11.08.2016 yildagi 258-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.08.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanini sanoat salohiyatini yanada oshirish asosida xomashyo mahsulotlarini qayta ishlash imkoniyatlari hamda mavjud resurslardan toʻliq va samarali foydalanish, qishloq xoʻjalik sohasini moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlashni kengaytirish, ishlab chiqarish infratuzilmasi va muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini jadal rivojlantirish, servis va xizmat koʻrsatish sohasini yanada yaxshilash, aholi daromadlari va bandligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2016 — 2018-yillarda Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanini kompleks rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur deb ataladi) tasdiqlansin. Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat va nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari, shuningdek qurilish materiallarini ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, yangidan barpo etish, texnik va texnologik jihatdan yangilash boʻyicha investitsiya loyihalarini manzilli roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatlar koʻrsatish sohasi va servis infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishni barqaror rivojlantirish loyihalari manzilli roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi sohasining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar 3a-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya-melioratsiya tizimini yanada yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar 3b-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaylov yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar 3v-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan va foydalanilmayotgan obyektlardan samarali foydalanish boʻyicha chora-tadbirlar 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyultirilgan gaz taʼminotini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar 5-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar 5a-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiya va aloqa xizmatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar 5b-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toza ichimlik suvi bilan taʼminlash va oqova suv taʼminotini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar 5v-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq taʼlimi muassasalarining moddiy texnika bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari 6-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar 6a-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar 6b-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar kollejlarini moddiy texnika bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari 6v-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻllari va yoʻl boʻyi infratuzilmasini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlari 7-ilovaga* muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlik va idoralar, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Nishon tumani hokimligi, loyiha tashabbuskorlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish, qurilish-montaj ishlarini bajarish, zamonaviy texnologiyalar (asbob-uskunalar) bilan toʻliq taʼminlash hamda ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish muddatlarini hisobga olgan holda, tarmoq jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dastur parametrlarini bajarilishini taʼminlash yuzasidan vazirlik va idora, tijorat banklari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika ishchi guruhi tarkibi 8-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 8-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ishchi guruhi (Ibragimov) har chorakda Dastur bajarilishi yuzasidan olib borilayotgan ishlarni Qashqadaryo viloyati hokimligida muhokama qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda har yili shakllantiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga moliyalashtirish manbalari va hajmlarini aniqlashtirgan holda mazkur qaror asosida amalga oshirilishi nazarda tutilgan investitsiya loyihalarining kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha Dasturni bajarilishi uchun zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Qashqadaryo viloyati hokimligi, Nishon tuman hokimligi bilan birgalikda tumanda qishloq xoʻjaligi sohasini moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qashqadaryo viloyati hokimligi “Oʻzkommunxizmat” agentligi bilan birgalikda Nishon tumani aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash boʻyicha Dasturda belgilangan tadbirlarni oʻz muddatlarida amalga oshirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi, “Oʻzavtoyoʻl” DAK, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Nishon tuman hokimligi tuman hududidan oʻtuvchi xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish hamda taʼmirlash ishlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Nishon tumani hokimligi bilan birgalikda aholini elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan (balonli) gaz bilan, shuningdek Dastur doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari asosida ishlab chiqarish korxonalarini oʻz vaqtida elektr va gaz tarmoqlariga ulanish hamda uzluksiz elektr va gaz bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda loyiha tashabbuskorlariga yer uchastkalarini tanlash va ajratish hujjatlarini qonunchilikda belgilangan muddatlarda tayyorlash va rasmiylashtirish uchun Nishon tuman hokimligiga kiritish, shuningdek “yagona darcha” markazlari orqali obyektlarda qurilish-montaj ishlarini olib borishga ruxsatnomalar belgilangan tartibda berilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qashqadaryo viloyati hokimligi va Nishon tumani hokimligi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan birgalikda joriy yilning 1-sentabriga qadar Nishon shahrining arxitektura qiyofasini oʻzgartirish, zamonaviy obyektlar va xiyobonlar tashkil etilishi nazarda tutilgan markaziy Oʻzbekiston koʻchasining batafsil rejalashtirish loyihasini tayyorlasin va kelishish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Dasturda belgilangan yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bosqichlariga va yangi sanoat korxonalari hamda boshqa ishlab chiqarish quvvatlarini oʻzaro bogʻliqlikda joylashtirilishiga alohida eʼtibor qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tijorat banklariga Dasturga kiritilgan investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirish uchun belgilangan tartibda kreditlar, shu jumladan respublikada ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar va ularga butlovchi buyumlarni sotib olish uchun chet el valyutasida kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Gʻ.I. Ibragimov, B.I. Zakirov va Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Sh. Ruziyev zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 11-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
258-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 32-son, 391-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)