Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tovar xom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Tovarlarni ulgurji sotishning bozor metodlarini kengaytirish, tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini zamonaviy talablarga muvofiq tubdan yaxshilash, mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari mahsulotlariga narx belgilashning bozor mexanizmini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki:
birja tovarlarini elektron tizimdan foydalangan holda respublikaning butun hududi boʻyicha aniq vaqt rejimida — birja savdolari;
oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan tovarlarni — kim oshdi savdolari;
Keyingi tahrirga qarang.
tovarlarni, xaridor tomonidan tovar oldindan majburiy koʻzdan kechirilishini hisobga olgan holda, birjalarning ixtisoslashtirilgan savdo maydonchalarida, ular tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga binoan koʻrgazma-yarmarka savdolari natijalariga koʻra tovar-xom ashyo birjalari orqali ulgurji sotish birja bitishuvlari tuzish vositasida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qurilish materiallari sotiladigan ixtisoslashtirilgan bozorlarda:
Keyingi tahrirga qarang.
birjalar tomonidan qurilish materiallarining koʻrgazma-yarmarka ulgurji savdosini tashkil etish uchun bepul asosda maydonlar va xonalar;
tovar-xom ashyo birjalari aʼzolariga — koʻrgazma-yarmarka savdolarida sotishga moʻljallangan tovarlarni saqlash uchun ijara shartlarida maydonlar va xonalar ajratsinlar.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Keyingi tahrirga qarang.
qurilish materiallarining ixtisoslashtirilgan bozorlarida ulgurji savdo qilish huquqi bozor maʼmuriyati tomonidan faqat tovar-xom ashyo birjalarining rasmiy aʼzolariga, ularda ulgurji savdoni amalga oshirish huquqi yuzasidan tegishli ruxsatnoma hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
tovar-xom ashyo birjalari aʼzolari tomonidan import boʻyicha keltirilgan hamda sotish uchun moʻljallangan qurilish materiallari namunalari va guruhlarini sotuvga qoʻyish faqat ularning respublika hududiga belgilangan tartibda qonuniy keltirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin;
ixtisoslashtirilgan bozorlarning koʻrgazma-yarmarka savdosini tashkil etish uchun maydonlar va xonalar berish boʻyicha xarajatlari bozorlar daromadlari hisobiga qoplanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
tovar-xom ashyo birjalarining koʻrgazma-yarmarka savdosi tashkil etishga xarajatlari sotuvchilardan ularning hisob raqamiga mablagʻlar tushishiga qarab har kuni toʻlanadigan, bitishuvlar summasidan olinadigan vositachilik yigʻimi hisobiga, shuningdek koʻrgazma-yarmarka savdosi qatnashchilariga koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlar (reklama, axborot, konsultatsiya va shu kabilar) hisobiga qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Tovar-xom ashyo birjalariga:
birja tovarlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotlarni sotuvga qoʻyish uchun bepul asosda brokerlik oʻrinlari berish;
Keyingi tahrirga qarang.
tovarlarning koʻrgazma-yarmarka savdosini tashkil etish uchun, shu jumladan qurilish materiallari ixtisoslashtirilgan bozorlari hududlarida ularning koʻrgazma-yarmarka savdosini tashkil etish uchun ixtisoslashtirilgan savdo maydonlari tashkil etish va ularni texnika bilan jihozlash;
Keyingi tahrirga qarang.
birja aʼzolarini birja, kimoshdi va koʻrgazma-yarmarka savdolari qoidalariga kasb boʻyicha oʻqitishni tashkil qilish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Belgilansinki:
birja kotirovkalari va kimoshdi savdosi narxlari ixtisoslashtirilgan ommaviy axborot vositalarida har haftada kamida bir marta bepul asosda eʼlon qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
tovar-xom ashyo birjalari aʼzolari ular tomonidan koʻrgazma-yarmarka savdolarida sotiladigan tovarlar narxlarini ommaviy ravishda eʼlon qilishlari shart.
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, monopolist korxonalar oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotlarni birja (kimoshdi) savdolarida Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy-texnika resurslari strategik turlarini sotishning maxsus tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq sotadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. 2004-yil 1-iyundan boshlab birja faoliyatini amalga oshirishda qoʻshimcha ravishda quyidagi litsenziya talablari va shartlari joriy etilsin:
birja savdolarida faqat oldindan eʼlon qilinadigan, mahsulotlar isteʼmolchilari va ishlab chiqaruvchilari keng koʻlamda foydalanadigan birja axborotnomasiga kiritilgan tovarlarni sotish, ayni bir vaqtda oldindan eʼlon qilingan listinglarga kiritilmagan tovarlarni sotish taqiqlanadi;
birja axborotnomalariga faqat bir xil standart xossalarga ega boʻlgan, ulgurji guruhlar bilan sotiladigan va oldindan koʻzdan kechirishni talab qilmaydigan birja tovarlarini kiritish;
birjada sotilgan (bepul berilgan) kamida 100 ta brokerlik oʻrinlari mavjud boʻlishi;
Keyingi tahrirga qarang.
tovar-xom ashyo birjalari rahbarlariga qoʻyiladigan malaka talablariga rioya qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Keyingi tahrirga qarang.
ikki hafta muddatda tovar-xom ashyo birjalari bilan litsenziya bitimlarini qaytadan tuzsin, bunda litsenziya bitimlariga ushbu qarorda belgilangan litsenziya talablari va shartlari kiritilishini nazarda tutsin;
boshqaruv raisiga, hisob-kitob-kliring palatasi rahbariga hamda birjalarning bosh maklyoriga qoʻyiladigan malaka talablarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazsin;
birja bitishuvlarida qatnashuvchi birjalar aʼzolarini uch oy muddatda, belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazsin;
barcha ommaviy axborot vositalarida keng reklama kompaniyasini va tushuntirish ishlarini, shuningdek potensial sotuvchilar, xaridorlar, birjalar aʼzolari oʻrtasida tovarlarni birja savdolarida sotish va xarid qilish qoidalari va afzalliklari boʻyicha maqsadli seminarlar va davra suhbatlari oʻtkazilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasi Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
brokerlar va brokerlik idoralari faoliyatini moddiy ragʻbatlantirish mexanizmini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda joriy qilsinlar, bunda vositachilik yigʻimlarining zarur malaka sifatiga, brokerlik faoliyatini yuritish tajribasiga ega boʻlgan brokerlarning yuqori daromad olishini taʼminlovchi hamda birja savdolari tovar aylanmasiga qarab cheklangan miqdorlari belgilanishini nazarda tutsinlar;
birja bitishuvlaridan undiriladigan birjalar vositachilik yigʻimlari cheklangan miqdorlarining deklaratsiya qilinishini taʼminlasinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Moliya vazirligi birjalar va ularning aʼzolari tomonidan vositachilik yigʻimlarining cheklangan miqdorlariga rioya etilishini nazorat qilsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining xodimlarning cheklangan umumiy soni 127 nafar boʻlgan 1-ilovaga muvofiq tashkiliy tuzilmasi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi daromad (foyda) soligʻi toʻlashdan uch yil muddatga istisno tariqasida ozod qilinsin, boʻshaydigan mablagʻlar yagona elektron savdo tizimi texnika va texnologiya dasturiy kompleksini zamonaviylashtirishga maqsadli yoʻnaltirilsin.
11. Hukumatning 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Adliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 31-may,
251-son
“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasi
Oldingi tahrirga qarang.
* Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 117 kishi,
shu jumladan markaziy apparat xodimlari — 32 kishi.
shu jumladan markaziy apparat xodimlari — 32 kishi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 2-martdagi 79-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 8-9-son, 69-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 31-maydagi 251-son qaroriga
2-ILOVA
2004-yil 31-maydagi 251-son qaroriga
2-ILOVA
Hukumatning ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Ulgurji va birja savdosini tashkil etish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 1-maydagi 198-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 5-son, 24-modda) 8-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “foizsiz qaytarish asosida” soʻzlari chiqarib tashlansin, “sarflangan mablagʻlar 5 yil mobaynida qaytariladi” soʻzlari “ajratilgan mablagʻlar hisobiga Oʻzbekiston tovar-xom ashyo birjasi hududiy filiallarining binolari Davlat mulki qoʻmitasiga beriladi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari bilan savdo qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 28-iyuldagi 330-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida bozorlarda savdo faoliyatini tashkil etish qoidalari:
a) quyidagi mazmundagi XV boʻlim bilan toʻldirilsin:
“XV. Qurilish materiallarining ixtisoslashtirilgan bozorlarida tovarlarni sotishga talablar
68. Taʼmirlash (pardozlash) va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun foydalaniladigan qoʻshimcha materiallar qurilish materiallarining ixtisoslashtirilgan bozorlarida sotiladigan tovarlarning asosiy turlari hisoblanadi.
69. Qurilish materiallarining ixtisoslashtirilgan bozorlarida ulgurji narxlari deklaratsiya qilinganligi yoki ularning birja savdolarida sotib olinganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar mavjud boʻlganda tovarlarni ulgurji guruhlar bilan sotishga yoʻl qoʻyiladi.
70. Qurilish materiallarini chakana sotish:
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — nazorat-kassa mashinalaridan majburiy foydalangan hamda belgilangan tartibda bank muassasalariga naqd tushumni har kuni topshirgan holda;
jihozlangan savdo oʻrinlarida yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — Daromadlar va tovar operatsiyalarini hisobga olish daftarini majburiy yuritgan hamda naqd tushumni bank muassasalariga har kuni topshirgan holda amalga oshiriladi.
71. Qurilish materiallarini sotishda, sotuvchi tomonidan xaridor nomiga sotilgan tovarning nomi, miqdori, summasi koʻrsatilgan yuk xati yozib beriladi va qonun hujjatlariga muvofiq nazorat-kassa mashinasi cheki yoki tovar cheki beriladi.
72. Qurilish materiallarining ixtisoslashtirilgan bozorida ruxsat guvohnomasisiz yoxud uning amal qilish muddati toʻxtatib turilgan yoki u qaytarib olingan davrda savdo faoliyatini amalga oshirish faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirish deb hisoblanadi va qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
73. Qurilish materiallarini ixtisoslashtirilgan bozor hududidagi ajratilgan joylardan va qurilish materiallari doʻkonlaridan tashqarida sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.
74. Bozor maʼmuriyati quyidagilarga majbur:
sochiluvchan qurilish tovarlarining ayrim turlarini avtomobildan sotish uchun maxsus maydonchalar tashkil qilish;
brokerlar tomonidan mijozlarga xizmat koʻrsatish va birjada bitimlar tuzish uchun aloqa vositalari, kompyuter va mebellar bilan jihozlangan xona ajratish;
birjadan olingan maʼlumotlar asosida har kungi birja savdolari natijalari boʻyicha shakllanayotgan narxlar (kotirovkalar) toʻgʻrisida xaridorlar va sotuvchilarni xabardor qilish.”;
b) XV boʻlim XVI boʻlim deb hisoblansin;
68 — 72-bandlar tegishli ravishda 75 — 80-bandlar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 22-23-son, 260-modda; 2005-y., 8-9-son, 69-modda, 30-31-son, 231-modda, 32-33-son, 251-modda; 2009-y., 12-son, 132-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2011-y., 14-son, 137-modda; 2012-y., 35-son, 403-modda, 36-son, 411-modda; 2013-y., 15-son, 199-modda, 24-son, 315-modda, 37-son, 485-modda; 2014-y., 50-son, 590-modda; 2015-y., 52-son, 646-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 09/18/33/0597-son, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son; 10.04.2019-y., 09/19/293/2916-son; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son; 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/687/1073-son; 07.02.2026-y., 06/26/17/0117-son)