Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 12-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2238-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 183-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligiga tekshirish oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 11-apreldagi 45-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2238, 2011-yil 29-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 26-son, 275-modda) bilan tasdiqlangan Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 10-avgust,
83-N-son
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 10-avgustdagi 83-N-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 6-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. 94-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“94. Havo kemasida tashish taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlar roʻyxati Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) Xavfli yuklarni havoda tashish boʻyicha texnik yoʻriqnomalari (Doc 9284) hamda Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 183-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligiga tekshirish oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilangan.”.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
2016-yil 14-iyul
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
2016-yil 15-iyul
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
2016-yil 5-avgust
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
2016-yil 18-iyul
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X. MIRZAXIDOV
2016-yil 20-iyul
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori V. TYAN
2016-yil 22-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 32-son, 394-modda)