Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 29-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2477-2]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hamda 2016-yil 16-iyundagi 209-son “Oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik jarayoni optimallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2013-yil 2-iyuldagi 01-237-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2477, 2013-yil 12-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 28-son, 367-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq 2017-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Direktor J. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 24-avgust,
01-288-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruqda:
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”.
2. Nizomda:
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oliy harbiy taʼlim muassasalarida (bundan buyon matnda taʼlim muassasalari deb yuritiladi) test sinovlarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.”;
v) 5-banddagi “10” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin;
g) 8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “1-iyulga” degan soʻzlar “25-iyunga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 9-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “20” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin;
uchinchi va beshinchi xatboshlardagi “30” raqami “25” raqami bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “3-iyul” degan soʻzlar “28-iyun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “4-iyulga” degan soʻzlar “29-iyunga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “7” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin;
oʻninchi va oʻn ikkinchi xatboshilardagi “8” raqami “3” raqami bilan almashtirilsin;
oʻn uchinchi xatboshidagi “9” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin;
e) 12-bandda:
toʻrtinchi xatboshidagi “1-iyulga” degan soʻzlar “25-iyunga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “7” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “9” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin.
j) 16-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “8” raqami “3” raqami bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “9” va “10” raqamlari tegishlicha “4” va “5” raqamlari bilan almashtirilsin;
z) 18-bandning oʻn birinchi xatboshisidagi “10” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin;
i) 49-banddagi “1-iyulga” degan soʻzlar “25-iyunga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
k) 1 — 22-ilovalar belgisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga” degan soʻzlar “Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
2016-yil 28-iyul
Mudofaa vaziri Q. BERDIYEV
2016-yil 3-avgust
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
2016-yil 24-avgust
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
2016-yil 10-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 35-son, 411-modda)