular tekshirilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevral 74-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzdavstandart” markazi suv va gazni hisobga olish priborlarini ishlab chiqaruvchi va sotuvchi korxonalarga ishlab chiqarishni metrologik jihatdan taʼminlash masalalarini hal qilishda yordam koʻrsatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 1-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
280-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 6-son, 30-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 3-4-son, 13-modda;2002-y., 5-6-son, 45-modda; 2003-y., 1-2-son, 9-modda; 2005-y., 19-20-son, 143-modda)