LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘tkazilgan tenderga muvofiq mablag‘ bilan ta’minlashning eng maqbul shartlarida kredit jalb qilingan holda qaymog‘i olinmagan sutni qayta ishlovchi kichik zavodlar tashkil etish loyihasini samarali amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, “Leumi-Le-Izrail B.M.” (Isroil) banki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qaymog‘i olinmagan sutni qayta ishlovchi kichik zavodlar tashkil etish chora-tadbirlari haqida” 1998-yil 10-oktabrdagi 434-son qaroriga muvofiq kichik zavodlar sotib olish yuzasidan kontraktni mablag‘ bilan ta’minlashni tashkil etish bo‘yicha xorijiy kreditor bank hisoblanadi.