Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.09.2017 15.06.2016 yildagi PQ-2547-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.09.2017
Hujjat 05.06.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016 — 2020-yillarda mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash negizida eksportga yoʻnaltirilgan tayyor kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3236-sonli “2017 — 2021-yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgartirishlarni amalga oshirish, kimyo sanoatini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, boy mineral-xomashyo resurslarining zaxiralarini yanada chuqur qayta ishlashni taʼminlash, eksportga yoʻnaltirilgan yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlari hamda turlarini koʻpaytirish, shu maqsadda xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2016 — 2020-yillarda mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash negizida tashqi bozorlarda talab qilinadigan yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish topshiriqlari 1-ilovaga* muvofiq belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzbekneftgaz” MXK hamda boshqa aksiyadorlik jamiyatlari va korxonalar rahbarlari — masʼul bajaruvchilar zimmasiga 1-ilovada nazarda tutilgan mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash negizida tayyor kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha topshiriqlar belgilangan muddatlarda sifatli va toʻliq hajmda bajarilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2016 — 2020-yillarda mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash negizida eksportga yoʻnaltirilgan yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzbekneftgaz” MXK va boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda bir oy muddatda 2-ilovada koʻrsatilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallarini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, ularda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazishning aniq muddatlari, zamonaviy texnologik talablarga javob beradigan ilgʻor texnologiyalarni tanlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish, shuningdek quvvatlarni belgilangan muddatlarda ishga tushirish nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-2998-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 22-son, 419-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzbekneftgaz” MXK, aksiyadorlik kompaniyalari va korxonalar — 2-ilovaga kiritilgan investitsiya loyihalarining masʼul bajaruvchilari bilan birgalikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalarga ega boʻlgan hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tashqi bozorlarga olib chiqilishini kafolatlaydigan xorijiy kompaniyalarni keng koʻlamda jalb etish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda ushbu qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan investitsiya loyihalari, ularni moliyalashtirish hajmlari va manbalari aniqlashtirilgan holda belgilangan tartibda unga kiritilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Respublikada ishlab chiqarilmaydigan, ushbu qaror bilan maʼqullangan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha chetdan keltiriladigan texnologik uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar 2021-yilning 1-yanvariga qadar boʻlgan muddatda bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilinsin (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 15-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2547-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 2-son, 28-modda, 22-son, 419-modda)