Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi ixtisoslashtirilgan “Oʻzagroeksport” tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 7-apreldagi PQ-2515-sonli qaroriga muvofiq hamda respublikaning oziq-ovqat sanoatini boshqarish mexanizmi va tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 22-sentabr,
PQ-2608-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-sentabrdagi PQ-2608-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-apreldagi PQ–2340-sonli qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-yil 4-may, 17-1, 216-modda):
a) 1-ilovaning 47-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovaning 40, 43, 47, 94, 95, 113 va 121-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 18-fevraldagi PQ-2492-sonli qarorining 3-ilovasida:
a) I boʻlimdagi 11, 19, 20, 29, 37 va 38-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
b) IV boʻlim quyidagi mazmundagi 14-band bilan toʻldirilsin:
“14. “Oʻzagroeksport” ITSK AJ — yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi ixtisoslashtirilgan “Oʻzagroeksport” tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 7-apreldagi PQ-2515-sonli qarorining 8-bandida:
a) ikkinchi xatboshidan “kompaniya aksiyalarining 51 foizidan kam boʻlmagan qismi davlatda saqlanib qolishini nazarda tutgan holda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 38-son, 448-modda)