Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2016 — 2020-yillarda rangli va nodir metallarni chuqur qayta ishlash negizida eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlarni davom ettirish, sanoatni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, rangli va nodir metallarning gʻoyat boy mineral-xom ashyo resurslarini yanada chuqur qayta ishlash, shu maqsadda xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish asosida tashqi bozorlarda talab qilinadigan yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport qilish hajmlari hamda turlarini kengaytirish maqsadida:
1. Rangli va nodir metallarni chuqur qayta ishlash negizida tashqi bozorlarda talab qilinadigan yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish topshiriqlari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq belgilansin.
2. “Olmaliq KMK” AJ, “Navoiy KMK” davlat korxonasi, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzqurilishmateriallari” AK, “Toshkent temir-tersak, rangli metallar chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ, “Oʻzeltexsanoat” AK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, boshqa aksiyadorlik jamiyatlari va korxonalar rahbarlari — masʼul bajaruvchilar zimmasiga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan rangli va nodir metallarni chuqur qayta ishlash negizida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha topshiriqlar belgilangan muddatlarda sifatli va toʻliq hajmda bajarilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. 2016 — 2020-yillarda rangli va nodir metallarni chuqur qayta ishlash hamda eksportga yoʻnaltirilgan yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan yangi korxonalar barpo etish hamda ishlab turganlarini modernizatsiya qilish boʻyicha investitsiya loyihalari roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Olmaliq KMK” AJ, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Toshkent temir-tersak, rangli metallar chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ, “Oʻzeltexsanoat” AK, “Oʻzmetkombinat” AJ, “Bektemir metall konstruksiyalari” IP MCHJ hamda boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda bir oy muddatda 3-ilovada koʻrsatilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallarini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar, ularda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazishning aniq muddatlarini, qurilish-montaj ishlarini bajarish, zamonaviy texnologik talablarga javob beradigan ilgʻor texnologiyalarni tanlash, shuningdek quvvatlarni belgilangan muddatlarda ishga tushirishni nazarda tutsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-2998-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 22-son, 419-modda)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi aksiyadorlik kompaniyalari va korxonalar — 3-ilovaga kiritilgan investitsiya loyihalarining masʼul bajaruvchilari bilan birgalikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalarga ega boʻlgan hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tashqi bozorlarga olib chiqilishini kafolatlaydigan xorijiy kompaniyalarni keng koʻlamda jalb etish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va amalga oshirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda ushbu qarorning 3-ilovasida koʻrsatilgan loyihalar, ularni moliyalashtirish hajmlari va manbalari aniqlashtirilgan holda belgilangan tartibda unga kiritilishini taʼminlasinlar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-sonli Farmoni tahririda)
* 1 — 3-ilovalar berilmaydi.
9. Respublikada ishlab chiqarilmaydigan, ushbu qaror bilan maʼqullangan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha chetdan keltiriladigan texnologik uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar 2021-yilning 1-yanvariga qadar boʻlgan muddatda bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilinsin (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno).
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 20-may,
PQ-2533-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 2-son, 27-modda, 22-son, 419-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 06/18/5300/0557-son)