Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi — “Oʻzbekoziqovqatzaxira”ni tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 8-apreldagi PQ-2517-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 16-sentabr,
PF-4841-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-sentabrdagi PF-4841-sonli Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 6-martdagi PQ-300-sonli qarorida:
a) kirish qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini tashkil etishni takomillashtirish maqsadida”;
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi zimmasiga:
Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi — “Oʻzbekoziqovqatzaxira” tarkibiga kiruvchi meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi — “Oʻzbekoziqovqatzaxira” tarkibiga kiruvchi meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalariga isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar berish”;
v) 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarorida:
a) 5-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ulgurji savdo korxonalari uchun (ulgurji dorixona tashkilotlari, meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi — “Oʻzbekoziqovqatzaxira” tarkibiga kiruvchi meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari) — oʻtkazilgan har bir savdo operatsiyasidan tushadigan summaning 5 foizi miqdorida yagona soliq toʻlovi boʻyicha avans toʻlovlarini toʻlash tartibi joriy etilsin, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno”;
Keyingi tahrirga qarang.
b) 30-ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-sonli qarorida:
a) 2-ilovaning “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi” qatoridagi “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalar uyushmasi “Oʻzbekoziqovqatzaxira” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 7-ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2015-yil 23-iyuldagi PQ–2374-sonli qarori 5-ilovasining “Muvofiqlashtiruvchi vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari” boʻlimidagi “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasi” soʻzlari “Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi — “Oʻzbekoziqovqatzaxira” soʻzlariga almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-sentabrdagi PF-4841-sonli Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan baʼzi hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 23-fevraldagi PF-3722-sonli Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 27-fevraldagi PF-4087-sonli Farmoni ilovasining 11-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2011-yil 23-maydagi PF-4311-sonli Farmoni.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralarni soliqqa tortish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 8-iyundagi PQ-374-sonli Qarori.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mevasabzavottayyorlovsavdo” ixtisoslashtirilgan hududiy kompaniyalarni tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 9-noyabrdagi PQ-1638-sonli Qarorining 1-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 38-son, 442-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)