Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
BUDJETDAN TAShQARI MAKTAB TAʼLIMI JAMGʻARMASINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 42-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmani tashkil etish toʻgʻrisida” 2010-yil 10-noyabrdagi PQ-1432-son qarori, Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan tashqari taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 10-dekabrdagi 291-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mablagʻlar jamlanishini taʼminlash, maktablarni tiklash, ularni zamonaviy oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, maktab partalari va mebellar bilan jihozlash ishlarini oʻz vaqtida moliyalashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi toʻgʻrisida” 2004-yil 21 maydagi PF-3431-son Farmoni bilan budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
maktab taʼlimini rivojlantirish uchun majburiy ajratmalar toʻlovidan tushadigan mablagʻlarni budjet mablagʻlarini hamda yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablagʻlarini, xorijiy kreditlar va grantlarni ularni keyinchalik ulardan 2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini roʻyobga chiqarishda maqsadli foydalanish uchun jamlash;
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Maktab taʼlimini rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan buzib tashlanadigan maktablar oʻrniga yangi maktablar qurish, maktablarni mukammal rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash, ularni oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, maktab partalari va mebellar, sport anjomlari bilan jihozlash hajmlarini moliyalashtirish;
Jamgʻarma mablagʻlaridan Maktab taʼlimini rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun qatʼiy maqsadli foydalanilishi ustidan monitoring olib borilishini taʼminlash.
2. Quyidagilar:
budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasini boshqarish kengashi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq;
* 1-ilova berilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati xodimlari sonini qoʻshimcha koʻpaytirish hisobiga, budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasi Ijro etuvchi direksiyasining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 10 nafar boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
maktab taʼlimini rivojlantirish uchun majburiy ajratmalar toʻlovidan tushadigan mablagʻlarni;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori asosida ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
davlat budjetida alohida satrda nazarda tutilgan budjet mablagʻlari;
mahalliy budjetlarning soliqlar va yigʻimlar boʻyicha prognozdan ortiqcha tushumlarni jalb etishdan olingan mablagʻlari;
xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining grantlari va kreditlari;
Oʻzbekiston Respublikasining ham rezidentlari, ham norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik yordami;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Belgilab qoʻyilsinki:
Jamgʻarma mablagʻlari Jamgʻarmaning budjetdan tashqari maxsus hisob raqamida jamlanadi hamda hududiy moliya organlarining budjetdan tashqari maxsus hisob raqamlari boʻyicha taqsimlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan foizlar sifatida olinadigan daromadlarga daromad (foyda) soligʻi solinmaydi.
4. Jamgʻarmani boshqarish kengashi:
xorijiy investitsiyalar, grantlar va homiylik mablagʻlarini jalb etishda Jamgʻarmaga koʻmaklashsin;
Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal etishga manfaatdor davlat tashkilotlarini, nodavlat tashkilotlarni va jamoat tashkilotlarini jalb etsin;
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining prognoz parametrlarini tasdiqlasin;
Ijro etuvchi direksiya faoliyati, ayniqsa daromadlar manbalarini shakllantirish, oʻz vaqtida moliyalashtirish va Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanishga doir faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirsin.
5. Quyidagilar Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasining asosiy vazifalari hisoblansin:
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini va uning bajarilishi toʻgʻrisida hisobot tayyorlash;
moliya organlari, xalq taʼlimi organlarining, shuningdek boshqa tashkilotlarning Maktab taʼlimini rivojlantirish dasturini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Dasturda har yili asosiy boʻlimlar (buzib tashlanadigan maktablar oʻrniga yangilarini qurish, maktablarni mukammal rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash, ularni oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, maktab partalari va mebellar, sport anjomlari bilan jihozlash) boʻyicha nazarda tutilgan tadbirlarga Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlarini daromadlar manbalari bilan bogʻliq holda belgilash;
Jamgʻarma mablagʻlaridan qatʼiy maqsadli (yoʻnalishlar boʻyicha) va samarali foydalanilishini taʼminlash.
Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasiga rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining ijtimoiy masalalarga mutasaddi oʻrinbosari zimmasiga yuklansin.
6. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ijtimoiy sohani moliyalashtirish bosh boshqarmasi tuzilmasida xodimlar soni 4 nafar boʻlgan Maktab taʼlimi, Maktab taʼlimini rivojlantirish dasturining amalga oshirilishi monitoringi va nazorati boʻlimi tashkil etilsin, Moliya vazirligi markaziy apparati xodimlarining tasdiqlangan soni tegishli ravishda koʻpaytirilsin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tuzilmasida xodimlarining belgilangan soni doirasida Maktab taʼlimi shoʼbalari tashkil etilsin.
7. Umumtaʼlim maktablari tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) muvofiq tashkil etilgan budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmalari mablagʻlaridan Maktab taʼlimini rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun foydalanishga ruxsat etilsin.
Umumtaʼlim maktablari uchun Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarorining 4-bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati 2010-yil 1-yanvargacha uzaytirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Umumtaʼlim maktablarining budjetdan tashqari daromadlari davlat maqsadli jamgʻarmalariga — budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga, shuningdek budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlardan 2010-yil 1-yanvargacha ozod qilinsin.
(7-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligi 2005-yildan boshlab Investitsiya dasturida Maktab taʼlimini rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan hajmlarda umumtaʼlim maktablarini qurish va mukammal rekonstruksiya qilish uchun Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga markazlashtirilgan resurslarni nazarda tutsinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2005-yildan boshlab va keyingi yillarda Davlat budjeti parametrlarida Maktab taʼlimini rivojlantirish dasturiga muvofiq tadbirlarni bajarishga zarur mablagʻlarni, ushbu maqsadlar uchun jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar, grantlar va homiylik mablagʻlarini hisobga olgan holda, alohida satrda nazarda tutsin.
10. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, uyushmalar va boshqa xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari Jamgʻarma resurslarini shakllantirishda keng koʻlamda koʻmak va har tomonlama yordam bersinlar.
Homiylarning Dasturni roʻyobga chiqarishdagi ishtiroki Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq ham pul shaklida, ham tovarlar, ishlar va xizmatlar tarzida amalga oshirilishi mumkinligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
11. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligiga, Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasiga, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga, boshqa ommaviy axborot vositalariga Jamgʻarma faoliyatini keng yoritish, mamlakatimizda umumtaʼlim maktablarining moddiy bazasini rivojlantirishdagi ijobiy ish tajribasini targʻib qilish, shuningdek Jamgʻarmaning faol homiylarining axborot jihatidan qoʻllab-quvvatlanishini, shu jumladan reklama qilinishini taʼminlash tavsiya etilsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 7-iyun,
263-son
Budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasi Ijro etuvchi direksiyasining tuzilmasi
Budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) faoliyatining maqsadi va asosiy vazifalarini, Jamgʻarmani boshqarish tartibini, uning mablagʻlarini shakllantirish manbalarini va ulardan foydalanish yoʻnalishlarini belgilaydi.
2. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 21 maydagi PF–3431-son Farmoniga muvofiq 2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.
Jamgʻarma mablagʻlarni Jamgʻarmaning hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar moliya organlarining budjetdan tashqari maxsus hisob raqamlarida jamlash uchun tashkil etiladi.
3. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, yuridik shaxslar, shu jumladan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, jamoat jamgʻarmalari, vazirliklar, idoralar, xorijiy moliya tashkilotlari, shuningdek jismoniy shaxslar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishda ixtiyoriylik asosida qatnashishlari mumkin.
II. Jamgʻarmaning maqsadi va asosiy vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
4. Maktab taʼlimini rivojlantirish dasturini amalga oshirish, shuningdek umumtaʼlim maktablariga ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha mablagʻlar jalb etish yuzasidan qoʻshimcha imkoniyatlar berish uchun moliyaviy va moddiy resurslarni, maktab taʼlimini rivojlantirish uchun majburiy ajratmalar toʻlovidan tushadigan mablagʻlarni, Davlat budjeti, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, xalqaro tashkilotlar va institutlar mablagʻlarini jamlash Jamgʻarmani tashkil etishning maqsadi hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
5. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
maktab taʼlimini rivojlantirish uchun majburiy ajratmalar toʻlovidan tushadigan mablagʻlarni budjet mablagʻlarini hamda yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablagʻlarini, xorijiy kreditlar va grantlarni ularni keyinchalik ulardan 2004-2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini roʻyobga chiqarishga maqsadli foydalanish uchun jamlash;
(5-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Maktab taʼlimini rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan buzilgan maktablar oʻrniga yangi maktablar qurish, maktablarni mukammal rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash, ularni oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, maktab partalari va mebellar, sport anjomlari bilan jihozlash hajmlarini moliyalashtirish;
Jamgʻarma mablagʻlaridan Maktab taʼlimini rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun qatʼiy maqsadli foydalanilishi ustidan monitoring olib borilishini taʼminlash;
Xalq taʼlimi vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda maktablarning moddiy-texnika bazasi holatini muntazam asosda doimiy oʻrganishni hamda uning monitoringini tashkil etish;
Jamgʻarma mablagʻlari tushishi va sarflanishining har yillik va choraklik balanslarini shakllantirish.
6. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Dasturda nazarda tutilgan buzilgan maktablar oʻrniga yangi maktablar qurish, maktablarni mukammal rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash, ularni oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, maktab partalari va mebellar, sport anjomlari bilan jihozlash hajmlarini moliyalashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
manbalar boʻyicha daromadlarning yagona hisobini hamda Jamgʻarma mablagʻlaridan yoʻnalishlar boʻyicha foydalanish hisobotini taʼminlash;
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini moliyaviy nazorat qilish.
III. Jamgʻarmani boshqarish
7. Jamgʻarmani boshqarish kengashi Jamgʻarmani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi, uning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Boshqaruv kengashi majlislari zaruriyatga koʻra, biroq har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Kengash qarorlari oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi, ovozlar teng boʻlib qolganda esa — boshqaruv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
8. Quyidagilar Jamgʻarma boshqaruv kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
umumtaʼlim maktablarini rivojlantirishga tizimli yondoshuvni taʼminlaydigan Maktab taʼlimini rivojlantirish dasturini amalga oshirishda davlat, nodavlat, jamoat tashkilotlari va xorijiy institutlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Jamgʻarmaning daromadlari (manbalar boʻyicha) va xarajatlari (yoʻnalishlar boʻyicha) yillik prognozlarini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
barcha manbalar hisobiga Jamgʻarma daromadlarini shakllantirishda Maktab taʼlimini rivojlantirish dasturini amalga oshirishga koʻmaklashish;
Jamgʻarma, Ijro etuvchi direksiya faoliyatini va uning mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish.
9. Jamgʻarmani joriy boshqarish Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Quyidagilar Ijro etuvchi direksiyaning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Jamgʻarma mablagʻlaridan ularni har qaysi yil boʻyicha taqsimlagan holda buzilgan maktablar oʻrniga yangi maktablar qurish, maktablarni mukammal rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash, ularni oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, maktab partalari va mebellar, sport anjomlari bilan jihozlash uchun Maktab taʼlimini rivojlantirish dasturiga muvofiq daromadlar manbalari va hududlar boʻyicha foydalanishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozi loyihasini hamda ularning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlash;
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining mintaqalar boʻyicha taqsimlanishini tartibga solish;
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishini tahlil qilish va umumlashtirish, Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli sarflanishini nazorat qilish, shuningdek moliya organlari, xalq taʼlimi organlari, shuningdek boshqa vazirliklar va idoralarning Dasturni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish.
IV. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari va jamlash tartibi
10. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjetida alohida satrda nazarda tutilgan budjet mablagʻlari (shu jumladan Davlat budjetini ishlab chiqishda har yili nazarda tutiladigan stavka boʻyicha majburiy ajratmalar tarzidagi tushumlar);
(10-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda)
mahalliy budjetlarning soliqlar va yigʻimlar boʻyicha prognozdan ortiqcha tushumlarni jalb qilishdan olinadigan mablagʻlari;
xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari va kreditlari;
Oʻzbekiston Respublikasining ham rezidentlari, ham norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik yordami;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
11. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning ruxsati boʻyicha mahalliy moliya organlari tomonidan ochiladigan “Maktab taʼlimi jamgʻarmasi mablagʻlari” maxsus hisob raqamlarida jamlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va mahalliy moliya organlari Ijro etuvchi direksiya tomonidan berilgan vakolatlar doirasida Jamgʻarma hisob raqamlarini boshqarishni amalga oshiradilar.
V. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash
13. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash “Budjet tizimi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va ushbu Nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini tayyorlash bilan bogʻliq holda amalga oshiriladi.
14. Ijro etuvchi direksiya har yili navbatdagi yil uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Jamgʻarmaga har yili Davlat budjetini ishlab chiqishda nazarda tutiladigan stavka boʻyicha majburiy ajratmalar tarzidagi tushumlar, shuningdek boshqa budjet manbalari prognozini amalga oshiradi;
(14-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda budjetdan tashqari manbalardan, shu jumladan xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari va kreditlarini, Oʻzbekiston Respublikasining ham rezidentlari, ham norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning begʻaraz yordamini jalb etishdan tushumlar prognozlarini tayyorlaydi.
15. Ijro etuvchi direksiya Jamgʻarmaning budjet va budjetdan tashqari daromadlari prognozi asosida 1-iyungacha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga va Xalq taʼlimi vazirligiga Jamgʻarma xarajatlari limitlarini keyingi yil uchun budjet va budjetdan tashqari manbalarga taqsimlagan holda yetkazadi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda 1-iyulgacha Ijro etuvchi direksiyaga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha xarajatlarning barcha asosiy yoʻnalishlari boʻyicha keyingi yil uchun Jamgʻarma xarajatlari prognozini taqdim etadi.
17. Jamgʻarmaning keyingi yil uchun daromadlari va xarajatlari prognozlari Ijro etuvchi direksiya tomonidan Jamgʻarmani boshqarish kengashiga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritiladi.
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining yillik prognozlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari tasdiqlangan vaqtdan boshlab 5 kundan oshmaydigan muddatda Jamgʻarmani boshqarish kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining yillik parametrlari tasdiqlangandan keyin Ijro etuvchi direksiya 5 kun mobaynida xarajatlarning yil choragi boʻyicha taqsimotini Jamgʻarma mablagʻlarini oluvchilarga (Xalq taʼlimi vazirligining hududiy boʻlinmalariga va joylardagi yagona buyurtmachi xizmatiga) yetkazadi.
18. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining yillik prognozlari Jamgʻarmani boshqarish kengashi tomonidan tasdiqlangandan keyin 30 kun mobaynida Xalq taʼlimi vazirligining hududiy boʻlinmalari budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarga boʻlgan holda xarajatlar smetasini (qurilish va mukammal rekonstruksiya qilish xarajatlaridan tashqari) ishlab chiqadilar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va joylardagi tegishli moliya organlariga roʻyxatdan oʻtkazish uchun kiritadilar.
19. Agar mablagʻlar homiylar yoki grant beruvchi tomonidan Jamgʻarmaga ulardan foylanishning jamgʻarma maqsadi va vazifalariga zid boʻlmagan maqsadlari va shartlari koʻrsatilgan holda taqdim etilsa, u holda ushbu mablagʻlardan homiylar yoki grant beruvchilar koʻrsatmalariga muvofiq foydalanilishi kerak.
20. Ijro etuvchi direksiya Jamgʻarmaning boʻsh mablagʻlarini:
davlat qisqa muddatli pul majburiyatlariga;
tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirishga haqlidir.
Bunday joylashtirish natijasida olingan daromadlar Jamgʻarmaning tegishli hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
VI. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash tartibi
21. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha sarflanadi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidagi Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamlaridan Maktab taʼlimini rivojlantirish dasturini amalga oshirish boʻyicha har yili tasdiqlanadigan xarajatlar prognozidan kelib chiqib quyi budjetlarga maqsadli subvensiyalarga;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahridagi Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamlaridan:
Oldingi tahrirga qarang.
namunaviy loyihalardan foydalanilgan holda loyiha-smeta hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda faqat tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga muvofiq buzib tashlanadigan maktablar oʻrniga yangi maktablar qurishni, maktablarni mukammal rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlashni moliyalashtirishga;
(21-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
maktablarni zamonaviy oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlashga;
partalar va maktab mebellari sotib olishga;
maktablarni sport anjomlari bilan jihozlashga;
quyi budjetlarga maqsadli subvensiyalarga;
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
22. Umumtaʼlim maktablariga Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmalari mablagʻlaridan Dasturni amalga oshirishda foydalanishga ruxsat beriladi.
23. Jamgʻarma mablagʻlaridan:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasi asosida;
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yagona buyurtmachi xizmatlari tomonidan tanlov savdolari (tenderlar) asosida va kapital qurilish sohasidagi amalda boʻlgan qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq buzib tashlanadigan maktablar oʻrniga yangi maktablar qurish, ularni mukammal rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashni moliyalashtirish uchun foydalaniladi.
(23-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Mablagʻlarni (shu jumladan tovarlar yetkazib beruvchilar va xizmatlar koʻrsatuvchilar tomonidan shartnomaviy majburiyatlarning bajarilmaganligi uchun jarima sanksiyalari qoʻllashdan olingan mablagʻlarni) tasdiqlanmagan smetasiz, shuningdek Jamgʻarma xarajatlari prognozida nazarda tutilmagan tadbirlarga yoki ham umuman smetalar boʻyicha, ham xarajatlarning alohida turlari boʻyicha smetalarda belgilanganidan ortiqcha sarflash taqiqlanadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
25. Jamgʻarma hisob raqamlaridan mablagʻlarni mazkur Nizomda nazarda tutilmagan maqsadlar uchun oʻtkazish va vaqtincha olib qoʻyish taqiqlanadi.
VII. Maktablar qurilishini, ularni mukammal rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashni moliyalashtirish tartibi
26. Buzib tashlanadigan maktablar oʻrniga yangi maktablar qurish va mukammal rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamlaridan mablagʻlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yagona buyurtmachi xizmatlariga ajratish yoʻli bilan joylardagi moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
27. Maktablarni mukammal taʼmirlash Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamlaridan tegishli xalq taʼlimi boshqarmalariga mablagʻ ajratish vositasida moliyalashtiriladi, mablagʻlar keyinchalik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yagona buyurtmachi xizmatlariga yoʻnaltiriladi.
28. Buzib tashlanadigan maktablar oʻrniga yangi maktablar qurish va ularni mukammal rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashni moliyalashtirish buyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan manzilli roʻyxatlar asosida qatʼiy ravishda kapital qoʻyilmalar limitlari va budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida va tuzilgan shartnomalarga muvofiq obyektma-obyekt amalga oshiriladi, tuzilgan shartnomalarda quyidagilar hisobga olinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
maktablar qurish, ularni mukammal rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning dastlabki ikki oyi mobaynida joriy yil uchun ishlar qiymatining30 foizi miqdorida avans toʻlovi ajratish;
(28-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
joriy moliyalashtirishni har oyda ajratilgan avansni mutanosib tarzda ushlab qolish hisobga olingan holda bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida amalga oshirish.
29. Qolgan 5 foizni pudratchiga toʻlash shartnomada qayd etilgan kafolat muddati tamom boʻlgandan keyin amalga oshiriladi.
VIII. Jamgʻarma mablagʻlarini hisobga olish, ular boʻyicha hisobotlar va ulardan foydalanilishini nazorat qilish
30. Ijro etuvchi direksiya Jamgʻarma faoliyati boʻyicha buxgalteriya hisobi yuritilishi va hisobotlar tuzilishi uchun javob beradi.
31. Maktab taʼlimini rivojlantirish dasturiga kiritilgan umumtaʼlim maktablari mazkur Dasturni amalga oshirish doirasida olingan pul mablagʻlari, tovarlar, bajarilgan ishlar hamda tegishli tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisida umumlashtirish hamda keyinchalik tuman (shahar) moliya boʻlimlariga taqdim etish uchun hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay hisobot taqdim etadilar.
32. Tuman (shahar) moliya boʻlimlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalariga hisobot oyidan keyingi oyning 8-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan shakl boʻyicha hisobotlar taqdim etadilar.
33. Joylardagi yagona buyurtmachi xizmatlari tomonidan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 8-kunidan kechikmay, buzib tashlanadigan maktablar oʻrniga yangi maktablar qurishga va mukammal rekonstruksiya qilishga ajratilgan Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalariga, mukammal taʼmirlash boʻyicha esa — xalq taʼlimi hududiy boshqarmalariga hisobotlar taqdim etiladi.
34. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari amalga oshirilgan xarajatlar fakti boʻyicha har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ijtimoiy sohani moliyalashtirish bosh boshqarmasining maktab taʼlimi, monitoring va nazorat boʻlimiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan shakl boʻyicha hisobot taqdim etadilar.
35. Jamgʻarma tomonidan moliyalashtiriladigan tadbirlarni bajarishi nazarda tutilgan vazirliklar va idoralar har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maktab taʼlimi, monitoring va nazorat boʻlimiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan shakl boʻyicha hisobot taqdim etadilar.
36. Jamgʻarma hisob raqamiga mablagʻlarning toʻliq tushishi ustidan nazorat Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Har yili Davlat budjetini va budjetdan ajratilgan maqsadli mablagʻlarni sarflashni ishlab chiqishda nazarda tutiladigan stavka boʻyicha majburiy ajratmalardan tushadigan mablagʻlar hisobi umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda)
38. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan moliyaviy nazorat Moliya vazirligining Ijtimoiy sohani moliyalashtirish bosh boshqarmasining maktab taʼlimi, monitoring va nazorat boʻlimi va Nazorat-taftish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
39. Jamgʻarma mablagʻlaridan tasdiqlangan xarajatlar smetalariga qatʼiy muvofiq ravishda maqsadli va samarali foydalanilishi uchun javobgarlik tasdiqlangan smetalarga muvofiq joylardagi yagona buyurtmachining tegishli xizmatlari va mablagʻlarni oluvchi xalq taʼlimi organlari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
IX. Jamgʻarmani tugatish
40. Jamgʻarmani qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
41. Jamgʻarma tugatilgan taqdirda uning hisob raqamlaridagi mablagʻlar qoldigʻi Oʻzbekiston Respublikasida taʼlimni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadlariga yoʻnaltiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 22-23-son, 264-modda, 52-son, 523-modda; 2007-y., 52-son, 534-modda; 2008-y., 5-son, 19-modda; 2009-y., 52-son, 560-modda; 2010-y., 6-7-son, 52-modda)