Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 19.09.2016 yildagi PQ-2603-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjat 26.09.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qilishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport salohiyatini kengaytirish, tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksportga yetkazib berish hajmlarini koʻpaytirish va turlarini kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2016-yil 20-sentabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, eksport qiluvchi korxonalar va tashkilotlar, shu jumladan mikrofirmalar, kichik korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklari yangi meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 25 foizini belgilangan tartibda majburiy sotishni amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksportga yetkazib berish yuklab joʻnatiladigan mahsulot qiymatining kamida 30 foizini oldindan toʻlash shartlarida amalga oshiriladi, qolgan qismi uchun tasdiqlangan bank akkreditivi ochiladi yoxud birinchi klassli xorijiy bank kafolati rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2016-yil 20-sentabrdan boshlab “Oʻzagroeksport” aksiyadorlik jamiyati ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasiga yangi, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri eksport kontraktlari asosida, shuningdek fermer va dehqon xoʻjaliklari, agrofirmalar va qayta ishlovchi korxonalar bilan tuzilgan komissiya shartnomalari boʻyicha oldindan toʻlovsiz, tasdiqlangan bank akkreditivi ochmasdan yoxud birinchi klassli xorijiy bank kafolatini rasmiylashtirmasdan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzagroeksport” aksiyadorlik jamiyatning chet elda ochilgan qoʻshma korxonalari va savdo uylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha ishonchli va uzoq muddatli sheriklar boʻlgan yetakchi xorijiy tashkilotlar — import qiluvchilar manziliga chiqarish va sotish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2016-yil 20-sentabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 19-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2603-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 19-sentabrdagi PQ-2603-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2016-yil 20-sentabrdan boshlab kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi ixtisoslashtirilgan “Oʻzagroeksport” tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 7-apreldagi PQ-2515-son qarorining 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 12-apreldagi PQ-2520-son qarorining 3-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirdagi oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yangi, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksportga yetkazib berish yuklab joʻnatilayotgan mahsulot qiymatining kamida 30 foizini oldindan toʻlash sharti bilan amalga oshiriladi, qolgan qismiga esa tasdiqlangan bank akkreditivi ochiladi yoxud birinchi klassli xorijiy bank kafolati rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “Oʻzagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi yangi, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri eksport kontraktlari asosida, shuningdek fermer va dehqon xoʻjaliklari, agrofirmalar va qayta ishlovchi korxonalar bilan tuzilgan komissiya shartnomalari boʻyicha, oldindan toʻlovsiz, tasdiqlangan bank akkreditivi ochmasdan yoxud birinchi klassli xorijiy bank kafolatini rasmiylashtirmasdan va hisob-kitoblar toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etmasdan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzagroeksport” AJning chet elda ochilgan qoʻshma korxonalari va savdo uylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha ishonchli va uzoq muddatli sheriklar hisoblanadigan yetakchi xorijiy tashkilotlar — import qiluvchilar manziliga chiqarish va sotish huquqiga ega”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻninchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 38-son, 447-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 06/17/5287/0425-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)