13.09.2016 yildagi PQ-2589-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.08.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qaʼrini geologik oʻrganish sohasidagi tadqiqotlarni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qaʼrini geologik oʻrganish sohasida oʻtkazilayotgan tadqiqotlarning ilmiy saviyasi va samaradorligini tubdan oshirish, ularning respublika mineral-xomashyo bazasini kengaytirishga yoʻnaltirilgan amaliy ishlanmalar hamda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish bilan oʻzaro mustahkam aloqasini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutini Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining tasarrufiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti faoliyatining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qobigʻi geologik tuzilishi va tarkibining chuqur fundamental tadqiqotlarini olib borish, respublika hududining teran yer qaʼri tuzilishini kompleks oʻrganish va shu asosda uch oʻlchovli geologik-geofizik modellarni tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologik tadqiqotlar olib borish dasturlarining nazariy va metodologik asoslarini ishlab chiqish, hududlarning resurs salohiyatini baholash hamda geokimyoviy, geofizik va mineralogik tadqiqotlarning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, geologik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish, shuningdek foydali qazilmalarni qayta ishlashda ilgʻor texnologiyalarni tatbiq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilma konlarini geologik tahlil etish, prognoz qilish va izlash usullarini takomillashtirishga, geologik va geofizik tadqiqotlar sohasida ilgʻor xorijiy texnologiyalarni aprobatsiya qilish va amaliyotda joriy etishga qaratilgan amaliy tadqiqotlar, ishlanmalar va eksperimentlarni tizimli ravishda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya va geofizika sohasida chet el ilmiy muassasalari va markazlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilmiy konferensiyalar, seminarlar, qoʻshma tadqiqotlar, loyihalar, xodimlarning malaka oshirishi (stajirovka) va oʻqishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya va turdosh tarmoqlar sohasida xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilari hamda mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining raisiga, zarur hollarda, Geologiya va geofizika instituti tuzilmasiga xodimlarning umumiy soni doirasida oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Geologiya va geofizika instituti Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Geologiya va geofizika institutining amaldagi shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi, mehnat shartnomalari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari Institut xodimlariga joriy etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlarning natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar, xoʻjalik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar, xalqaro tashkilotlarning grantlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PF-5159-sonli Farmoni tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining qayta tashkil etilayotgan H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti ilmiy va muhandis xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha 2-ilovaga muvofiq tarkibda Komissiya tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya (Gʻ.I. Ibragimov) bir oy muddatda ilmiy va muhandis xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazsin va uning natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Geologiya va geofizika institutini yuqori malakali mutaxassislar hamda istiqbolli yosh kadrlar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Geologiya va geofizika institutining ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geologiya va geofizika instituti Toshkent shahar, Olimlar koʻchasi, 49-uy manzilida joylashtirilsin, institut binosini rekonstruksiya qilish hamda uni va institutga biriktirilgan boshqa obyektlarni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda institutning ilmiy-texnikaviy loyihalari, konstruktor-texnologik ishlanmalari, uskunalari va boshqa mol-mulkining talab mavjudligini va keyinchalik amalga oshirish va foydalanish maqsadga muvofiqligini aniqlash uchun ularni tanqidiy tahlil qilib, toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda geologiya va geofizika institutining 2017 — 2019-yillarga moʻljallangan istiqbolli tadqiqotlar dasturini tasdiqlasin va bunda Yer toʻgʻrisida jahon ilm-fanining hozirgi zamon darajasiga erishishga alohida eʼtibor qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahar, Olimlar koʻchasi, 49-uyda joylashgan binoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Geologiya va geofizika institutining boshqa obyektlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga operativ boshqarish huquqi bilan topshirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Geologiya va geofizika instituti Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 13-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2589-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-sentabrdagi PQ-2589-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Direktor



Ilm-fan boʻyicha direktor oʻrinbosari

Umumiy masalalar byicha direktor rinbosari


Litosfera tuzilishi boʻlimi

11

Rudalar hosil boʻlishi jarayonlarini oʻrganish boʻlimi

11

Buxgalteriya

3


Kanselyariya

1


Litologiya va choʻkma jinslarni tahlil qilish boʻlimi

7

Geofizika laboratoriyasi

9

Kadrlar boʻlimi

1


Geologiya arxivi

1


Geologik tuzilish va jarayonlarni kompyuterda modellashtirish laboratoriyasi

4

Birinchi boʻlim

1


Glyatsial geologiya blimi

3


Geologiya muzeyi

2


Yuriskonsult

1


Geodinamika va geotektonika boʻlimi

6


Geotyexnologiyalar, tadqiqotlarning fizik va kimyoviy usullari laboratoriyasi

10


Kkterak tajriba poligoni


Chotqol tajriba poligoni

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning cheklangan umumiy soni (yordamchi xodimlarni hisoblamaganda) 74 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 6 nafar, ilmiy xodimlar — 62 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi xodimlar soni hujjatlarida belgilangan meʼyorlar boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-sentabrdagi PQ-2589-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geologiya va geofizika instituti xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

.I. Ibragimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, komissiya raisi

I.B. Turamuratov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi, komissiya raisi oʻrinbosari

Sh.N. Fayzullayev

iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari

O.R. Parpiyev

Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi ijrochi direktori

M.M. Mirzayev

moliya vaziri oʻrinbosari

B.M. Nizomov

mehnat vaziri oʻrinbosari

B.S. Rudnev

“Navoiy KMK” DK bosh geologi

U.S. Orudjev

“Olmaliq KMK” AJ togʻ-kon ishlari boʻyicha bosh muhandisining togʻ-kon ishlari boʻyicha oʻrinbosari

B.F. Islamov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining Mineral resurslar ilmiy-tadqiqot instituti direktori

B.D. Abdullayev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti direktori

R.M. Mamadaliyev

Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari byicha ATD mudiri, komissiya kotibi

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 38-son, 443-modda)