Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Savdoning baʼzi shakllarini amalga oshirish tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 2-iyundagi 185-son va “Koʻchma savdoga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 13-iyuldagi 233-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 15-sentabr,
299-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-sentabrdagi 299-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 11-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Shartnomaga sotib oluvchi (buyurtmachi) roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organining turgʻun savdo shoxobchasi mavjudligi hamda tovarlarni ulgurji va kichik partiyalar bilan chakana savdo bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarga, shuningdek yuridik shaxslarga elektron tijorat shaklida sotishda nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini ilova qilish talab etilmaydi”;
b) 19-bandda:
birinchi xatboshidagi “turgʻun savdo shoxobchalari” soʻzlaridan keyin “yoki koʻchma savdo obyektlari” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Yuridik shaxslar tomonidan tovarlarni chakana sotishni turgʻun savdo shoxobchalaridan tashqarida elektron tijorat shaklida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat-kassa mashinalaridan foydalanmasdan amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi”;
ikkinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi xatboshidagi “savdo shoxobchalarida” soʻzlaridan keyin “va turgʻun savdo obyektlarida” soʻzlari qoʻshilsin;
v) 31-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovarlarni chakana sotishni turgʻun savdo shoxobchalaridan tashqarida elektron tijorat shaklida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat-kassa mashinalaridan foydalanmasdan amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarida:
a) 9-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Tovarlarni elektron tijorat shaklida sotishda ish joylaridan tashqarida tarozilardan va boshqa oʻlchov priborlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi”;
b) 21-bandning ikkinchi xatboshidagi “savdo shoxobchalarida” soʻzlaridan keyin “va koʻchma savdo obyektlarida” soʻzlari qoʻshilsin;
v) 50-bandning toʻrtinchi xatboshiga “non va non-bulka mahsulotlarini elektron tijorat shaklida sotish holatlari bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin;
g) 86-bandga “kartoshka va meva-sabzavot tovarlarini elektron tijorat shaklida sotish bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanishini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 89-modda):
a) Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovada:
birinchi xatboshidagi “keyingi oʻrinlarda turgʻun shoxobchalarini” soʻzlaridan keyin “yoki turgʻun savdo obyektini” soʻzlari qoʻshilsin;
uchinchi xatboshidagi “turgʻun shoxobcha” soʻzlaridan keyin “yoki turgʻun savdo obyekti” soʻzlari qoʻshilsin;
4-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“nomidagi, joylashgan joyida (pochta manzilida)gi, turgʻun shoxobchaning yoki turgʻun savdo obyektining joylashishidagi yoxud yuridik shaxsning tugatilgani, shuningdek familiyasi, ismi, otasining ismi yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki turgʻun shoxobcha joylashishi, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi oʻzgartirishlar roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin yetti ish kuni mobaynida davlat soliq xizmati organlarini xabardor qilish”;
birinchi xatboshidagi “turgʻun shoxobcha” soʻzlaridan keyin “yoki koʻchma savdo obyekti” soʻzlari qoʻshilsin;
“a” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “turgʻun shoxobcha” soʻzlaridan keyin “yoki turgʻun savdoning rejalashtirilayotgan joyi” soʻzlari qoʻshilsin;
“g” kichik bandidagi “(binoning ijarasi shartnomasi, order va h. k.)” soʻzlaridan keyin “yoki turgʻun savdoning rejalashtirilayotgan joyi sxemasi” soʻzlari qoʻshilsin;
birinchi xatboshidagi “turgʻun shoxobcha” soʻzlaridan keyin “yoxud turgʻun savdo obyekti” soʻzlari qoʻshilsin;
“a” va “g” kichik bandlariga “yoki turgʻun savdo obyektini” soʻzlari qoʻshilsin;
“v” kichik bandidagi “turgʻun shoxobchasiga” soʻzlaridan keyin “yoki koʻchma savdoga ruxsatnomaning nusxasi” soʻzlari qoʻshilsin;
26-bandning ikkinchi xatboshidagi “turgʻun shoxobcha” soʻzlaridan keyin “yoki koʻchma savdo obyekti” soʻzlari qoʻshilsin;
28-bandning “b” kichik bandidagi “ushbu turgʻun shoxobcha uchun” soʻzlaridan keyin “yoki koʻchma savdo obyekti uchun” soʻzlari qoʻshilsin;
b) Yuridik va jismoniy shaxslarning oʻz faoliyati xususiyatiga koʻra aholi bilan pulli hisob-kitoblarni fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllamasdan amalga oshirishi mumkin boʻlgan ayrim toifalari roʻyxatining 2-bandidagi “g” kichik band chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 37-son, 434-modda)