Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2010-yil 5-avgustdagi 169-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish hamda transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2010-yil 5-avgustdagi 169-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 32-son, 270-modda) 2-ilovada:
a) 63-bandning “Uzunligi, km” ustunidagi “12” raqami “23” raqami bilan almashtirilsin;
b) “Jami davlat ahamiyatiga molik avtomobil yoʻllari” qatorining “Uzunligi, km” ustunidagi “14089” raqami “14100” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 16-avgust,
264-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 33-son, 397-modda)